QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi
8.54K subscribers
27.7K photos
2.55K videos
4 files
5.97K links
Download Telegram
#XUSHXABAR

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 204-son qaroriga asosan, kambag'al oilalar foydalangan gaz va elektr energiyalarining ma'lum miqdori davlat tomonidan to'lab beriladi.

Ehtiyojmand oilalarga isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga me’yordan ortiq ishlatilgan elektr va gaz uchun kompensatsiyalar beriladi.

Elektr va gaz bo‘yicha bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

- gaz uchun – oyiga bazaviy me’yor (500 kub) dan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgacha;

- elektr uchun – oyiga bazaviy me’yor (200 kVt) dan ortiq foydalanilgan 150 kVt soatgacha.

Kompensatsiyani olish uchun nima qilish zarur?

Ehtiyojmand oilalar (bolalar nafaqasi va moddiy yordam oluvchi shaxslar) ushbu kompensatsiyani olish uchun mahalladagi ijtimoiy xodimga murojaat qilishlari so'raladi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#inson_qadri_uchun

G‘uzorlik nogironligi bor fuqaro: Men hech qachon o‘zimni nogironman deb his qilmayman.


“Jarariq” mahallasida yashovchi fuqaro Saodat Fozilova bolalikdan 2-guruh nogironi sifatida yurishda imkoniyati cheklanib qolgandi.

Imkoniyati cheklangan bo‘lishiga qaramay Saodat opa qo‘lidagi hunari bilan yaxshigina daromad qilmoqda.

Saodat Fozilova Prezidentimiz tomonidan ilgari surilayotgan "Inson qadri uchun" tamoyilidan mamnun bo‘lib, yurtboshimizga o‘z minnatdorligini bildirdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
#Эълон 2024/2025 йилги куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш бўйича Қашқадарё вилояти штаби ташкил этилди

Вилоят ҳокими Муротжон Азимовнинг топшириғи билан, вилоятимиз ҳудудида жорий куз-қиш мавсумини беталофат ўтказиш мақсадида вилоят ҳокимлигида кун-у тун ишловчи вилоят штаби фаолияти йўлга қўйилди.

Марказий штаб ишонч телефонлари:
75-221-17-75, 75-221-48-84;

Вилоят Қурилиш ва уй-жой коммунал хўжалиги бош бошқармаси:
75-223-24-74;

“Ҳудудгаз Қашқадарё” газ таъминоти филиали
:
104, 75-223-14-05 (диспетчер);

“Ҳудудий электр тармоқлари" АЖ вилоят филиали:
75-221-16-59, 75-221-13-35, 75 221-13-14 (диспетчер);

“Қашқадарё сув таъминоти” МЧЖ:
1255, 75-224-07-30 (диспетчер);

“Кўмир таъминот” МЧЖ вилоят филиали:
95 514-14-04;

Қашқадарё вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси:
101, 1050, 75-221-15-36 (диспетчер);

Зарурий ҳолларда воҳамиз аҳолиси ушбу ишонч рақамларга мурожаат этишлари мумкин.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Tadbirkor ayol 30 nafar xotin-qizni ish bilan ta'minladi

Qarshi shahri "Ravoq" mahallasida istiqomat qiluvchi tadbirkor Shaxnoza Narzullayeva 2018-yilda o‘z ish faoliyatini atigi 5 nafar xotin-qiz bilan boshlagan edi. Tikuvchilik sexi faoliyatini rivojlantirgan tadbirkor bugungi kunda 20 nafar xotin-qizni doimiy ish bilan ta’minlagan. Sexda bolalar, erkaklar va ayollar uchun sifatli kiyim-kechaklar tayyorlanmoqda.

Shaxnoza Narzullayeva Yangi yil bayrami arafasida o‘z savdo do‘konini ochdi. Do‘kon ochilish marosimida shahar hokimining o‘rinbosari, Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Matluba Ochilova, mahalla faollari ishtirok etdi.

Do‘konda tadbirkor o‘zi ishlab chiqarayotgan kiyim-kechaklarni sotuvga qo‘ygan. Yangi savdo nuqtasi ochilishi natijasida yana 10 ta qo‘shimcha ish o‘rni tashkil etildi. Shu tariqa, Shaxnoza Narzullayeva bugungi kunda 30 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlab, ularning moddiy farovonligini oshirishga munosib hissa qo‘shmoqda.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Viloyat hokimining navbatdagi sayyor qabuli Mirishkor tumanida bo'ldi

Ushbu qabulda fuqarolar bir qator masalalarda o'z muammolarini bildirgan bo'lsa, viloyat rahbari ham har bir fuqaro bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning muammolarini imkon qadar joyida hal qilishga harakat qildi. Ayrim masalalar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga topshiriqlar berilib, qisqa muddatda amalga oshirilishi bo‘yicha topshiriq berdi.

Murotjon Azimov fuqarolarning dardini eshitib, ular bilan ochiq muloqot olib borish, shuningdek, har bir murojaatga e’tibor qaratish Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, hokimlar va tegishli rahbarlar faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanligini qayd etdi.

Avvalroq, viloyat hokimi tumanning Pomuq shaharchasi aholisi bilan muloqot qilgani xabar qilingan edi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X