QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.2K photos
2.72K videos
18 files
8.61K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Doimiy_komissiya

📅 2025-yil 30-yanvar kuni Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli doimiy komissiyalarning qo‘shma yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

📌 Yig‘ilishda tuman hokimining birinchi o‘rinbosari - Iqtisodiyot va moliya bo‘lim boshlig‘i K.Uskanbayev "2025 yilda Quyi Chirchiq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi hisoboti eshitildi.

📖 Kun tartibidagi bitta "2025 yilda Quyi Chirchiq tumanini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturini tasdiqlash to‘g‘risida"gi masala muhokama qilinib doimiy komissiya qarori qabul qilindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Bugun, 31 yanvar
☁️ +3°...0°, Bulutli

Hozir: 🌫 0°, ➡️ 2.1 m/s

Tong: ☁️ +1°
Kun: ☁️ +3°
Oqshom: ☁️ +2°
Namlik: 53%
Shamol: Shimoli-g'arbiy, 2.3 m/s
Bosim: 776 mm sim. ust.

Oy: O'sayotgan oy
Quyosh chiqishi: 07:35
Quyosh botishi: 17:37
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Bu_muhim

⚡️Bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi!

O‘quv soati davomida:                   

▫️O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti

▫️“Mutolaa vaqti” rukni


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Sayyor_qabul

▪️ Bugun 31-yanvar sanasida Xalq qabulxonasi binosida tuman hokim oʻrinbosari V.Axmedov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Miralimov hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.

▪️Qabul jarayonida 22 nafar fuqarolardan 26 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 12 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi.

▪️Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Diqqat

BARCHA ISH BERUVCHILAR DIQQATIGA!

⚡️O‘zbekiston Respublikasi “Aholi Bandligi to‘g‘risida”gi qonunining 13-moddasiga asosan O‘zbekiston Respublikasida ish beruvchilar aholi bandligi sohasidagi davlat siyosatini amalga oshirishda quyidagilar orqali ishtirok etishi yo‘lga qo‘yilgan. Bunga ko‘ra, ish o‘rinlarini zaxiraga qo‘yish hamda aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalarini zaxiraga qo‘yilgan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish;

📍Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar ish beruvchi tomonidan mahalliy mehnat organiga har bir hisobot oyining oxiridagi holatga ko‘ra «Yagona milliy mehnat tizimi» idoralararo dasturiy-apparat kompleksi orqali elektron tarzda taqdim etiladi. Bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari mavjudligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘sh (vakant) ish o‘rinlari milliy bazasiga kiritiladi.

BATAFSIL 👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Siz_ekologiya_qonunlarini_bilasizmi

⚡️Quyi Chirchiq tumani umumta’lim maktablarida  “Siz ekologiya qonunlarini bilasizmi?” ko‘rik-tanlovining tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda maktabning 14-17 yoshli 135 nafar o‘quvchilari ishtirok etdi.

 📍Tadbir davomida hay’at a’zolari tomonidan o‘quvchilarning har bir chiqishi baholab borildi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 19- maktab jamoasi 1-o‘rin   10- maktab jamoasi 2- o‘rin, 37- maktab jamoasi 3-o‘rini 36-maktablar   qo‘lga kiritgan o‘quvchilar viloyat  bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook