QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.25K subscribers
30.2K photos
2.92K videos
18 files
9.34K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA 2024-YILDAN BOSHLAB NOGIRONLIGI BO'LGAN SHAXSLARGA YER MAYDONINI SOTIB OLISH HARAJATLARI QOPLAB BERILADI

Bu haqda viloyat hokimining tegishli qarori imzolandi.

Unga ko'ra, nogironligi bo'lgan fuqaro va tarkibida nogironligi bo'lgan shaxs bor oila yoki ular vakillarining elektron onlayn-auksion orqali yer maydonini sotib olish bilan bog'liq harajatlari qoplab beriladi.

Nogironligi bo'lgan fuqarolarning murojaatlari 2024-yil 1-yanvardan boshlab tuman va shaharlardagi "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazlari orqali ko'rib chiqiladi va 1-iyuldan boshlab esa, O'zbekiston Respublikasi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ham qabul qilinishi belgilandi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

QISHLOQ XOʻJALIGIDA SUVNI TEJAYDIGAN TEXNOLOGIYALAR JORIY ETILADI

Toshkent viloyatida suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanishni taʼminlash maqsadida, qishloq xoʻjaligi ekinlarini yetishtirishda suvni tejaydigan texnologiyalar joriy etiladi.

Viloyatdagi 11 ming 250 gektar maydonlarda tomchilatib sugʻorish, 17 ming 315 gektar maydonda yomgʻirlatib sugʻorish, 2 ming 600 gektar qishloq xoʻjaligi ekin maydonlarida diskretli sugʻorish texnologiyalaridan foydalanish hamda 12 ming 174 gektar maydonlarda lazer uskunali tekislagichlar bilan yerlarning tekislanishini tashkil etish rejalashtirilgan.

Bu boʻyicha ishchi guruh shakllantiriladi. Shuningdek, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarning bilim va koʻnikmalarini oshirish maqsadida, "Suvchilar maktabi" maxsus oʻquv kurslari tashkil qilinishi koʻzda tutilgan.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

TOSHKENT VILOYATIDA "YOSHLAR UCHUN MING KITOB" LOYIHASI AMALGA OSHIRILADI

Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzuridagi Yoshlar ishlari agentligiga jahonda mashhur boʻlgan 1000 ta kitob oʻzbek tiliga tarjima qilinishi va mamlakatimizda ommalashtirilishiga qaratilgan "Yoshlar uchun ming kitob" loyihasi ijrosini bajarish belgilangan boʻlib, bu boʻyicha amaliy ishlar Toshkent viloyatida ham boshlandi.

Viloyat hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Qarorga koʻra, viloyatda 2024-yildan boshlab har yili hududlardagi axborot-kutubxona muassasalari fondlarini toʻldirish, yangilash va moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun davlat byudjeti hamda mahalliy byudjetlardagi zarur mablagʻlar yoʻnaltiriladi.

Bunda xorijiy tajriba oʻrganilgan holda, naʼmuna sifatida viloyatdagi bittadan axborot-kutubxona muassasasida adabiyotlar hisobini yuritish, saqlash va raqamlashtirish, aholiga zamonaviy kutubxona xizmatini koʻrsatish tizimini yaratish boʻyicha ishlar amalga oshirilishi belgilandi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hokim_qarori

ENDI "OPEN BUDGET" PORTALIDA BOGʻ YARATISH UCHUN HAM ISHTIROK ETISH MUMKIN

Prezidentimizning "Respublikada yashillik darajasini yanada oshirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasini izchil amalga oshirish orqali ekologik barqarorlikni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida" gi farmoniga muvofiq, endilikda Toshkent viloyatida ham davlat byudjetidan har yili ajratiladigan mablag‘larning kamida 50 foizi "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish uchun "Open byudjet" axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida shakllangan "Mening bog‘im" loyihalarini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Bunda aholi tashabbusi bilan "Yashil bog‘lar" va "Yashil jamoat parklari"ni tashkil qilish bo‘yicha maydon manzili va rasmlari ko‘rsatilgan holda, qiymati 250 million so‘mdan oshmagan tashabbuslar bildirilishi hamda "Mening bog‘im" loyihalarini shakllantirish va ularga ovoz berish jarayoni har yili yanvar-fevral oylarida o‘tkazilishi belgilangan.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitterr
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM