QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi - Murotjon, Murodjon Azimov - Qarshi
8.58K subscribers
27.8K photos
2.59K videos
4 files
6.02K links
Download Telegram
Qashqadaryolik o‘quvchilar Dubaydagi olimpiadada oliy o‘ringa loyiq ko‘rildi

Qashqadaryo viloyati Qamashi tumani 98-umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻquvchilari Qahramonov Samir, Eshmoʻminov Dilmuhammad, Qahramonov Daler matematika fanidan Dubay shahrida oʻtkazilgan xalqaro olimpiadada munosib qatnashib, oliy oʻrinlarni egallashdi.

Buning natijasida ular Qatar davlatida oʻtkaziladigan musobaqaga yoʻllanmani qoʻlga kiritishdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Meni o‘zgartirgan 10 kunlik harbiy xizmat

Mirishkor tumani, "Shodlik" mahallasida yashovchi Ayozmurod Yo’lbarsov sodir etgan xatosi sababli IIB profilaktik hisobiga tushgan edi. U “Yoshlar forumi – 2024” doirasida o‘tkazilgan “Jasorat maktabi” loyihasida ishtirok etib, 10 kun davomida harbiy xizmatni o‘tadi.

Mazkur loyiha davomida Ayozmurodning dunyoqarashi kengayib, xulq-atvori sezilarli darajada yaxshilandi. Ushbu o‘zgarishlar tufayli viloyat Yoshlar ishlari boshqarmasi tavsiyasiga ko‘ra, u profilaktik hisobdan chiqarildi. Bugungi kunda u chorvachilik bilan shug‘ullanib, mehnat faoliyatini davom ettirmoqda.

Bu haqida batafsil qahramonimiz Ayozmurod Yo’lbarsovdan tinglaymiz.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Бу юртда ҳеч ким эътиборсиз қолмайди

Ушбу мақолада тадбиркорликни йўлга қўйиш натижасида камбағалликдан чиқиб, фаровонлик сари қадам қўйган шаҳрисабзлик оила ҳақида ҳикоя қилинади.

Батафсил “Янги Ўзбекистон” газетасининг 253-сонида ўқишингиз мумкин.

Мухбир: Акбар Раҳмонов

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Қиш мавсумига тайёргарлик ҳолати ўрганилди

Қиш мавсумида аҳолини энергия ресурслари билан таъминлаш ҳамда маҳаллаларда криминоген вазиятни барқарорлаштириш мақсадида Қашқадарё вилояти ИИБ бошлиғи раҳбарлигидаги ишчи гуруҳ томонидан ўрганишлар олиб борилди.

Батафсил
— — —
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X
Муротжон Азимов бугун Хитой ва Ҳиндистондан келган инвесторларни қабул қилди

Ҳар икки қабул жараёнларида ҳам томонлар ҳамкорликда амалга ошириладиган истиқболи лойиҳалар юзасидан фикр алмашишди.

Шунингдек, вилоят ҳокими инвесторларга воҳамизнинг салоҳияти ҳақида ахборот бериб, икки томон учун ҳам манфаатли бўлган лойиҳаларни амалга оширишга тайёр эканлигини билдирди.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|X