QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.79K subscribers
26.4K photos
2.69K videos
18 files
8.45K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Bilasizmi

Ish beruvchi quyidagi hollarda xodimga uning o'z mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan bog'liq xarajatlarni kompensatsiya qilishi shart:

xizmat safarlarida bo'lganda;

sayyor va ko'chib yurish xususiyatiga ega ishlarda, shuningdek dala sharoitlarida yoki vaxta usulida ishlaganda;

ish beruvchi bilan oldindan kelishuvga ko'ra boshqa joydagi ishga ko'chib o'tganda;

ish beruvchining yo'llanmasi bilan kasbiy tayyorgarlikdan, qayta tayyorlash, malaka oshirish va stajirovkadan o'tganda;

ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa yoki kasb kasalligi natijasida xodim vaqtincha mehnatga layoqatsiz bo'lib qolganda;

xodim majburiy tibbiy ko'rikdan o'tganligi munosabati bilan;

xodim foydalanmagan yillik mehnat ta'tili uchun;

ish beruvchining tashabbusi bilan mehnat shartnomasini bekor qilish to'g'risida xodimni ogohlantirish muddati mutanosib pul kompensatsiyasi bilan almashtirilishi munosabati bilan.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Forwarded from Klaster.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ОАВ_биз_ҳақимизда

Инвестициявий лойиҳалар ижроси — амалда

Ўзбекистон пахта-тўқимачилик кластерлари уюшмаси тизимида 142 та кластер фаолият юритаётган бўлиб, улар томонидан 2023 йилда қўшилган қиймат занжирини яратиш бўйича умумий қиймати 14,1 триллион сўмлик 284 та инвестициявий лойиҳа амалга оширилди.

Қуйи Чирчиқ туманидаги “ТСТ Cluster” пахта-тўқимачилик кластерининг “Тashkent Cotton Tеxtile” масъулияти чекланган жамияти улар орасидаги энг йирик қувватлардан биридир. Умумий қиймати 235 миллион еврога тенг мазкур лойиҳанинг биринчи босқичи доирасида 112 миллион евро миқдорида инвестиция ўзлаштирилиб, ип йигирув фабрикаси бунёд этилди. У ишга туширилиши туфайли 1100 та янги иш ўрни яратилди.

“Home Textile”, яъни ўй тўқимачилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришга ихтисослаштирилган мазкур корхона йилига 33 минг тонна ҳар хил турдаги калава ип ишлаб чиқариш қувватига эга.

Тафсилотлар видеоматериалда.

Бизни кузатиб боринг:👇
https://t.iss.one/klasteruzb
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap  

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Kengash yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo'yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Berilgan topshiriqlarga muvofiq joriy yilning 3-yanvar kuni tumandagi "Ibrat" MFY hududida joylashgan 41-sonli maktabda “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap” tadbiri bo'lib o'tdi.

♻️ Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat Kengashidagi ma’ruzaning targ‘iboti, yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari natijasida yurtimiz qiyofasining o‘zgarib borayotganligi, mahallalarning bugungi va avvalgi ko‘rinishi, haqida maxsus videoroliklar namoyish etildi.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Kengash_qarori

TOSHKENT VILOYATI SHAHAR ICHI YO'LOVCHI TRANSPORTIDA YO'L HAQI TARIFLARI O'ZGARDI

Toshkent viloyati shaharlarida yo'lovchilar tashish faoliyati bilan shug'ullanuvchi barcha korxona va tashkilotlarga qarashli yo'nalishlardagi yo'lovchilar tashish xizmatlarining cheklangan tariflari qayta ishlab chiqildi.

Unga ko'ra, avtobuslarda 1 nafar yo'lovchi uchun 1 500 so'm, yo'nalishli taksi (mikroavtobus)larda 2 000 so'm etib belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yangilik #IT

Toshkent viloyatidagi barcha shahar va tumanlarning yangi rasmiy veb sayti bugundan ish boshladi

Yangi saytlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 16-iyunda qabul qilingan PF-6247 sonli farmoni talablari asosida “Toshkent viloyati axborot-kommunikatsiyalarini rivojlantirish markazi” dasturchilari tomonidan yaratilgan. Har bir sayt alohida, mustaqil resurs sifatida tashkil qilingan boʻlib, hozirda “Respublika kiberxavfsizlik markazi”ning maxsus sertifikati talablariga mosligi tekshirilmoqda va test rejimida ishlab turibdi.

Toshkent viloyatidagi shahar va tumanlar hokimliklarining yangi rasmiy veb-sayti:

▶️
Ohangaron tumani
▶️
Parkent tumani
▶️
Toshkent tumani
▶️Olmaliq shahar
▶️
Qibray tumani
▶️
Zangiota tumani
▶️
Angren shahar
▶️
Bekobod tumani
▶️
Bo'ka tumani
▶️
Bo'stonliq tumani
▶️Quyi Chirchiq tumani
▶️
O'rta Chirchiq tumani
▶️
Yuqori Chirchiq tumani
▶️
Piskent tumani
▶️
Yangiyo'l tumani
▶️Oqqo'rg'on tumani
▶️Ohangaron shahar
▶️Chinoz tumani
▶️Nurafshon shahar
▶️Yangiyo'l shahar
▶️Bekobod shahar
▶️Chirchiq shahar

Eslatib o‘tamiz, viloyat hokimligining rasmiy veb-sayti 2023-yilning III-choragida ishga tushirilgan edi. Ayni paytda shahar va tuman hokimliklarining saytlari zarur axborotlar majmui bilan toʻldirilmoqda.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Amal_qiling

🔰Ekinzorlarni, o'rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o'simliklarni qasddan shikastlantirish, payhon qilish, nobud qilish ko'p miqdorda zarar yetkazilishiga sabab bo'lsa, quyidagi jazo choralaridan biri qo'llanilishiga sabab bo'ladi:

BHMning 150 baravaridan 200 baravarigacha (51 mln so'mdan 68 mln so'mgacha) miqdorda jarima;
300 soatdan 360 soatgacha majburiy jamoat ishlari;
2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari;
1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash;
3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish.

❗️Yetkazilgan moddiy zararning o'rni uch karra miqdorida qoplangan taqdirda, ozodlikni cheklash va ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo qo'llanilmaydi.

‼️Qonunni bilmaslik javobgarlikdan ozod qilmaydi...

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap  

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Kengash yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo'yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Berilgan topshiriqlarga muvofiq joriy yilning 4-yanvar kuni tumandagi "Mirobod" MFY hududida joylashgan "Ixtisoslashtirilgan maktabda" “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap" tadbiri bo'lib o'tdi.

♻️ Tadbirda Ma’naviyat va ma’rifat Kengashidagi ma’ruzaning targ‘iboti, yangi O‘zbekistonni bunyod etish yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari natijasida yurtimiz qiyofasining o‘zgarib borayotganligi, mahallalarning bugungi va avvalgi ko‘rinishi, haqida maxsus videoroliklar namoyish etildi.

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Mahallada_duv_duv_gap  

🔰O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev raisligida 2023-yilning 22-dekabr kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining kengaytirilgan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur Kengash yig‘ilishida Davlatimiz rahbari tomonidan mahallalarda targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazish bo'yicha bir qator topshiriqlar berildi.

Berilgan topshiriqlarga muvofiq joriy yilning 4-yanvar kuni tumandagi "Paxtachi" MFY hududida joylashgan 24-umumta'lim maktab binosida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Mahallada duv-duv gap" tadbiri bo'lib o'tdi.