QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from 🗞📰"Erkin so'z" gazetasi🗞📰 (Pokiza)
#Tadbir

OILAVIY ZO’RAVONLIKKA QARSHIMIZ!

Bugun 7-dekabr kuni tuman “Inson” injtimoiy xizmatlar markazi, tuman Adliya bo’limi, tuman Oila va xotin-qizlar bo’limi, “Nuroniy” jamg’armasi tuman bo'linmasi, tuman Tibbiyot birlashmasi va Din ishlari bo’yicha qo’mitaning viloyat boshqarmasi tuman bo’limi bilan hamkorlikda “Oilaviy zo‘ravonlikka qarshimiz!” deb nomlangan targ’ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda soha xodimlari tomonidan yoshlar va xotin-qizlar o‘rtasidagi turli janjallar, huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish, xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish haqida tushunchalar berildi.

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga, shu jumladan xotin-qizlarga yaratilayotgan sharoitlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi.

Tadbir so’ngida esa ishtirokchilar e’tiboriga mazkur mavzuga oid hujjatli film namoyish etildi.

https://t.iss.one/tumangazetasi
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Kasb_bayrami

“Beksaroy” tantanalar majmuasida dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi – Oʻzbekiston Respublikasi qishloq xoʻjaligi xodimlari kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir sababchilarini tuman hokimi o'rinbosari K.Uskanboyev qutlab, joriy yakunlanayotgan mavsumda soha xodimlarining samarali va barakali mehnat qilganlarini e'tirof etib, rizq-roʻzimiz manbai boʻlgan qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini yetishtirishda samarali faoliyat yuritib kelayotgan bir guruh soha fidoyilariga qimmatbaho sovgʻalar topshirdi.

Tantanali tadbir tuman Madaniyat bo‘limi xodimlari tomonidan tayyorlangan konsert orqali yanada fayzli o'tdi.

Bayram munosabati bilan yozilgan dasturxonda barcha soha xodimlari jam bo'ldilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
🔥"Yong‘in xavfsizligi oyligi"da faol ishtirok etaylik!
Quyi Chirchiq tumani hokimining tegishli farmoyishiga muvofiq, joriy yilning 15-noyabridan 15-dekabrigacha tuman hududida "Yong‘in xavfsizligi oyligi" o‘tkazilmoqda.

🚨O‘zbekiston Respublikasi VMning 2024-yil 6-iyun kunidagi 388/20-sonli qarori  unga asosan O‘zbekiston Respublikasi FVVning 2024 yil 14-iyun kunidagi 250-sonli farmoyishiga asosan. Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish hamda  uni talafotlarsiz o‘tkazish maqsadida.

⚡️Shuningdek, targ‘ibot ishlari davomida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanishlar va gaz havo aralashmasining chaqnashi yoki portlashi bilan bog‘liq bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.
🚒 Quyi Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi-☎️ 101, 1050.70-567-27-25
✍️ Ushbu yo‘nalishdagi ishlar davom etmoqda

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook