QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.8K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.44K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Eksport

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Qishloq Xo‘jaligi Vazirligi huzuridagi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman bo‘limi fitosanitar davlat inspektorlari " Grayn MCHJ eksportyor korxonasi tomonidan, Xitoy Xalq Respublikasiga eksport qilishda Quyi Chirchiq tumanida yetishtirilayotgan organik va eksportbop fitosanitar talabiga javob beradigan dukkakli mosh mahsulotlarini saralash va qadoqlash, korxonaga qarashli omborxonalarini zararsizlantirish ishlarida amaliy yordam ko‘rsatib kelinmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Mashrab_mahalla_yoshlari
#Yosh_kitobxon

🇺🇿Qadimiy va betakror diyorimizdan yetishib chiqqan buyuk alloma, adib va mutafakkirlarimizning boy ma’naviy merosini, madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash, kelgusi avlodlarga bezavol yetkazish, yoshlarimizni o‘zlikni anglash, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng ommalashtirish maqsadida ko‘rik-tanlovlar tashkil qilinmoqda.

📕Shu munosabat bilan joriy yilning 30-oktyabr kuni  "Mashrab" mahalla yoshlari orasida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi. Ko‘rik-tanlov 3 yosh toifasida ya’ni 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida bo‘lib o‘tdi hamda faxrli 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Sayyor_qabul

⚡️Quyi Chirchiq tumani 4-sektor hududida tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i U.Atabayev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi mudiri G‘.Miralimovlar tomonidan tumanimizdagi Beshkent mahalla fuqarolar yig‘ini aholisiga sayyor uchrashuv o‘tkazdi.

◾️O‘zining turli sohalardagi masalalari bilan tashrif buyurgan 15 nafar fuqarolarning 18 dan ortiq murojaatlari tinglanib, 9 ga yaqini shu joyning o‘zida bartaraf etildi.

▪️Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Shuningdek sektor hududida yashovchi probatsiya nazoratida turuvchi shaxslardan 8 nafari ishtirok etib, ularda mavjud muammolar va bandligini ta’minlash borasida suhbat o‘tkazildi

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Yosh_kitobxon

⚡️Joriy yilning 30-oktyabr kuni Tinchlik hamda Paxtazor mahallasi yoshlari orasida "Yosh kitobxon" ko‘rik-tanlovi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

📍Ko‘rik-tanlov 3 yosh toifasida ya’ni 10-14, 15-19, 20-30 yosh toifasida bo‘lib o‘tdi hamda faxrli 1-o‘rinni egallagan ishtirokchilar 2-bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook