QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.2K photos
2.72K videos
18 files
8.61K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Quyi Chirchiq tumanida obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda.

Quyi Chirchiq tumani prokurori tashabusi bilan 2-sektorining barcha mahallarida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi.

Ko'chalar chiqindilardan tozalanib, manzarali daraxtlarga ishlov berildi.
Bu kabi keng ko'lamda amalga oshirilayotgan ishlar ekologiyamizning yaxshilanishiga oz bo'lsada o'z hissasini qo'shadi.

Bugungi kunda birgina "Do'stlik" ko‘chasida emas, qayergaki bormang, keng ko‘lamda obodonlashtirish ishlari amalga oshirilayotganiga guvoh bo‘lasiz.

Tumanda bajarilayotgan mazkur ishlarda siz ham qatnashing va o'z mahallangizni obodligiga o'z hissangizni qo'shing.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Bugun, Quyi Chirchiq tumani Madaniyat markazida spektakl namoyish etildi.

"Rossiyalik kelin" deb nomlangan ushbu spektakl tumandoshlarimizga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.
Ushbu spektaklda gavdalantirgan sahnalar o'zbek millatining mehmondo'st xalq ekanligini yana bir bor namoyon etdi.


Shu kabi tadbirlarning yanada ko'proq namoyish etilishini so'ragan onaxon tashrifidan mamnun.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Quyi Chirchiq tumani FVB
ogohlantiradi!                                              
  Aholini suvda cho‘kishi bilan bog‘liq noxush holatlarning oldini olish maqsadida Quyi Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari, sizlardan cho‘milish mavsumini betalofat o‘tkazib olishni, ayniqsa, ruxsat etilmagan joylarda cho‘milish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan baxtsiz hodisalardan o‘zingizni himoya qilishingizni so‘rab qoladi.

Ayni kunlarda tuman FVB hodimlari tomonidan
taqiqlangan suv hafzalari oldiga xavfsizlik belgilari o'rnatilmoqda.

   Sizlardan o‘z xavfsizligingizni, hamda hayotimiz mazmuni bo‘lgan farzandlarimizning suvda cho‘milish borasidagi xavfsizliklarini ta’minlashda doimo ogoh, sergak va hushyor bo‘lishingizni so‘rab qolamiz.

  Ota-onalar, farzandlaringizni aslo suzish belgilanmagan joylardan foydalanishiga yo‘l qo‘ymang!


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook