20 MILLION QO'SHIMCHA DAROMAD, 1000 AQSH DOLLARI MAOSH
Yakkabogʻ tumanidagi 37-maktabda tashabbusli 7 ta bog‘ tashkil qilingan;
"Maktab muzeyi" mavjud;
- Ta'lim tashkiloti "Yashil makon" umummilliy loyihasi asosida 2000 mingdan ortiq mevali va manzarali daraxtzorlariga ega;
- Maktabda 3 turdagi kasb-hunarga yo‘naltirish ishlari amalga oshirilib, o'zining ijobiy natijasini bermoqda va o'qituvchilar hamda o'quvchilar qo'shimcha daromad ham topishmoqda;
- Maktabda sport, fan, shaxmat to'garaklari yo'lga qo'yilgan;
- Ta'lim tashkilotida 2024-yil sentyabr oyidan raqamlashtirishni keng rivojlantirish maqsadida 12 dona kameralar o‘rnatilgan bo'lib, sinf xonalar to'liq zamonaviy ovozli kameralar asosida boshqarish (nazorat qilish)ga o'tkazilmoqda;
- Xorijiy til o‘qituvchilaridan biri 1000 AQSH dollari atrofida maosh hamda tashkil etgan fan to'garaklari orqali 20 million so'mga yaqin qo'shimcha daromad topadi.
👉BATAFSIL MAQOLA
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X

Bojxona mas’ullari ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar holidan xabar oldi
Prezident farmoniga muvofiq, shu yil 1-noyabrdan yurtimizda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi boshlandi. Shu sababdan, Qashqadaryo viloyati bojxona boshqarmasi boshlig‘i J.Fayzullayev Kasbi tumanida bo‘lib, boshqarmaga biriktirilgan kam ta’minlangan oilalar holidan xabar oldi.
Mas’ullar viloyat hokimligi tomonidan ushbu tumandan biriktirilgan oilalar xonadonlarida bo‘lishdi hamda fuqarolarning muammolari o‘rganilib, aniqlangan muammolar bo‘yicha bajarilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritish, doimiy ish bilan ta’minlash, “bola puli” olishda ko‘maklashish va kasb-hunarga o‘qitish kabi muammolarni bartaraf etish bo‘yicha bojxona xodimlari hamda mahalla faollariga topshiriqlar berildi. Shuningdek, ushbu oilalarga homiylik tarzida birlamchi oziq-ovqat mahsulotlari taqdim etildi.
Ma’lumot o‘rnida, Qashqadaryoda yil boshidan buyon 2 mlrd. dollar investitsiya o‘zlashtirilgan. 565 ming nafar aholining bandligi ta’minlanib, 90 ming odam kambag‘allikdan chiqarilgan. Yil yakunigacha yalpi hududiy mahsulot 6 foizdan ortiq o‘sishi, eksport 555 mln. dollarga yetishi kutilmoqda. Shuningdek, viloyatda kambag‘allik darajasi hozirgi 8,6 foizdan 6,5 foizga pasaytiriladi.

Масъуллар ва табиркорлардан иборат Қашқадарё делегацияси Хитойда
Айни кунларда Қашқадарё вилояти ҳокимлиги делегацияси Хитой Халқ Республикасида амалий ташриф билан бўлиб турибди. Делегация вакиллари томонидан 16 декабрь куни Гуанджоу шаҳридаги “JIncaiInternational Group” корхонаси бош офисида 6 та Хитой компаниялар билан музокаралар ўтказилди.
Ташриф чоғида бир нечта Хитой компаниялари билан Қарши шаҳрида қиймати 15 млн.доллар бўлган электротехника маҳсулотларини ишлаб чиқариш лойиҳаси, қиймати 3 млн.доллар бўлган спорт маҳсулотларини ишлаб чиқариш лойиҳаси, қиймати 5 млн.доллар бўлган фармацевтика ва косметология маҳсулотларини ишлаб чиқариш лойиҳаси ва таълим иммиграцияси бўйича музокаралар бўлиб ўтди.
Мамлакатнинг Гуандун вилояти Фошан шаҳридаги йирик керамик плиталар ишлаб чиқариш йўналишида фаолият кўрсатувчи “Monalisa Group” компаниясига ташриф буюрган делегациямиз вакиллари компания фаолияти билан яқиндан танишди. Мазкур компания раҳбари билан мулоқотда компания фаолиятини вилоятнинг Китоб тумани ва Шаҳрисабз шаҳарларида амалга ошириш имкониятлари муҳокама қилинди.
Бундан ташқари, Фошан шаҳрида илк бор "Қашқадарё ва Фошан ҳамкорлик форуми” ўтказилди. Форум давомида Фошан шаҳрининг 30 дан ортиқ компаниялари билан музокаралар ўтказилди.
Сафар давом этмоқда.