QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.68K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Yashil_energetika

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 14-iyundagi PQ-222-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Quyi Chirchiq tumani hokimligida seminar tashkil etildi.

▪️Seminarda tuman hokimi A.Xolmuradov boshchiligida sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, tadbirkorlar va mahalla raislari ishtirok etishdi.

▪️Unda PQ-222-sonli qarorning mazmun-mohiyati tushuntirilib, joriy yilda tabiiy gaz va elektr energiyani iqtisod qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida so‘z bordi.

▪️Shuningdek, yoqilg‘i-energetika resurslaridan oqilona foydalanish bo‘yicha tashkil etilgan seminarda "Quyi Chirchiq tumangaz" va Quyi Chirchiq tuman elektr ta’minoti korxonalari tomonidan sohada tatbiq etilgan hamda tejamkorlikni ta’minlashga moslashgan zamonaviy qurilma va uskunalardan iborat ko‘rgazma tashkil etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Rahbarlar va yoshlar

⚡️ Quyi Chirchiq tuman hokimligi binosida sektor rahbarlari va korxona tashkilotlari ishtirokida yoshlarning taklif va muammolarini hal etish maqsadida "Rahbarlar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda 58 nafar yoshlar jalb etilib, ulardan 19 nafar yoshlar murojaatlari kelib tushdi.

Ushbu murojaatlar ijrosini ta’minlash bo‘yicha tuman hokimi tomonidan tumandagi tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi hamda ushbu murojaatlar ijrosi yuzasidan tuman hokimiga axborot berish vazifalari yuklatildi.

▪️Ushbu uchrashuv davomida og'ir toifaga kiruvchi yoshlarning taklif va muammolarini hal etish maqsadida, tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlariga topshiriqlar berildi

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Oilaviy_qadriyatlarni_mustahkamlash

📍Joriy yilning 8-avgust kuni Yosh nikohlanuvchilar uchun navbatdagi dars "Oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash" mavzusi bo‘lib, unda tuman hokim o‘rinbosari xotin-qizlar bo‘lim boshlig‘i F.Kamalova, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Quyi Chirchiq tuman bo‘linmasi mutaxassisi O.Ergasheva hamda tuman bosh imom xatibi xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi, bosh otinoyi N.Abdurahmonova birgalikda ma’ruza qilindi.

▪️Dars oxirida doimiy ravishda o‘quvda qatnashgan Yosh nikohlanuvchilarga sertifikatlar topshirildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook