QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.33K subscribers
29.2K photos
2.85K videos
18 files
9.07K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon

Toshkent  viloyati Quyi Chirchiq tumani  KO'KSAROY MFYda “OBOD XONADON”
“ OBOD KO'CHA ”
“ OBOD MAXALLA”  tamoyili asosida   Quyi Chirchiq tuman  hokim  o'rinbosari  Oila  va  xotin-qizlar bo'limi  boshlig'i  F.Kamalova boshchilida   xotin-qizlar faollari Ko‘ksaroy maxallasida bugun  o'tkazilayotgan Xasharda   uyushqoqlik bilan qatnashib ko'chalarda ish olib   borayotgan xasharchilarga   issiq choy va bug'irsoqlar      tarqatishdi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#jarayon

Quyi Chirchiq tumandagi 37, 38, 44, 43 va 45-sonli umum taʼlim maktablarida "Jaholatga qarshi - maʼrifat" shiori ostida "Islom tinchlik dini" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bo‘limi masʼul xodimlari ishtirokida tashkil etilgan tadbirda tinchlik va osoyishtalik, shukronalik neʼmati, dinimizning asl mohiyatidan yiroq oqimlarga bilmasdan ergashib ketish holatlari va ularning salbiy oqibatlari hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

Suhbat davomida xalqimizga xos milliy qadriyatlarga hurmat, jaholatga qarshi faqat maʼrifat bilan kurashish borasida yoshlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Press_tur

Jurnalistlar klaster paxta dalasida

Bugun “Xalqaro paxta kuni” munosabati bilan markaziy ommaviy axborot vositalari xodimlari, jurnalist va blogerlar uchun Quyi Chirchiq tumanidagi «TCT Cluster» paxta-to‘qimachilik klasteriga press-tur tashkil etildi.

Mazkur tadbir O‘zbekiston paxta-to‘qimachilik klasterlari uyushmasi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Innovatsion rivojlanish agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda jurnalistlar klaster paxta dalalarida bo‘lib turibdilar. Ular yig‘im-terim jarayoni bilan yaqindan tanishib, terimchilar bilan suhbatlashmoqdalar.

Klaster tarkibidagi paxtachilik va g‘allachilikka ixtisoslashtirilgan “TCT Agro Sluster” klasteri rahbari Matlubjon No‘’monovning aytishicha, 2023 yil hosili uchun 11 ming 200 gektar yer maydoniga g‘o‘za parvarishlangan. 47 ming 40 tonna paxta hosili olish rejalashtirilgan.

Press-tur davom etmoqda.


🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Пресс_тур

Кластернинг замонавий корхонаси журналистлар нигоҳида

Ўзбекистон пахта-тўқимачилик кластерлари уюшмаси ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамкорлигида ташкил этилган пресс-тур иштирокчиларининг навбатдаги манзили “ТСТ Cluster”нинг яқинда фойдаланишга топширилган “Тashkent Cotton Tеxtile” масъулияти чекланган жамияти бўлди.

Ушбу ип йигирув корхонаси таркибида бешта фабрикани бирлаштирган улкан мажмуанинг биринчи босқичи ҳисобланади. Уни бунёд этиб, ишга тушириш учун 112 миллион евро миқдорида инвестиция ўзлаштирилди. Натижада 1100 та янги иш ўрни яратилди.

“Home Textile”, яъни ўй тўқимачилик маҳсулотлари ишлаб чиқаришга ихтисослаштирилган мазкур корхона йилига 33 минг тонна ҳар хил турдаги калава ип ишлаб чиқариш қувватига эга.

Яқин истиқболда лойиҳанинг иккинчи босқичи амалга оширилиб, бўяш, тўқимачилик, матони пардозлаш ва тикувчилик фабрикалари ишга туширилади.



🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
Audio
Бугун — Халқаро пахта куни

Ушбу сана муносабати билан Ўзбекистон пахта-тўқимачилик кластерлари уюшмаси ҳамда Олий таълим, фан ва инновациялар вазирлиги ҳамкорлигида “ТСТ Cluster” кластерига уюштирилган пресс-тур тафсилотлари “ORIAT Dono” радиоканалининг “Долзарб мавзу” дастурида кенг ёритилди.

Бизни кузатиб боринг:👇
https://t.iss.one/klasteruzb

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa