QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.5K photos
2.92K videos
19 files
9.4K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Quyi Chirchiq tuman aholisi diqqatiga!

Ob-havoning keskin o‘zgarishi tufayli kommunal sohalarda ko‘plab muammolar yuzaga kelishini inobatga olib, 2023-2024 yillarda kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda vujudga kelgan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish maqsadida tuman hokimligida uzluksiz kun-u tun faoliyat yurituvchi navbatchilik “TUMAN SHTABI” tashkil etilgan.

Shtabning asosiy vazifasi – jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushadigan murojaatlarni tezkor (operativ) ravishda bartaraf etish choralarini belgilash va amalga oshirishdan iborat.

📞 Murojaat uchun telefonlar:

🏢Quyi Chirchiq tuman hokimligi markaziy shtabi
☎️+99870 56-72-601 (24 soat).
+99870 56-73-601 (24 soat).

Shtab rahbari – Quyi Chirchiq tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko'kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – Botirov Murod Saydakramovich
☎️+99897 402-06-10
+99870 56-72-900

Shtab rahbari o‘rinbosari – Tuman Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi bo'limi boshlig‘i – shtabi rahbarining o‘rinbosari, monitoring rahbari – Turayev Jamshidjon Soibjon o'g'li
☎️+99890 138-03-08


“Toshkent suv ta’minoti” MCHJ,Quyi Chirchiq tuman filiali rahbari – Pardaxo
'jayev Said Abbos Muxammadaliyevich
☎️+99897 262-08-08
+99870 56-72-312 (dispetcher)

“Hududgaz Toshkent” GTF Quyi Chirchiq tuman bo'limi boshlig'i – Aripov Faxriddin Xusniddinovich
☎️+99897 877-31-22
+99870 56-72-319 (dispetcher)

“Toshkent HETK” AJ Quyi Chirchiq tuman elektr ta'minoti korxonasi boshlig'i – Muxammedov Erkin Jaxongirovich
☎️+99893 160
-28-82
+99870 56-72-205 (dispetcher)

Quyi Chirchiq tuman Favqulotda vaziyatlar bo'limi boshlig'i - Baymenov Adxam Abduxalikovich
☎️+99899 406
-77-38
+99870 56-72-201 (dispetcher)

Quyi Chirchiq tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig'i – Axmedov Maxmudxon Ikromxonovich
☎️+99899 860
-72-00

Quyi Chirchiq tuman Yo'llardan foydalanish unitar korxonasi boshlig'i – Narbekov Dilmurod Miraxmatovich
☎️+99899 790-12-79

Quyi Chirchiq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudiri v.b. – Yuldashev Shuxrat Gaffarovich
☎️+99897 716
-66-95
+99870 56-72-262 (dispetcher)

Quyi Chirchiq tuman Tibbiyot bo‘limi boshlig'i – Mustayev Maxmud
☎️+99899 437-73-60
+99870 56-72-163 (dispetcher)
+99870 56-73-379

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🐆 Самарқандда Ўзбекистондаги ноёб кўчманчи ҳайвонлар кўргазмаси очилди

Кўргазмада 2024 йил январь ойида Экология вазирлиги, Бадиий академия ва Ўзбекистон Давлат санъат музейи ҳамкорлигида ташкил этилган пленер давомида чизилган 40 нафар ёш рассомнинг 100 га яқин расмлари намойиш қилинди.

➡️ Батафсил
〰️〰️〰️〰️〰️

https://t.iss.one/hudud_inform
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
«Трансчегаравий табиий парклар яратишда Ўзбекистон минтақа мамлакатлари билан ҳамкорлик қилмоқда» — Шавкат Мирзиёев

БМТ Ёввойи ҳайвонларнинг кўчиб юрувчи турларини сақлаб қолишга доир конвенцияси Томонлар конференциясининг 14-йиғилиши Самарқанд шаҳрида (12-17 февраль) бўлиб ўтмоқда.
 
«Бир вақтлар Устюрт платоси кенгликларида яшаган ва инсон омили таъсирида йўқолиб кетган Осиё қоплони популяциясини қайта иқлимлаштиришни бошлаш ниятидамиз» — Шавкат Мирзиёевнинг йиғилиш иштирокчиларига йўллаган табригидан.


https://t.iss.one/AOKBToshvil
#Quyi Chirchiq_tumani
#Ziyo_ulash

📚Xalqimiz azal-azaldan ilmga chanqoq, kitobga oshno bo‘lgan.

Shu bois kitob mutolaasi, kitobxonlikni rivojlantirish masalalari mamlakatimizda ustuvor vazifalardan biriga aylandi.

Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasiga start berilib, olis va chekka mahallalarda kutubxonalar tashkil etilmoqda.

Jumladan, Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limi tomonidan “Ko`ksaroy” mahallasida aholi, ayniqsa, yoshlar bo‘sh vaqtini unumli o‘tkazishi uchun kutubxona tashkil qilinib, 450 dan ortiq kitoblar hamda kitob javonlari,kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.

Endilikda kitobxonlar elektron kutubxona platformasidan ham foydalanish imkoniga ega bo‘ldilar.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi.

  Sessiya ishida sektor rahbarlari, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, siyosiy partiya rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Manba: NURAFSHON TV

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#no_comment

Quyi Chirchiq tuman yoʻllardan foydalanish unitar korxonasi tomonidan shahrimiz ko‘chalari bo‘ylab avtomobillar harakatlanuvchi yo‘llarda muz hosil bo‘lmasligi uchun qorlar tozalanib, zaruriy choralar ko‘rilmoqda.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
⚡️Binolarning tomlaridan qor massalari, muz va sumalaklar tushishidan ehtiyot bo‘ling⚠️

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar❗️

Qorlar erishi va tomlardan qor massalari, muz va sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish
👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar!

Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 16-fevral kuni O‘zbekistonning shimoliy hududlariga, 17-19 fevral kunlari respublikaning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishi kutilmoqda. 16-18 fevralda respublikavning ayrim joylarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin. 18-19 fevral kunlariga kelib, O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo harorati kechalari 3-8 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 0-3 daraja sovuqqacha pasayadi. Shimolda 17-19 fevral kunlari harorat kechalari 13-16 daraja sovuqqacha, kunduz kunlari 5-8 daraja sovuqqacha pasayadi.

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha fuqarolardan is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, yong‘in va boshqa turdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va texnika xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishni so‘rab qoladi.


📱Telegram 
#Jarayon
#Quyi_Chirchiq_tumani

Havo harorati pasayib, qor yog‘ishi natijasida transport qatnovi yo‘llari ham qor bilan qoplandi. Bu esa haydovchilar va piyodalar qatnoviga noqulaylik tug‘diradi.

⚡️Shu bois Quyi Chirchiq tumani Obodonlashtirish boshqarmasi va “Tuman yo‘llardan foydalanish” Korxonasi  Davlat Muassasasining  texnikalari orqali tumanimizning  markaziy  hamda  ichki ko‘chalariga qum va tuz aralashmasi sepib chiqilib, yo‘ldagi qorlar tozalanmoqda
.

Bundan tashqari tuman hudida joylashgan ko'p qavatliy uylar, umumta'lim maktablari, hamda markaziy ko'chalardagi piyodalar yo‘laklari qorlardan tozalanmoqda.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook