QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.2K photos
2.72K videos
18 files
8.62K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Eʼtibor

Toshkent viloyatida  29 nafar yoshlar yetakchilarining 100 million so‘mga yaqin kontrakt pullari to‘lab berildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2022-yil 30-iyun – "Yoshlar kuni" munosabati bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda har yili oliy taʼlim muassasalarining sirtqi bo‘limiga o‘qishga qabul qilingan eng faol mahalladagi yoshlar yetakchilarining kontrakt to‘lovlarini,  Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan to‘lab berilish vazifalari belgilangan edi.

Mazkur topshiriqqa asosan, oliy taʼlim muassasalarida taʼlim olayotgan 29 nafar yoshlar yetakchilarining 2023-2024-o‘quv yili uchun 1-yarim yillik kontrakt mablag‘larining 25 foiz miqdori,yaʼni 83 million 431 ming so‘m to‘lov kontrakt summalari to‘lab berildi.

Maʼlumot oʻrnida, 2022-2023-o‘quv yili uchun viloyatda 72 nafar yoshlar yetakchilarining ro‘yxati shakllantirilib, 858 million 606 ming so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan edi.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Навоий кон-металлургия комбинати” акциядорлик жамияти ва “Навоийуран” давлат корхонаси жамоаларига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева коллективам акционерного общества «Навоийский горно-металлургический комбинат» и государственного предприятия «Навоийуран»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Bu_muhim

⚡️Bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi.

O‘quv soati davomida quyidagi masalalarga to‘xtalib o‘tildi:

▫️Mavzu: “Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida inson resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi karorning mazmun-mohiyati

▫️Videolavha namoyishi: “Nega ayrim odamlar o‘zlarini aqlli deb o‘ylaydilar? Kryuger effekti”

▫️“Mutolaa vaqti” rukni

▫️”Konstitutsiyaviy savodxonlik" rukni

Shuningdek, davlat xizmatchilariga O‘zbekiston va xorijdagi muhim yangiliklar haqida ham ma’lumot berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Sport

SPORT MUSOBAQALARIDA VILOYAT YOSHLARI FAOLLIK KO'RSATMOQDA

Mamlakatimizda yosh avlodning sport musobaqalaridagi ishtirokini faollashtirish borasida amaliy ishlar bajarilmoqda.

Jumladan, 3 million 100 mingdan ortiq yoshlarni bir maqsad atrofida birlashtirgan "Besh tashabbus" olimpiadasi doirasidagi sport musobaqasi 9 xil sport turini oʻz ichiga qamrab olgan. Mazkur musobaqa boʻyicha joriy yilda viloyat yoshlari respublika miqyosida 12 ta, Paraolimpiada musobaqalarida esa 2 ta faxrli oʻrinlarni qoʻlga kiritdi.

Shuningdek, "DXX kubogi"ning futbol va mini futbol musobaqalari boʻyicha 2 ta kumush medal natija qayd etildi.

Viloyatda "Aholining jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash" sport sinovlari oʻtkazilgan boʻlib, unda musobaqalarning ixtiyoriy talablari boʻyicha 3 125 nafar ishtirokchi topshirgan.

Xuddi shu kabi musobaqalarni tashkil qilish va oʻtkazish viloyat yoshlarining sportga boʻlgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Hamkorlik

ROSSIYALIK INVESTORLAR BILAN MUZOKARALAR O'TKAZILDI

🌐BATAFSIL

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Forwarded from UzA | Tezkor xabarlar
⚡️⚡️⚡️ 1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар оширилади

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2023 йил 17 ноябрдаги “Иш ҳақи, пенсиялар ва нафақалар миқдорини ошириш тўғрисида”ги 196-сонли фармонига кўра, жорий йил 1 декабрдан иш ҳақи, пенсиялар ва ижтимоий нафақалар 7% га оширилмоқда, яъни:

- пенсияни ҳисоблашнинг базавий миқдори – 372 минг сўм;
- ёшга доир энг кам пенсия миқдори – 725 минг сўм;
- меҳнатга ҳақ тўлашнинг энг кам миқдори – 1 млн 50 минг сўм этиб белгиланмоқда.


Президентнинг фармони натижасида 4,5 млн кишининг пенсияси ва нафақалари миқдори кўпаяди ва барча бюджет ташкилотлари ходимларининг ойлик маошлари декабрдан бошлаб 7% га ошган ҳолда ҳисобланади.

Шуни алоҳида таъкидлаш керакки, базавий ҳисоблаш миқдори 1 декабрдан 3% миқдорда (7% эмас!) ўзгариб, 340 минг сўм этиб белгиланмоқда. Умуман олганда йил давомида иш ҳақи, пенсия ва ижтимоий нафақалар жами 14,5% га ошган бўлса, базавий ҳисоблаш миқдори эса бундан камроқ, яъни 13% ни ташкил этди.

Каналга уланиш:
@uzauz
#Ob_havo

Bugun, 18 noyabr
🌧 +20°...+14°, Yomg'ir

Hozir: 🌫 +20°, ↗️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ +19°
Kun: ☁️ +19°
Oqshom: ☁️ +16°
Namlik: 31%
Shamol: Janubiy-janubi-g'arbiy, 4.1 m/s
Bosim: 760 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:13
Quyosh botishi: 17:02

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook