QASHQADARYO.UZ | RASMIY - Қашқадарё вилояти ҳокимлиги - Qashqadaryo viloyati hokimligi
8.39K subscribers
26.7K photos
2.41K videos
4 files
5.75K links
Download Telegram
Hokim sovrini uchun o'tkazilgan musobaqada Qozog'iston va Tojikistonlik yoshlar ham ishtirok etdi

Sport - bu mamlakat shon-shuhratini dunyoga tez tanita oladigan, o'sib kelayotgan yosh avlodning har tomonlama yetuk va barkamol, vatanparvar inson bo'lib tarbiyalanishiga xizmat qiluvchi muhim bir omildir. Prezidentimizning esa sohani rivojlantirishga bo'lgan e'tiborlari alohida bo'lib, sportchilarimizni qo'llab-quvvatlashga bo'lgan harakatlari barcha rahbarlarga namuna bo'lmoqda.

Yuqorida ta'kidlangan jihatlarni e'tiborga olgan holda joriy yilning 7-9-aprel kunlari Qarshi shahrida sportning dzyudo turi bo'yicha 2008-2009-yillarda tug'ilgan o'smirlar va qizlar o'rtasida "Qashqadaryo viloyat hokimi ochiq sovrini" musobaqasi bo'lib o'tdi. Unda mezbonlardan tashqari respublikamizning barcha hududlaridan hamda qoʻshni Tojikiston, Qozogʻiston respublikalaridan 500 dan ortiq umidli sportchilarning ishtirok etayotganligi ushbu musobaqa bahslari qizgʻin raqobat ruhida o'tganidan dalolatdir.

Viloyat hokimi Murotjon Azimov ham musobaqaning final bosqichiga tashrif buyurib, sportchilarga dalda bo'ldi. G'olib va sovrindorlar tantanali ravishda viloyat hokimining diplom, medal va qimmatbaho estalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, ularning murabbiylari ham e'tirof etilib, viloyat rahbari jahon arenalarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilib kelayotgan qashqadaryolik sportchilar bilan yaqindan muloqot qildi.

📸 M.Komilov.
Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter
Kitoblar taqdimoti o'tkazildi

Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabida Qashqadaryo viloyat hokimligi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi, ijod maktabi va O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi viloyat bo'limi bilan hamkorlikda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a'zosi, shoira, ijod maktabining "Ijodiy to'garak" rahbari Nilufar Umarovaning "Havorang nasimlar" va yozuvchi Azizbek Norovning "Azal va abad yo'li" kitoblari taqdimoti bo'lib o'tdi.

Tadbirda so'zga chiqqanlar ikkala kitob va ijodkorlarning ijodiy faoliyati haqida o'z fikr-mulohazalarini bildirib o'tdilar.

Ijod maktabining ijodkor-o'quvchilari Nilufar Umarovaning she'rlaridan badiiy kompozitsiya namoyish etishdi, Azizbek Norovning hikoyalari haqida o'z qarashlari bildirishdi.

Tadbirda viloyat hokimining maslahatchisi Ziyoda Aminova so'z yuritib, ikki ijodkorga viloyat hokimligining esdalik sovg'asi va kitoblar to'plamini taqdim etdi.

Telegram|YouTube|Facebook|Instagram|Twitter