QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi
8.54K subscribers
27.4K photos
2.53K videos
4 files
5.91K links
Download Telegram
104 yoshli fidoyi ona ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi

Shahrisabz tumanining Mo‘minobod qishlog'ida yashovchi 104 yoshli Xasanova Maxar aya “Millatga ko‘rsatgan fidoyi xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

Rivojlantirish va tadqiqotlar akademiyasi tomonidan berilgan ushbu mukofotni tuman hokimining o‘rinbosari A.Yangiyev Maxar ayaga topshirdi.

Maxar aya o‘zining hayoti davomida ko‘rsatgan xizmatlari va mehnatlari bilan jamiyatda katta hurmat qozongan. Uning fidoyiliklari va mehnatsevarligi yoshlarga ibrat bo‘lib xizmat qiladi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Qaror ijrosi amalda

Avval xabar berilganidek, viloyatimizning 29 nafar shifokorlari 1 oylik malaka oshirish uchun xorijiy davlatlarga yuborilgan edi.

Malaka oshirishga yuborilgan shifokorlarning 9 nafari jarroh bo'lib, Ozarbayjonning Baku shahridagi klinikada, 5 nafar anesteziolog-reanimatolog, 6 nafar travmatolog mutaxassislar esa Belorussiyaning Minsk shahridagi klinikada, 2 nafar akusher-ginekolog, 2 nafar LOR mutaxassislari Rossiya Federatsiyasining Kazan shahridagi klinikada malaka oshirishmoqda.

Shuningdek, viloyat ko’p tarmoqli tibbiyot markazidan tajriba almashishga yuborilgan 5 nafar mutaxassislar Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida joylashgan “Akademik V.I.Shumakov nomidagi transplantatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi”da malaka oshirish imkoniyatiga ega bo'lishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📣 "Hududgaz Qashqadaryo" GTF dan gapiramiz:

Hurmatli iste'molchi! Gaz yondirgichni zamonaviysiga almashtirish esdan chiqmasin!?

"Hududgaz Qashqadaryo" GTF matbuot xizmati
Teach for ALL” xalqaro ekspertlari Chiroqchida

“Teach for ALL” xalqaro ekspertlari Alam Shoaib va Murlidhar Chaitralar tumandagi 2- va 4-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida uchrashuvlar o‘tkazdi.

Uchrashuvlarda maktablarda ingliz tili, informatika, kimyo, matematika, iqtisod va biologiya fanlaridan jalb qilingan 8 nafar malakali mutaxassislarning dars o‘tish metodikasi bilan yaqindan tanishildi.

Mazkur uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad, xalqaro tashkilot ekspertlarini maktablar bilan tanishtirish, loyiha ishtirokchilarining pedagogik faoliyati samaradorligini o‘rganish, tajriba almashish imkoniyatlarini ko‘rib chiqishdan iboratdir.

Shuningdek, mehmonlar tuman hokimining birinchi o‘rinbosari Zafar Ergashev bilan  ham uchrashdi. Uchrashuvda hokim o‘rinbosari loyiha ishtirokchilarining tumanda ta’lim sifatini oshirish yo‘lida olib boradigan ishlariga muvaffaqiyatlar tilab, ularga esdalik sovg‘alar ulashdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Kitob tumanidagi mahallaning bosh reja loyihalari ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi PQ-299-sonli qarori bilan tasdiqlangan 2024-yil dasturga asosan, Kitob tumani “Makrid” MFY aholi punktining shaharsozlik hujjatlarini ishlab chiqilishi belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Bosh loyiha instituti “Qishloqqurilishloyiha” DM tomonidan bosh reja loyihalari ishlab chiqildi.                 

Shu boisdan, mazkur loyiha jamoatchilik muhokamasi eʼtiboriga taqdim etilmoqda.                                                                                               Qashqadaryo viloyati qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi maʼlumotlariga asosan tayyorlandi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Президентимиз минтақадаги энг қулай ва жозибадор бизнес муҳитини сақлаб қолиш учун барқарор солиқ сиёсати давом эттирилишини таъкидлади.

Жумладан, ҳаётий зарур харажатларни молиялаш учун бюджет тушумлари қанчалик зарур бўлмасин, асосий солиқлар бўйича ставкалар ўзгармайди.

Шунингдек, 1 январдан бошлаб ер ёки давлат мулки ҚҚСсиз сотилади, мобиль алоқа учун акциз солиғи (10 фоиз) бекор қилинади.

Шаҳар чегарасидаги қишлоқ ерларига 2 карра ер солиғини ҳисоблаш тўхтатилади. Нашриёт корхоналари фойда солиғини тўлашдан 5 йилга озод этилади.

Бундан ташқари, IT-park резидентларига барча турдаги солиқларни тўлашдан озод этиш бўйича имтиёзлар 2040 йилгача узайтирилади.

Хусусий мактаб ва боғчалар, хорижий ўқитувчи ва мутахассислар учун берилган барча солиқ имтиёзлари 2030 йилгача амал қилади.

Facebook|Instagram|X