QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.25K subscribers
30.7K photos
2.94K videos
20 files
9.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#JARAYON
#JAMOATCHILIK_NAZORATI

🌧 Ijtimoiy soha ob’ektlari, hamda aholi punktlarini kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi va uni betalofat o‘tkazishda nuroniylar va jamoatchilik kengashi a’zolariga berilgan topshiriq ijrosi bo‘yicha Quyi Chirchiq tumani jamoatchilik kengashi a’zolari tomonidan Mashrab,Surum, Oydinobod, Do'stlik mahalalari joylashgan korxona va tashkilotlar hamda tibbiyot punktlarining isitish tizimi va kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati yuzasidan jamoatchilik nazorati bilan hamkorlikda yig'ilish o'tkazildi.

✍️ "Nuroniy" jamgarmasi Quyi-chirchiq tuman bo‘limi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Пекин шаҳридаги тадбирлар дастури якунлангач, Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга Шэньчжэнь шаҳрига келди.

По завершении программы пребывания в городе Пекине Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев вместе с супругой прибыл в город Шэньчжэнь.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi ikkinchi milliy maʼruza Senatga taqdim qilindi

Bugun Oliy Majlis Senatining 49-yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza  ko‘rib chiqildi.

Maʼruzada aks ettirilgan masalalar xususida Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori A.Burxanov axborot berdi.   

Taʼkidlanganidek, hisobot davrida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat siyosati korrupsiyaning oqibatlari bilan kurashish emas, balki uning oldini olishga qaratilgan preventiv chora-tadbirlarning amalga oshirilganligi bilan ahamiyatlidir.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
#hafta_dayjesti
▫️Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining haftalik dayjesti
(🗓15-20-yanvar kunlari)

Oliy Majlis palatasida:

▫️20-yanvar

🔹Oliy Majlis Senatining yalpi majlisida O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risidagi milliy maʼruza ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar:

🔎Davlat xaridlari va boshqa sohalarda o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha vazirlik-idoralarga taqdimnomalar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga so‘rovnomalar yuborildi.

Komplayens-nazorat:

▫️16-yanvar

📌Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligining Komplayens nazorati bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimiga ochiq tanlov o‘tkazildi.

Jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishida:

▫️17-yanvar

📌
O‘zbekiston Respublikasining korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2030-yilgacha mo‘ljallangan Milliy strategiyasi loyihasi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024-yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi ijrosi Agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi va Ekspertlar guruhi aʼzolari ishtirokida muhokama qilindi.

▫️18-yanvar

📌"Yuksalish" UH tomonidan "Search for Common Ground" tashkiloti bilan hamkorlikda "Yoshlar korrupsiyaga qarshi" dasturiga start berishga bag‘ishlab o'tkazilgan tadbirda Agentlik mas'ul xodimi (onlayn) ishtirok etdi.

Murojaatlar bilan ishlash yo‘nalishida:

📥Agentlikka jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan 90 ta (shundan 86 tasi jismoniy shaxslardan, 4 tasi yuridik shaxslardan) murojaat kelib tushdi.

📞Agentlikning “Call-markazi” – 1253 ga jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan yo‘llangan 49 ta murojaatga huquqiy yo‘nalish va tushuntirishlar berildi.

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
▫️Qayta aloqa tizimlari faoliyatidagi qonunbuzilishi holatlari uchun ayrim vazirlik va hokimliklarga taqdimnoma kiritildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga davlat organlari va tashkilotlarining qayta aloqa tizimi samaradorligi darajasini baholash vazifasi yuklatilgan.

Farmon ijrosini taʼminlash maqsadida Agentlik tomonidan 2024-yil 10-16-yanvar kunlari davomida 21 ta vazirlik hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari masofaviy monitoring tartibida o‘rganildi.

O‘rganishlarda qator vazirlik va idoralarning rasmiy veb-saytlarda eʼlon qilingan idoraviy aloqa (ishonch telefonlari) raqamlari orqali bir necha bor bog‘lanishga harakat qilinganda qo‘ng‘iroqlar javobsiz qoldirildi.

➡️Batafsil

Facebook|Telegram |YouTube|Instagram|Twitter|Veb-sayt
Bugun, 25 yanvar
❄️ +8°...+2°, Qor

Hozir: 🌫 +5°, ↖️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ +7°
Kun: 🌧 +7°
Oqshom: 🌧 +3°
Namlik: 60%
Shamol: G'arbiy-shimoli-g'arbiy, 4 m/s
Bosim: 761 mm sim. ust.

Oy: To'lin oy
Quyosh chiqishi: 07:40
Quyosh botishi: 17:28

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Jarayon
#Obod_xonadon_obod_koʻcha_obod_mahalla

Quyi Chirchiq tumani Ming Chinor mahalla fuqarolar yig‘inida bunyodkorlik ishlari davom etmoqda.
Ayni damda mahallada eski simyog'ochlarni yangi zamonaviy temir beton ustunlarga almashtirish ishlari amalga oshirmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook