QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.5K photos
2.92K videos
19 files
9.4K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda “Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Surum mahallasi hududidagi o'rmon xo'jaligiga qarashli bo'lgan yer maydonida noma’lum shaxslar tomonidan qum-shag'al aralashmasini qazib olib chiqishmoqda” mazmunidagi xabar bo’yicha Toshkent viloyati Ekologiya boshqarmasi Quyi Chirchiq tumani bo’limi inspektorlari tomonidan joyiga chiqib o’rganildi.

📍O’rganish davomida Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman Sergeli MFY hududida joylashgan "Quyichirchiq Baliqchi" MCHJga qarashli yer maydon ekanligi aniqlandi.

⚡️Holat o'rganilganda "Quyichirchiq Baliqchi" MCHJga tegishli korxona tomonidan 2019-yil 10 oktyabrdagi "Noruda foydali qazilmalarni o'z ichiga olgan yer qa'ri uchastkasidan foydalanish" huquqi uchun ruxsatnoma berilganligi va amal qilish muddati 2031-yil 10-yanvarga qadarligi ma'lum bo'ldi. Hozirgi kunda o'rganish ishlari olib borilmoqda va holat yuzasidan qo'shimcha ma'lumotlar beriladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️YouTube Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan BUTUN DUNYO HAYRON OVOZ YIG‘IB O‘ZBEGIM SARSON deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT.

📍Ushbu holat bo‘yicha tuman hokimligi qurilish bolimi hamda tuman Maktab va maktabgacha ta’lim bo‘limi munosabat bildirdi.

BATAFSIL
👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani Do'stobod shahardan Mehnatobod hududiga qadar yo'l ayanchli ahvolda ekanligi hech kimga sir emas deya nomlangan murojaatiga rasmiy munosabat.

⚡️Ushbu murojaat bo'yicha Quyi Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish korxonasi rahbari bilan bog‘lanib, holatga aniqlik kiritildi.

📍4R24 “Chinoz sh-Do‘stobod sh-Oqqo‘rg‘on sh” A373 a/y. avtomobil yo‘lining 15-17 kmni joriy ta’mirlash ishlari 2025-yil davlat dasturini shakllantirilishida inobatga olib 2025 yil 1 choragida ta’mirlanishini ishlari amalga oshirilishini ma’lum qilamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani

#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan, Quyi Chirchiq tumani Do‘stobod shaharchasida kunning kechki vaqtlarida ko‘chalarni yoritish chiroqlari ishlamayotgani, ko‘chalar zimiston deya nomlangan murojaatga RASMIY MUNOSABAT

📌Ushbu murojaat bo‘yicha Avtoyo‘lnurta’mir DM xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

⚡️Ma’lum bolishicha Quyi Chirchiq tumani Do'stobod shaharchasining ko‘cha yoritish chiroqlarining avtomat qurilmasi nosoz xolga kelib qolganligi sababli ko‘cha yoritish chiroqlari ishdan chiqqan.

📌Hozirgi kunda Avtoyo‘lnurta’mir DM bosh energetigi O.Yunusov boshchiligida tungi yoritish tizimi avariyasi bartaraf etilib, ko‘cha chiroqli yoqib berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish.👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy

2025 yil uchun Toshkent viloyati, shuningdek, shahar va tumanlarning budjet ko‘rsatkichlari


1. Toshkent viloyati: https://e-qaror.gov.uz/doc/2187679

2. Olmaliq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189951

3. Angren shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189682

4. Ohangaron shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189405

5. Bekobod shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189596

6. Chirchiq shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190629

7. Yangiyo‘l shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189397

8. Ohangaron tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189226

9. Bekobod tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191103

10. Oqqo‘rg‘on tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189622

11. Bo‘stonliq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191298

12. Bo‘ka tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189315

13. Yuqorichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189702

14. Quyichirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189447

15. Zangiota tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191347

16. Qibray tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191258

17. Parkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189842

18. Piskent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190738

19. O‘rtachirchiq tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2189217

20. Toshkent tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191260

21. Chinoz tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190060

22. Yangiyo‘l tumani: https://e-qaror.gov.uz/doc/2191173

23. Nurafshon shahri: https://e-qaror.gov.uz/doc/2190918

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani, Qo‘rg‘oncha shaharchasi, To‘qboy mahallasi, 13-sonli maktab tomon yurish yo‘lida, suv taqsimlagichning qopqog‘i yo‘qligi va himoya maydoni buzilib ketganligi sabab, chuqur tuynuk hosil bo‘lgan deya nomlangan murojaatiga rasmiy munosabat.

⚡️Ushbu murojaat bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman Suv ta’minoti xodimlari tomonidan holat joyiga chiqib o‘rganildi va holat to‘liq bartaraf etildi.
Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️YouTube Ijtimoiy tarmoqda tarqalgan Quyi Chirchiq tumanida zaxira yerlar sotilib bozorda kartoshka narxi keskin oshib ketishi oqibatida aholi jabr chekmoqda deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT.

Eslatib otamiz: Ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumot berish qonuniy javobgarlikka olib keladi.

Hozirgi kunda zaxira yerlari E-auksion savdo platformasi orqali fuqarolarga dehqon xojaliklarini yuritish uchun yer maydonlari ajratilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy #Официально

Toshkent viloyati delegatsiyasi Malayziyada manfaatli muzokaralar
oʻtkazmoqda
________

Делегация Ташкентской области
проводит в Малайзии успешные переговоры

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy #Official #Официально

«Yashil makon» umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi uchun reja va vazifalar muhokama
qilindi
________

Plans and tasks for the spring season of the nationwide project "Yashil Makon(Green Space)" are
discussed
________

Обсуждены планы и задачи по весеннему сезону общенационального проекта «Yashil makon»

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy

Chigit yerga tushdi – kuzgi mo‘l xirmon uchun tamal qo‘yildi

Bugun Bekobod tumanidagi "Avangard" hududida Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov hamda viloyat hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligida tuman hokimlari, soha mas’ul tashkilotlari, paxta klasterlari korxonalarining rahbarlari ishtirokida joriy yilning hosili uchun chigit ekish tadbirlarini sifatli o‘tkazish bo‘yicha ko‘rgazmali seminar tashkil etildi.

Unda Zoyir Mirzayev joriy yilda jami 45,5 ming gektar maydonga urug‘ qadash reja qilinayotganligini ta’kidladi. Shuningdek, Xitoy texnologiyasi asosida 22 ming gektarga yaqin hududga chigit ekiladi. O‘tgan yilgiga nisbatan hosildorlik rejasi 7 sentnerga oshiriladi.

Seminarda 90 sm sxemada chigit ekilmasligi qat’iy belgilandi. O‘tgan mavsumda Bekobod, Bo‘ka, Oqqo‘rg‘on tumanlarining ayrim hududlarida chigit kechikib ekilgani, Quyichirchiq tumanida agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida o‘tkazilmagani hosildorlikning keskin pasayishiga olib kelgani to‘g‘risidagi xato va kamchiliklarga ham to‘xtaldi.

Chigit ekishni 1-aprel kuniga qadar yakunlash maqsadida barcha tumanlarda ekishni uyushqoqlik bilan sifatli qilib o‘tkazish va ko‘chatni to‘liq undirib olish bo‘yicha bugundan boshlab har bir tuman va hududlarda yalpi safarbarlik e’lon qilinib, chigit ekish ommaviy ravishda boshlandi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov ham so‘zga chiqib, g‘ozani plyonka ostida intensiv texnologiyalar asosida yetishtirishda yerni sifatli ekishga tayyorlashning samaradorligi, chigit ekiladigan maydonlarga suv tejovchi texnologiyalarni qo‘llash to‘g‘risida yig‘ilganlarga keng tushuntirishlar berdi.

Telegram 🌐Website 📹YouTube 📸 InstagramFacebook 🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani “Xo‘japiskan” mahallasi Beshkapa ko‘chasidagi aholi suv ta’minoti Quyi Chirchiq tuman filiali tomonidan 2019-yil “Obod qishloq” dasturiga kiritilgan loyiha doirasida 1 dona 25m3 suv minorasi, 1 dona suv tozalash qurilmasi 7,1 km suv tarmog‘i tortilgani, ammo ishlar tugatilmagan, deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Ushbu holat “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Quyi Chirchiq tuman filiali tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

📍O‘rganish davomida, Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Xo‘japiskon MFY hududida 2019 yil “Obod qishloq" dasturi doirasida ishlar olib borilgan, ya’ni, "Ziyovuddin Fayz" MCHJ tomonidan ishlar olib borilgan bo‘lib. Xozirgi kunda bir dona 25 m³ toza ichimlik suv minorasi 63 kVA yuqori kuchlanishli transformator va 1 dona ESV-8 40-70 11 kVA nasos o‘rnatilgan bo‘lib hammasi ishchi holatda va 7.1 km toza ichimlik suv tarmog‘i tortilgan bo‘lib hamma nosozliklari “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Quyi Chirchiq tuman filiali tomonidan bartaraf etilgan. “Toshkent viloyati suv ta’minoti” AJ Quyi Chirchiq tuman filiali xodimlari tomonidan Quyi Chirchiq tumani Xo‘japiskon MFY fuqarolariga ichimlik suv tarmog‘iga ulanish to‘g‘risida bir necha bor tushuntirish ishlari olib borilganiga qaramay iste’molchilar toza ichimlik suv tarmog‘iga ulanmaganlar. Shu bois suv inshooti vaqtincha ishlamay turibdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy

TAYINLOV

⚡️Axmedova Shoira Sabirovna Quyi Chirchiq tumani xokimi o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

📍 Axmedova Shoira Sabirovna 1974-yilda Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutini tamomlagan

📍Lavozimga tayinlagunga qadar Ijtimoiy himoya agentligi Toshkent viloyati boshqarmasi Quyi Chirchiq tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi mahallalarda ijtimoiy xizmatlar mahallalarda ijtimoiy xizmatlar tashkil etish shu’basi bosh ijtimoiy xodim lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Quyi Chirchiq tumani Surum MFY hududida daydi itlar ko‘payib ketgani haqida "Milliy" telekanali "Millar" dasturi tomonidan murojaat qilingan edi.

📌Ushbu holat Tuman Obodonlashtirish bo‘limi xodimlari tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi, holat bo‘yicha, tuman Obodonlashtirish xodimlarlari mahalla raisi ishtirokida ushbu itlar tutilib holat bartaraf etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Quyi Chirchiq tumani Mingchinor hamda Oydinobod MFY hududida daydi itlar bolalarga tashlangani to‘g‘risidagi murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Ushbu holat joyiga chiqib o‘rganilib tuman Obodonlashtirish bolimi xodimlari tomonidan egasiz daydi itlar ushlandi, holat bartaraf etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Rasmiy_munosabat

⚡️Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan: Haydovchilar avtobus boshqarish vaqtida yo‘lovchilarni hayotini xavf ostiga qo‘yib ikkita eshiklarini ochib harakatlanmoqda, deya nomlangan murojaatiga RASMIY MUNOSABAT

📍Holat Quyi Chirchiq tuman IIB YHXB boshligi katta leytenant Y.Saidxo‘jayev tomonidan o‘rganilib, tumanda joylashgan 81-son Do‘stobod ATK MCHJ Do‘stobod-Qo‘yliq yo‘nalishidagi avtobus haydovchilari ishtirokida profilaktik suhbat o‘tkazildi.

📍Ushbu haydovchilarga odob axloq qoidalarga hamda fuqarolarning xavfsizliklarini yuqori darajada ta’minlashlari, yo‘nalish vaqtida avtobus eshiklarini ochmaslik, xavfsizlik qoidalariga rioya etishlari tushuntirib o‘tildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#RASMIY_MUNOSABAT

⚡️Qarzdorga nisbatan yana bir jinoyat ishi qo‘zg‘atish choralari ko‘rilmoqda Joriy yilning 5-may kuni ijtimoiy tarmoqlarda fuqaro X.Shermatova tomonidan ikki nafar nafar farzandi uchun sobiq turmush o‘rtog‘i aliment pullarini to‘lamayotgani va unga nisbatan jinoiy javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishni so‘rab murojaat qoldirgan.

