QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.81K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Uchrashuv

"Hokim va yoshlar uchrashuvi" oʻtkazildi

⚡️Quyi Chirchiq tumani "Navqiron" mahallasi hududidagi tuman hokimligi binosida bandligi ta’minlanmagan yoshlar va probatsiya nazoratida turuvchi yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

🔗Unda tuman sektor rahbarlari, hokim oʻrinbosari, Yoshlar ishlari bo`limi, korxona va tashkilot mutasaddilari, yoshlar yetakchilari hamda tegishli masʼullar ishtirok etdi.

🔗Mazkur uchrashuvda probatsiya nazoratida turuvchi yoshlar mutasaddi rahbarlarga oʻzlarining mavjud taklif, muammo va murojaatlarini bildirishdi.

📌50 dan ortiq murojaat tinglanib, ijrosi mutasaddilarga yoʻnaltirildi. aksariyat yoshlarning muammosi shu joyning oʻzida hal etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Audio
🟦🟦🟦

Seshanba – hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari bilan muloqot va yoshlar bilan uchrashuvlar oʻtkazish kuni.


⏺️Chinoz tumani.Tuman hokimi Sherzod Salixov “Qir”, “Chin maschit”, “Tillatopgan”, “Ochamayli”, Usmon Nosir MFY larda yashovchi 20 ga yaqin migratsiyadagi fuqarolar bilan ZOOM orqali muloqot qildi.

⏺️Oqqo'rg'on tumani. Tuman hokimi T.A.Bobolov boshchiligida oʻtkazilgan navbatdagi chet davlatida mehnat qilayotgan fuqarolar bilan onlayn muloqotda 30 nafardan ziyod fuqarolarning muammolari oʻrganildi. Qaytish istagida boʻlganlarga amaliy koʻmaklar berilishi taʼkidlab oʻtildi.

⏺️O'rta Chirchiq tumani. Yoshlar oʻrtasida kurash boʻyicha “Prokuror kubogi” sport musobaqalarining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi.

⏺️Bo'ka tumani. IIV Jamoat xavfsizligi departamenti Probatsiya xizmati boshligʻi boshchiligidagi ishchi guruh tumandagi “Rovot” mahallasida boʻlib, bandlik, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik, jamoat xavfsizligini taʼminlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.

⏺️Quyi Chirchiq tumani. Hokimlik binosida bandligi taʼminlanmagan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi, 50 dan ortiq murojaat mutasaddilarga yoʻnaltirildi, aksariyat yoshlarning muammosi shu joyning oʻzida hal etildi.

📹 DAYJEST VIDEOSINI FACEBOOKDA KO'RISH
🇷🇺Россия Федерациясида қонуний ишлаш истагида бўлган Аёллар ва Эркаклар учун ажойиб таклиф!

Россия Федерациясининг  ООО "СПАР Мидл Волга"  корхонаси вакиллари  суҳбат асосида фуқароларни ишга таклиф этади.

Суҳбат вақти: 2024 йил 30 октябр соат 12:00 да

Иш тури:
➡️ Ошпаз;
➡️Нонвой;
➡️Қандолатчи;
➡️Сотувчи;
➡️Идиш товоқ ювувчи;
➡️Юк ташувчи;
➡️Тозаловчи;

Ойлик иш ҳақи (💸 ):
✔️ 70 000-90 000 рублгача

⬇️Номзодларга қўйиладиган талаблар:

Россия ҳудудига киришга ва Ўзбекистон ҳудудидан чиқишга тақиқ бўлмаслиги;
Судланмаган бўлиши;
Жисмонан соғлом бўлиши

Иш берувчи ҳисобидан:
  🛫 Йўл харажатлари;
📑 Ишлаш рухсатномаси
  🛏 Ётоқ жой ишлаш рухсатномаси тайёр бўлганича берилади.
  🍽 2 маҳал овқат;

Иш бўйича тўлиқ маълумот олиш учун бу ерда босинг.

📍Манзил:
Нурафшон ш. Қумариқ МФЙ, Қумариқ шох кўчаси, 1-уй. (Сада автобус бекати)
Барча бандлик марказ (меҳнат биржа)ларида.


☎️ Маълумот учун:
(55) 900 33 10
@toshvil_agentlik
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Eksport

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman bo‘limi fitosanitar davlat inspektorlari " Grayn MCHJ eksportyor korxonasi tomonidan, Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishda Quyi Chirchiq tumanida yetishtirilayotgan organik va eksportbop fitosanitar talabiga javob beradigan dukkakli mosh mahsulotlarini saralash va qadoqlash, korxonaga qarashli omborxonalarini zararsizlantirish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Mashrab_mahalla_yoshlari
#Yosh_kitobxon

🇺🇿Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida ko‘rik-tanlovlar tashkil qilinmoqda.

📕Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktyabr kuni  "Mashrab" mahalla yoshlari orasida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov 3 yosh toifasida ya’ni 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida bo‘lib o‘tdi hamda faxrli 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook