Ramzbek Nurkulov — BLOG
419 subscribers
232 photos
46 videos
3 files
82 links
Tadbirkor. Enter Marketing Agency rahbari

Shaxsiy: @nurqulov
Download Telegram
Oʻzim shaxsan foydalanadigan eng kerakli ilovalar

1. Leto Fonts
Instagram' story'larni bezatish uchun men uchun eng yaxshi ilova. Story'ni kreativ va obunachilarga yoqadigan qilib bezatish mumkin.

2. CapCut
Videolarni telefonda montaj qilish uchun eng qulay, oson dastur. Instagram'ga hamma videolarimni shu dasturda qilaman.

3. Notion
Ishlarimni shu dasturda rejalashtiraman, ishlash qulay, undan tashqari Google Sheets'da ham ishlayman.

4. Canva
Rasmlarga ishlov berish, dizaynlar tayyorlash uchun ishlataman.

5. Business Suite
Instagram, Facebook va Messenger akkauntlaringizni statistika va boshqaruvini bitta dasturda qilishingiz mumkin.

Siz qaysi dasturlardan foydalanasiz👇🏻

@ramzbek
👍62🔥1🤩1
Siz SMM/Marketing boʻyicha ishlaysizmi/oʻqiysizmi?
Anonymous Poll
20%
Shu yoʻnalishda ishlayman
14%
Oʻqiyapman
66%
Shunchaki qiziqaman
👨‍💻93🔥2
Qaysi post tartibli tayyorlangan?

1 - 🔥
2 - ⚡️

Muhokama uchun choyxonamiz ham bor:
@marketologlar_choyxonasi

@ramzbek
63🔥13🤔2👨‍💻1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
YouTube'ga joylangan videoni Telegram kanalga tartibli qilib joylashdagi fishka

@ramzbek
👍12👌2🔥1🤩1👨‍💻1
Video kontent davri

Bu yil Digital marketing kompaniyalar uchun eng yuqori talabga ega boʻladi. Video kontentga talab yana ham oshadi.

SMM mutaxassislariga talablar ham oʻzgaradi. Ya’ni agar siz telefonda syomka qilish, CapCut & VN da montaj qilishdan xabaringiz yoʻq boʻlsa hoziroq boshlang!

Sababi SMM mutaxassislari biznes egalari talabiga va davrga moslashishi kerak, siz bitta loyihani bir oʻzingiz yoki qoʻshimcha koʻp boʻlmagan jamoadoshlaringiz bilan bemalol yurita olasiz!

@ramzbek
👍15🍾21🔥1👌1🐳1👨‍💻1
SMM mutaxassislari ishni nimadan boshlashi kerak?

- O'rganing, kuzating — hammasi kuzatuvlar natijasida boʻladi.

Raqobatchilaringiz roʻyxatini tuzing va 10 tasini Instagram sahifasini yozib chiqing.

Hammasini oʻrganib chiqing:

Ular qanaqa kontentlar qilyapti, qaysi kontentlar yaxshi yeyapti, yaxshi layk olyapti, yaxshi prosmotr olyapti, qaysilari oʻxshamayapti, qanaqa trendlardan foydalanyapti va hakoza.

Ustun tomonlari nima, kamchiliklarini oʻrganing, Kommentariyadagi obunachilarning savollariga javob beryaptimi yoʻqmi? Hammasini oʻrganib chiqib tahlil qiling.

Misol uchun 10 ta raqobatchingizni Instagram’idan 1 tadan gʻoya/kreativ olsangiz sizga ancha kontent tayyor degani.

Kontent plan tayyorlashda ham Instagram'ga kirib masalan ingliz tili yoki shifokor/psixolog deb yozsangiz ham sizga bir nechta variantlar beradi. Gʻoya/kreativ oʻgʻirlang, ishlating, tikka chopmang :)

@ramzbek
👍151🔥1👏1👌1👨‍💻1
Shunaqa gaplar

@ramzbek
🔥23👍4👌2🥰1👨‍💻1
SMM mutaxassislari yo’l qo’yadigan xatolar
@ramzbek
SMM mutaxassislari yoʻl qoʻyadigan xatolar!

— Navbatdagi podkastimiz chiqdi. Oldingi podkastimiz Telegram kanalni rivojlantirish mavzusida boʻlgan edi.

— Xullas kontent sizga yoqsa 🔥 qoldirish yodingizdan chiqmasin😉

Keyingi podkastlarimiz mavzusini va fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring! #podkast

@ramzbek
🔥17👌3👍1🤩1🕊1👨‍💻1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔥11👍5🕊2👨‍💻1
Bugun Husan aka MamasaidovningMy life planner” mavzusidagi treninglarida qatnashyapmiz! 🙂

@ramzbek
🔥19👍5🥰1👌1👨‍💻1
Kompaniya SMM'ini yuritishda hamma tarmoqda aktiv boʻlish boshida – qiyin!

Hamma tarmoq har xil ishlaydi, oʻzi aslida hammasiga har xil kontent plan qilinadi, ishoning bu – oson emas, orqa fonda boʻladigan ishlar koʻrinmaydi.

Birinchi boʻlib kompaniya auditoriyasi koʻproq “oʻtiradigan” tarmoqda aktiv boʻlib ishlash va keyin boshqa tarmoqlarga traffik olib oʻtish kerak.

Oʻzim shunday qilaman, hozir ishlayotgan loyihamizda asosan Telegram'ga asosiy urgʻu qaratilgan va biz YouTube'ga auditoriya olib oʻtyapmiz.

Endi Instagram'dan YouTube'ga olib oʻtish planlarini boshlayapmiz, YouTube kelajak!

@ramzbek
🔥9👍5🥰2🤩2👏1🤔1👌1👨‍💻1
Aytishlaricha Instagram'da ham endi Telegram'dagi kabi kanallar paydo bo'ladi 🤷‍♂️

@ramzbek
👍19🤯5👎31🔥1🥰1👏1👨‍💻1
Emoji Pack qalay chiqdi?
O'quv markazimiz uchun tayyorladik🙂

🤓🤓🤓🤓🤓🤓🤓🤓🤓🤓🤓

@ramzbek
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥20👍7👌4👏2👨‍💻1
Beeline'dan bahorgi zoʻr aksiya ⚡️

8 GB - 10,000 soʻm. Paketni Beeline Uzbekistan ilovasidan 7-8-mart kunlari faollashtirish mumkin.

Bayram bilan esa opa-singillarimizni, onalarimizni tabriklaymiz.

@ramzbek
👍81🔥1👏1🤩1👨‍💻1
Reels orqali ko'proq auditoriya yig'ish uchun qanday kontent qilish kerak? – Chat GPT javob berdi.

Chat GPT sun'iy intellektidan Instagram'da Reels orqali rivojlanishim uchun nimalar qilishim kerakligi, qanday kontentlar qilishim kerakligi haqida so'radim, u esa rasmdagidek javob berdi.

💣

@ramzbek
👍13🔥3👏21👨‍💻1
Yaxshi xabar bor: Bizda YouTube monitizatsiyasiga qo'yilgan cheklov olib tashlanishi mumkin ekan

Komil Allamjonovning yozishicha AQSHning O‘zbekistondagi elchisi Jonatan Xenik bilan uchrashuv bo'lib o'tgan.

Ushbu uchrashuvda Google (YouTube) bilan hamkorlikni qayta yo'lga qo'yish ham muhokama qilingan.

@ramzbek
👍8🔥2🤩2👏1🎉1👨‍💻1
iPhone/Apple mahsulotlarini nechi yoshdagilar ko'proq sotib olishadi?

Tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatdiki. iPhone foydalanuvchilarining aksariyati 18 yoshdan 44 yoshgacha bo'lganlar bo'lib, barcha smartfon foydalanuvchilarining deyarli 3/4 (to'rtdan uch) qismini tashkil qiladi.

Umuman olganda, respondentlar quyidagicha bo'lingan:

– 18 yoshdan 24 yoshgacha bo'lgan - 22 foiz;
– 25 dan 34 yoshgacha bo'lganlar - 27 foiz;
– 35 dan 44 yoshgacha bo'lganlar - 23 foizi.

Apple qurilmalari egalarining atigi 10 foizi 45 dan 54 yoshgacha, yana 10 foizi esa 65 va undan katta yoshdagilardir. Bundan tashqari, faqat 8% 55-65 yosh guruhiga to'g'ri keladi.

@ramzbek
👍11🔥2👌1👨‍💻1
Bir odatni oʻzimda shakllantiryapman

Oxirgi kunlarda oʻzimga bir odatni shakllantirib boryapman, bu – kunlik/oylik xarajatlarimni hisoblab, nazorat qilib borish.

Google Sheets ochdim va kunlik xarajatlarimni yozib boshladim va oʻzimni oʻzim nazorat qilishni boshladim. Qachonki oʻzimni nazorat qila olsam, oʻzimga bergan va’dalarimni qila olaman!

Buni nimaga qilyapman? – nimalarga koʻp pul sarflayapman, qaysilari keraksiz va qaysilari kerakli ekanligini yozsamgina koʻraman va shundagina fikr yurita olaman.

Siz o'zingizda qaysi odatlarni shakllantiryapsiz, yoki shakllantirgansiz?

@ramzbek
👍14🔥21👌1👨‍💻1