📍Aniqlanishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tumanlararo sudining buyrug‘iga asosan qarzdor U.N. dan, undiruvchi X.Shermatova foydasiga ikki nafar farzandlarining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati bo‘lim ish yurituviga 20.09.2021-yilda kelib tushgan hamda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 23-moddasiga asosan ijro ishi qo‘zg‘atilib taraflarga yuborilgan.

BTAFSIL 👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Rasmiy_xabar
#Haj_2025

🕋 Ruxsatnomasiz haj amallarini bajarishga harakat qilish tegishli tartibda javobgarlikka tortiladi.

📌Noqonuniy yo'llar bilan haj amallarini bajarish 20 mingdan 100 ming saudiya riyoligacha moliyaviy jarimalar qo'llanishiga sabab bo‘ladi.

Shuningdek, fuqaroni Saudiyadan deportatsiya qilish hamda keyingi 10 yil davomida Podshohlikka kirishi taqiqlanganlar ro'yxatiga kiritilishi belgilangan.

🎬 Batafsil videorolikda


👉 HD format

🌐 Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati

Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Rasmiy_munosabat

⚡️Quyi Chirchiq tumani To'qboy MFY hududidagi suv minorasi ishlamay qolganligi bo'yicha murojaat o'rganildi.

📍O'rganish natijasida nosoz holatga kelib qolgan suv minorasi matori yangilandi, hozirda ichimlik suvi aholiga uzluksiz ravishda uzatilmoqda.

📍Murojaatimizga befarq bo'lmaganliklari uchun mutasaddi rahbarlarga o'z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy_munosabat
#Quyi_Chirchiq_tumani

⚡️@QuyichirchiqliklarUz telegram ijtimoiy tarmoqlarida ‼️YANA BIR MASHHUR FIRMA ORQALI QURILAYOTGAN DOM BITMASDAN TO‘XTATILDI

📍Quyi Chirchiq tumanida qurilayotgan ko‘p qavatli turar joy binosining ayrim bloklari davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan, belgilangan hujjatlarsiz va davlat nazoratisiz barpo etilayotgani yuzasidan tarqalgan materialga rasmiy munosabat.

📍Quyi Chirchiq tumani hududida qurilish-ta’mirlash ishlari hajmi yildan yilga o‘sib bormoqda, bundan tashqari aholini turar joy bilan ta’minlash darajasini oshirish yuzasidan tuman hududida har yili 4-5 ta ko‘p qavatli turar-joy obyektlari foydalanishga topshirilmoqda.

📍Quyi Chirchiq tuman hokimning qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari M.S.Botirov tomonidan Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumani, “Sergeli” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ tomonidan qurilayotgan pastki qavati savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish bo‘lgan zamonaviy ko‘p qavatli turar-joy binolarini qurilishi bilan bog‘liq bo‘lgan holat yuzasidan  obyekti bo‘yicha pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ rahbari va ta’sischilari bilan birgalikda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf qilish borasida Qurilish qonunchiligi, Shaharsozlik normalari va qoidalari hamda Qurilish me’yorlari va qoidalari hujjatlariga asoslangan holda nimalar qilish kerakligi bo‘yicha tushuntirish berildi.

📍Hozirgi kunda pudratchi tashkilot “TRANPORT FREE GROUP” MChJ A9, A10, A11, A12 va D1, D2 bloklar “Shaharsozlik hujjatlarini ekspertiza qilish Respublika markazi” davlat muassasasiga topshirilganligini bayon qildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rasmiy
#TAYINLOV

⚡️Abduxamidov Baxtiyor Abduqosim o‘g‘li Quyi Chirchiq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

📍Abduxamidov Baxtiyor Abduqosim o‘g‘li 1995-yil Toshkent viloyati, Quyi Chirchiq tumanida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy. 2020-yil Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari institutini, 2025-yil Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

📍Tayinlovga qadar Quyi Chirchiq tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook