Qashqadaryo Viloyat Prokuraturasi
3.59K subscribers
14.5K photos
1.88K videos
104 files
2.97K links
Qashqadaryo viloyat prokuraturasining ishonch telefon raqami 75 228 10 07
Download Telegram
“Oqmachit” mahallasida yangi “maktab stadioni” ochilib, “Prokuror kubogi” musobaqasi o’tkazildi

“Yangi yil” bayrami arafasida yoshlar istagi va 2-sektor tashabbusi bilan “Oqmachit” mahallasidagi 4-sonli maktabda O’zbekiston mahallalari uyushmasi va homiylar hisobidan umumiy qiymati 500 mln so’mdan ortiq bo’lgan yangi sun’iy qoplamali sport o’yingohi foydalanishga topshirildi.

Tadbirda tuman hokimi Fayzullo G’ulomov, tuman prokurori Sardor Nazarov, IIB boshlig’i G’ayrat Xaydarov va keng jamoatchilik ishtirok etishdi.

Dastlab, maydon atrofida rahbarlar va nuroniylar ko’chat ekib, ochilish marosimini boshlab berishdi.

Tadbirda so’zga chiqqanlar Davlatimiz rahbarining sport va sportsevar yoshlarga berilayotgan e’tiborlari natijasida bugun mamlakatimiz yoshlar Jahon sahnalarida turib, yurtimiz bayrog’ini yuqoriga ko’tarayotgani, mahallalarda yoshlarning jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishi uchun keng imkoniyatlar yaratilayotganini ta’kidlashdi.

Shundan so’ng, tuman prokurori tashabbusi bilan 2-sektordagi mahallalardan prokuraturaga biriktirilib, otaliqqa olingan yoshlar jamoalari o’rtasida tashkil etilgan sportning futbol turi bo’yicha “Prokuror kubogi” musobaqasining final uchrashuvi ushbu maydonda tashkil etilib, unda “Oqmachit” va “Mirishkor” yoshlari maydonda bellashdilar.

Musobaqa yakunida g’oliblarga medal va esdalik sovg’alar topshirildi.

😎😎😎😎😎😎😎😎

📌📌📌📌 / @mirishkorpress
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎄Yangi yil yarmarkasi

Shahrisabz shahar prokurori, 2-sеktor rahbari Ravshan Xurramov tashabbusi bilan "Kеsh" mahallasidagi tеmir yo'l shoh bеkati maydonida Turon, Ma'rifat, Do'stlik, Bunyodkor mahallalari aholisi uchun arzonlashtirilgan oziq ovqat mahsulotlarining yarmarkasi tashkil etildi.

Ushbu mahallalar aholisini mazkur yarmarkaga tashrif buyurib, arzon va sifatli oziq ovqat mahsulotlarini xarid qilishdi.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Axborot 24 | Qashqadaryoda sector rahbarlari va xalq qabulxonalari tomonidan sayyor qabullar tashkil etildi
#25dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ахборот 24 | Деятельность народных приёмных в Кашкадарьинской области
#25dec #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
Муборак тумани прокурори 2 - сектор раҳбари А.Журалов бошчилигида тумандаги ташкилот раҳбарлари иштирокида аҳоли билан бевосита ва очиқ мулоқот қилиш, мавжуд муаммоларни аниқлаш ҳамда уларни жойида бартараф этиш мақсадида “Амир Темур” маҳалласида сайёр қабул ўтказилди.

Унда жисмоний шахслар ва юридик шахслар вакиллари ўз мурожаатлари билан иштирок этдилар.

Қабулда бандликни таьминлаш, меҳнат муносабатлари, кредит ажратишда юзага келган муаммолар ва бошқа масалалар юзасидан мурожаатлар тингланди.

Келиб тушган мурожаатларнинг айримлари жойида ижобий ҳал қилинган бўлса, текшириш талаб этиладиганлари алоҳида назоратга олинди.

Жисмоний ва юридик шахсларнинг мурожаатларини қабул қилиш борасида сайёр қабуллар давом эттирилмоқда.

🌐 Муборак тумани прокуратураси