QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.1K photos
2.71K videos
18 files
8.59K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Xashar_elga_yarashar
#Xo'ja_MFY
#Live

Quyi Chirchiq tumani Xo'ja MFY hududida mahalla faollari ishtirokida “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida xashar tashkil etildi.
Ayni damda mahallada mavjud ariqlar tozanib, ushbu ishlarda yoshu-qari birdek faol ishtirok etmoqda.
Erta tongdan tashkillashtirilgan ushbu xashar tumanimizning bushqa mahallalaridaham davom etmoqda.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
⭕️⭕️⭕️

❗️Firibgarlar yaqinlaringiz ovozida qoʻngʻiroq qilishmoqda!

Soʻnggi kunlarda Toshkent viloyati hududida, fuqarolarga telefon orqali biror yaqin kishisi ovozida qoʻngʻiroq qilib, baxtsiz hodisa roʻy berganligini aytib aldov yoʻli bilan pullarni oʻzlashtirishga urinishlar aniqlanmoqda!

Hurmatli Toshkent viloyati aholisi va mehmonlari!

Agar sizga nomaʼlum shaxslar qoʻngʻiroq qilib, yaqin qarindoshingiz avtohalokat yoki boshqa noxush hodisaga sababchi boʻlganligini aytib, shoshilinch pul talab qilishsa ishonmang, zudlik bilan yaqin atrofdagi ichki ishlar idorasiga yoki 102 raqamiga qoʻngʻiroq qiling.

Ogoh boʻling! Firibgarlarning yangi nayrangiga aldanib qolmang!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Bilasizmi

Dam olish kunlari yoki ishlanmaydigan bayram kunlari uchun kamida ikki hissa haq to'lanadi.

Ichki hujjatlarda ikki hissadan ko'proq haq to'lanishi belgilanishi mumkin.

➡️ Dam olish kunidagi yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish xodimning xohishiga ko'ra boshqa dam olish kunini berish bilan kompensatsiya qilinishi mumkin.

📌 Dam olish yoki ishlanmaydigan bayram kunidagi ish uchun xodimga o'zining xohishiga ko'ra boshqa dam olish kuni berilishi mumkin. Bunda xodimga bir hissa haq to'lanadi.

⚠️ Xodim jadvalga yoki mehnat shartnomasiga muvofiq umumiy belgilangan dam olish kunlarida (besh kunlik ish haftasida shanba yoki yakshanba kunlari yoki olti kunlik ish haftasida yakshanba kuni) ishlasa, dam olish kunlari esa unga boshqa kunda berilsa, umumiy dam olish kunlaridagi ish uchun bir hissa haq to'lanadi.

👉Manba

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Hokim_farmoyishi

Harbiy xizmatda halok boʻlgan xizmatchilarning oila aʼzolariga yordam koʻrsatiladi

Toshkent viloyatidagi harbiy xizmatda halok boʻlgan harbiy xizmatchilar va xodimlarning oila aʼzolarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash tadbirlari olib boriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli farmoyishni imzoladi.

Mazkur doiradagi ishlarni amalga oshirish uchun viloyat mahalliy byudjetining 2024-yil boshiga shakllangan erkin qoldiq mablagʻlari hisobidan 241 million soʻmdan ortiq mablagʻ ajratildi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitte‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Amal_qiling

🔰Qonunchilikka ko'ra, tegishli ruxsati bo'lmay turib yoki taqiqlangan joylarda yoxud taqiqlangan muddatlarda, taqiqlangan qurollar yoki vositalar bilan ov qilish yoki baliq ovlash, shu huquqbuzarliklarni sodir etish quroli va ashyolari musodara qilinib, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

🔹fuqarolarga BHMining 25 baravaridan 30 baravarigacha (8 mln 500 ming so'mdan 10 mln 200 ming so'mgacha) miqdorda jarima;

🔹mansabdor shaxslarga BHMning 40 baravaridan 50 baravarigacha (13 mln 600 ming so'mdan 17 mln so'mgacha) miqdorda jarima;

🔹3 yilgacha
muddatga ov qilish huquqidan mahrum etish.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Manba.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
💐ASSALOM NAVRO‘Z!💐

    Quyi Chirchiq tumani 3-sektor hududida joylashgan "Xo'ja" mahalla fuqarolar yig'ini 26-umumiy o'rta ta'lim maktabida "ASSALOM NAVRO'Z" nomli ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

    Unda O'zbek milliy qadriyatlarga xos milliy o'yinlar, ashula va raqslar jajji tarbiyalanuvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etildi.

   Tadbir davomida bolajonlar tomonidan rasm chizish, qo'shiq kuylash va mental arifmetika bo'yicha qiziqarli musobaqalar o'tkazildi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
"E-auksion" platformasida Toshkent viloyati hududidan davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 303 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 13 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 3 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 11 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 4 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 9 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 8 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 13 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 15 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 2 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanida 10 ta (Ko'rish)

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook