QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi
8.59K subscribers
27.7K photos
2.56K videos
4 files
5.99K links
Download Telegram
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev Mirishkor tumani FV boʻlimi yangi binosining foydalanishga topshirish marosimida ishtirok etdi

Bugun, 20-yanvar kuni Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi 13-Kasbiylashtirilgan yong'in-qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi.

Yangi binoning tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo'ldoshev,  viloyat hokimligi rahbariyati va tuman sektor rahbarlari ishtirok etdi.

Ushbu binoda qutqaruvchilar uchun zamonaviy qutqaruv asbob-anjomlari va bugungi kun talabiga mos keladigan shinam o‘quv xonalari, yotoqxonalar, o‘quv minorasi va sport zal kabi zamonaviy xizmat xonalari bilan jihozlangan.

Tadbir jarayonida ishtirokchilar qutqaruvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
#Хитой "Ўзбекистон-Хитой ҳудудлараро форуми"да ҳамкорлик меморандумлари имзоланмоқда

Форум доирасида Қарши шаҳри ва Аньхой провинциясининг Хэфэй шаҳри ўртасида ҳамкорлик битими имзоланди.

Унга кўра, Хэфэй шаҳрининг 100 нафар йирик тадбиркорлари жорий йилнинг март ойида Қарши шаҳрига ташриф буюришиб, бир қатор ҳамкорлик лойиҳаларини амалга оширишади.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Viloyat hokimligining yana 22 nafar xodimi davlat tilida oʻqitish va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatishdi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Mamlakatimizda oʻzbek tilini yanada rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni bilan 2020–2030-yillarda oʻzbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi hamda uning asosiy yoʻnalishlari tasdiqlangan.

Qashqadaryo viloyati hokimligining 22 nafar xodimi davlat tilida oʻqitish va malaka oshirish oʻquv kurslarini tugatishdi. Ularga Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi davlat tilida ish yuritish asoslarini oʻqitish va malaka oshirish markazining sertifikatlari tantanali topshirildi.

Maʼlumot uchun, Oʻzbekiston Respublikasi "Davlat fuqarolik xizmati toʻgʻrisida"gi Qonunining 28-moddasida Davlat fuqarolik xizmatiga davlat tilini biladigan, davlat fuqarolik xizmati lavozimlarini egallash uchun tegishli malaka talablariga va boshqa talablarga javob beradigan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari qabul qilinishi belgilab qoʻyilgan.

Umumiy hisobda viloyat hokimligining 33 nafar xodimlari ushbu sertifikatni olishga muvaffaq bo'lishdi. Chunki, 2022-yilda ham viloyat hokimligining bir guruh xodimlari ushbu sertifikatni olishgan edi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Forwarded from Mudofaa — LIVE
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️⚡️⚡️Qarshi shahridagi harbiy qismlarda muddatli harbiy xizmatni o'tayotgan askarlar imtiyozli tavsiyanoma uchun test sinovlarini topshirishmoqda.

👉https://t.iss.one/+QWVLXc8vFbg3Y2I6
Forwarded from Biznes-ombudsman
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Тадбиркорлар муаммога дуч келса, мурожаатларини қаерга билдиради?

Қашқадарёда тадбиркорлар иштирокида ана шу мавзуда семинар ташкил этилди. Учрашув давомида тадбиркорликка оид қонунчиликдаги янгиликлар, хусусан, Президент Фармони ва қарорлари мазмун-моҳияти кенг жамоатчиликка тушунтирилди ҳамда ишбилармонлар доирасида «Бизнесни қандай ҳимоя қилиш мумкин?» деган масала атрофлича муҳокама қилинди.

👨‍💻Бизни ижтимоий саҳифаларимиз орқали кузатишда давом этинг!

🌐 Website 🕊Telegram 📱 Instagram 
📱Facebook 🕊Twitter 📺Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Хитой "Ўзбекистон-Хитой ҳудудлараро форуми" доирасида икки томонлама ҳамкорлик меморандумлари имзоланмоқда

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Vazirlar Mahkamasining onlayn nashrida maktab o'quvchilarini rag'batlantirishda "Qashqadaryo tajribasi" haqida maqola e'lon qilindi!

Xabaringiz bor, Qashqadaryo viloyati hokimining 13-yanvardagi "Viloyatdagi eng namunali va iqtidorli o‘quvchilar uchun “Viloyat hokimi stipendiyasi” joriy qilish to‘g‘risida" 13-0-4-Q/24 sonli qarori qabul qilingan edi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Yangi O'zbekiston" nashrida ushbu taklif tashabbuskori bo'lgan Qarshi shahridagi 4-maktab o'quvchisi, Qashqadaryo viloyati "Ittifoq" sardori Abdullayev Mirfayzbekning maqolasi chop etildi.

Maqolani o'qish uchun bosing

Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati


@Qashqadaryo_vxtb
#ТАЙИНЛОВ Аллаев Долли Ҳакимович - Ўзбекистон маҳаллалари уюшмаси Қашқадарё вилояти бошқармаси бошлиғи лавозимига тайинланди.

Бошқарма бошлиғи мақоми вилоят ҳокими ўринбосарига тенглаштирилган.

Аъзолик👉 @qvh_axboroti