QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

“O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti qoshida Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to'g'risida”gi
Prezident Qarori (PQ-204-son, 03.06.2024 y.) qabul qilindi


Qarorga ko'ra, Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish inspeksiyasining yuridik shaxs tashkil etmagan holda byudjetdan tashqari jamg'armasi (Jamg'arma) tashkil etiladi.

🗓 2025-yil 1-yanvargacha quyidagi axborot tizimlari (hisobga olish axborot tizimi) joriy etiladi:

🔹iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularning aylanmasi hajmini hisobga olish axborot tizimi;

🔹iste'mol va texnik etil spirti, alkogol va tamaki mahsulotlarini ishlab chiqarishni va ularning aylanmasini nazorat qilish bo'yicha xavfni tahlil qilish tizimi;

🔹iste'mol va texnik etil spirti tashuvchi avtotransport vositalari harakatini markazlashtirilgan tarzda monitoring va nazorat qilish imkoniyatiga ega geoaxborot tizimi.

🔘Bunda:

2025-yil 1-yanvargacha hisobga olish axborot tizimlari o'zaro axborot almashinuvini yo'lga qo'yish uchun Soliq qo'mitasi, Bojxona qo'mitasi, Kadastr agentligi, “O'zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi” AJ, “Asl belgisi” mahsulotlarni markirovkalash va kuzatib borish milliy axborot tizimi hamda boshqa manfaatdor idoralarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani 6-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida,tashkilot rahbari hamda jismoniy tarbiya yo'riqchisi boshchiligida yosh tarbiyalanuvchilar ishtirokida "shashka" sport oʻyini oʻtkazildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulan
ish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Sayyor_qabul

Diqqat e'lon!

Markaziy bank Toshkent viloyati Bosh boshqarmasi tomonidan aholining moliyaviy savodxonligini oshirish bo‘yicha joriy yilning 6-iyun sanasida soat 11:00 da Quyi Chirchiq tuman Do'stobod shaxri hududida joylashgan 4-sonli "Bolalar musiqa va san'at maktabida" seminar bo'lib o'tadi.

Seminarda sizga, markaziy bankda yaratilgan qulayliklar, bank faoliyati borasida sizni qiziqtirgan barcha savollarga to'laqonli javoblar va eng asosiysi, moliyaviy muammolar haqida tushunchalar beriladi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Quyi Chirchiq tumanida "Sodir etilgan jinoyat uchun jazo muqarrar, qonun ustivor" tamoyili asosida Jinoyat ishlari bo‘yicha Quyi Chirchiq tuman sudi "Yulduz" MFY dagi 2-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi binosida mahalla faollari ishtirokida ochiq sayyor sud o‘tkazildi. Quyi Chirchiq tumani IIB Probatsiya nazoratida turuvchi 7 nafar mahkumlarga nisbatan kiritilgan tuman IIB boshlig‘i taqdimnomalari ko‘rib chiqildi.

Sayyor sud jarayonida, o‘zining jinoiy qilmishidan pushaymon bo‘lgan, mehnatga halol munosabatda bo‘lib, sog‘lom turmush tarziga qaytgan mahkumlar masalasi ko‘rib chiqildi va muddatidan ilgari shartli ozod etish insonparvarlik dalolatnomalari qo‘llanildi.


📱Telegram  🌐WebSayt 📱 Instagram
#E'lon

Hurmatli tumandoshlar!
Farzandingizni yozgi ta'til kunlarini maroqli o'tkazish maqsadida "Barkamol avlod" bolalar maktabida to'garaklar faoliyat ko'rsatmoqda.

1. Bichish-tikish
2. Yosh qandolatchi
3. Oila hamshirasi
4. Ingliz tili
5. Rus tili
6. Maktabgacha tayyorlov(rus tili va o'zbek)
7.Mental arifmetika
8. Yosh shaxmatchi
9. Landshaft dizayn
10. Milliy raqs

To'garaklarga 6-18 yoshgacha o'g'il-qizlar qatnashishi mumkin.
Ushbu to'garaklarga a'zo bo'lish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjat nusxasi va 3*4 rasmdan 2 dona kifoya.
Yozgi ta'tilni mazmunli tashkil eting!

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
🗣Tadbirkorlar va ishbilarmonlar DIQQATIGA!!!

E-auksion.uz savdo platformasida Toshkent viloyati hududidan 490 dan ortiq bo'lgan Davlat mulkini ijaraga oling!

🔹Angren shaharida 301 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod tumanida 3 ta (Ko'rish)
🔹Bekobod shaharida 10 ta (Ko'rish)
🔹Bo'ka tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Bo'stonliq tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Zangiota tumanida 7 ta (Ko'rish)
🔹Qibray tumanida 24 ta (Ko'rish)
🔹Quyi Chirchiq tumanida 4 ta (Ko'rish)
🔹Nurafshon shahrida 8 ta (Ko'rish)
🔹Oqqo'rg'on tumanida 11 ta (Ko'rish)
🔹Olmaliq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Ohangaron shahrida 1 ta (Ko'rish)
🔹Parkent tumanida 6 ta (Ko'rish)
🔹Piskent tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Toshkent tumanida 31 ta (Ko'rish)
🔹O'rtachirchiq tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chinoz tumanida 5 ta (Ko'rish)
🔹Chirchiq shahrida 10 ta (Ko'rish)
🔹Yuqorichirchiq tumanida 1 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l tumanda 14 ta (Ko'rish)
🔹Yangiyo'l shahrida 24 ta (Ko'rish)

👇Xabardor bo'lish uchun👇
Telegram|Facebook|Instagram|Youtube
#Sayyor qabul!

Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashining 24-saylov okrugi "Yilqichi" MFY hududi deputati R.Payziyev "Mahalla yettiligi" bilan xamkorlikda tuman Adliya bo‘limi, Davlat xizmatlari bo‘limi, FXDYO bo‘limi va tumanning boshqa mutassaddi tashkilot raxbarlarini jalb qilgan holda "Yilqichi", "Kushek" maxalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazildi.
Sayyor qabulda 62 nafar fuqarolarning muammolari o‘rganilib, joyida bartaraf etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook