QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.3K photos
2.72K videos
18 files
8.62K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul

⚡️2025-yil 5-fevral kuni soat 11:00 da Quyi Chirchiq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boshlig‘i Akramova Viloyat Jo‘rayevna jismoniy va yuridik shaxslar uchun sayyor qabuli o‘tkazadi.     

📍Sayyor qabulda 28 nafardan ziyod fuqarolar ishtirok etishdi. Fuqarolar tomonidan 10 ta murojaat qabul qilindi, jumladan 3 ta murojaatga  vakolat doirasida  huquqiy tavsiya va maslahatlar berildi va 7 ta murojaatlar  joyida ijobiy hal qilindi.✍️

📍Qabul davomida ishga joylashish, bog‘chaga navbatga qo‘yish va shunga o‘xshash boshqa masalalarda 10 ga yaqin murojaat va takliflar kelib tushdi.

📍Yechimi mavjud murojaatlar manzilning o‘zida ijobiy hal etilib, fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
⚡️Chorshanba profilaktika kuni❗️

  🚨Quyi Chirchiq tumani FVB xodimlari tomonidan qish mavsumga tayyorgarlik va uni betalafot o‘tkazish maqsadida Kushek, Jumagul,Yelqichi,Baliqchi, MFYlarda joylashgan ko‘p qavatli bino, aholi yashash xonadonlari o‘rganildi. O‘rganish davomida aholi yashash xonadonlarida fuqarolarning is gazidan zaharlanishi hamda gaz-havo aralashmasi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar, yong‘inlar, fuqarolarning hayoti va salomatligiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan boshqa baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida xonadon egalari bilan profilaktik suhbatlar olib borilib.

⚡️Quyidagilarga amal qiling.
🔹isitish pechlari va ularning
dudburonlari sozligiga, turli buyum va to‘siqlar bilan berkitilmasligi hamda yoriqlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor bering
🔹gaz uskunalarini ulash tartib qoidalariga rioya qiling va ularga rezina shlanglar orqali ulanishga yo‘l qo‘ymang
🔹maxsus tashkilotlar tomonidan dudburonlarning o‘z vaqtida tozalanishiga e’tibor qarating.

🚒 Tumani FVB-☎️ 101,1050
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Uch_avlod_uchrashuvi

⚡️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Quyi Chirchiq tuman bo‘linmasi, tuman Nuroniylar jamg‘armasi hamkorlikda joriy yilning 5-fevral kuni tumandagi O‘jakent MFYda joylashgan 4-sonli maktab binosida “Uch avlod uchrashuvi” tashkil etildi.

Ushbu tashkil etilgan tadbirlarda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi tuman bo‘linmasi, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi hamda 3 nafar uch avlod vakillari, MFY aholisi, maktabning yuqori sinf o‘quvchilari qatnashdilar.

🔰Davra suhbati jarayonida 3 avlod vakillari o‘zlarining erishishgan yutuqlarini o‘quvchilarga aytib o‘tishdi va o‘qigan ilmli inson hech qachon hayotda yengilmasligini ta’kidlab o‘tishdi.

✍️ Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Quyi Chirchiq tumani bo‘linmasi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Reyd

⚡️Quyi Chirchiq tumani IIB JXX YHXB YPX katta inspektori safdor I.Inayatov tomonidan Quyi Chirchiq tumani Dehqon bozori oldida to‘xtash mumkin bo‘lmaga joyda 3.27 yol belgisi ta’siri orasida to‘xtaganligi sababli LASETTI rusumli DRB 10C021 DB bo‘lgan avtoulov jarimadan qochish maqsadida avtoulovni noma’lum tarafga boshqarib ketdi.

📍Ko‘rilgan chora tadbirlar natijasida avtoulov ushlanib MJTKning 194-modda asosan chora ko‘rilib avtoulov vaqtincha jarima maydoniga qo‘yildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook