QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.6K photos
2.93K videos
19 files
9.41K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Yarmarka

⚡️Quyi Chirchiq tumanda aholiga qulaylik yaratish maqsadida tashkil etilgan ushbu yarmarkada aholi uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz, dukkakli, guruch, tuxum, o‘simlik yog‘i savdosi yo‘lga qo‘yilgan.

📍Xususan: tumanda joylashgan Paxtazor MFYda mazkur yarmarkada aholi o‘zlari uchun zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlari xususan, meva-sabzavot, poliz, dukkakli, tuxum, o‘simlik yog‘i va boshqa bir qator zarur mahsulotlarni arzonlashtirilgan narxda xarid qilishmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#O'rganish

⚡️Respublika ishchi guruhi vakillari tomonidan Quyi Chirchiq tumani Davlat xizmatlari markazida aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari holati bilan tanishildi.

📍Shuningdek, Quyi Chirchiq tumani adliya bo‘limida “Madaniyat” MFYda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024- yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosi yuzasidan “Huquqiy mahalla” loyihasini amalga oshirish davomida mahallada birlamchi minimal standartlarga rioya qilish holati o‘rganilib kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi va mahalla standartlariga rioya etilishi yuzasidan tegishli mas’ul tashkilotlar jalb qilindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Aksiya
#Ma’rifat va saxovat

⚡️“Ma’rifat va saxovat” karvoni Quyi Chirchiq tumanidagi Beruniy mahallasiga tashrif buyurdi. Karvon doirasida ehtiyojmand oilalar holidan xabar olindi, tibbiy ko‘rik o‘tkazildi.

📍Oilalarga dori-darmon, gigiyena vositalari, maktab bolalari uchun o‘quv qurollar hamda milliy adabiyotimiz durdonalaridan iborat kitoblar taqdim etildi.

📍Ezgu maqsadga yo‘naltirilgan bu kabi tadbirlar tumanimiz bo‘ylab davom etmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#O'rganish

⚡️Quyi Chirchiq tuman hokimining 2025 yil 29 maydagi “Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-avgustdagi 164-son qaroriga asosan ajratilgan uy-joylarni xususiylashtirish bo‘yicha” tuman komissiyasi majlis bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida 2025-yil 23-iyul kuni Quyi Chirchiq tumani “Do‘stlik” mahalla fuqarolar yig‘ini, Osiyo ko‘chasida yashayotgan chin yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga berilgan uy-joylar Ishchi guruh tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tuman
#Siyosiy_ma'rifat_soati

⚡️Joriy yilning 25.07.2025 yil kuni 08:00 da "Siyosiy-ma’rifat soati" bo‘lib o‘tdi. Ma’rifat soati tuman hokimligi zalida tuman hokimi, tuman sektor rahbarlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilot rahbarlari, hamda Mahalladagi 7 lik ham ishtirok etdi.

📍Siyosiy-ma’rifat soatida bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqidagi voqealar tafsiloti hamda huquqiy savodxonlik va dunyo hamjamiyatida ro‘y berayotgan muhim siyosiy voqealar (hafta davomida qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati) batafsil yoritilib berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Jarayon

⚡️Quyi Chirchiq tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tomonidan Oydinobod MFY Bolta qishlog‘i 14-maktab old qismi shag‘allashtirilib, asfalt yotqizish uchun tayyorlanmoqda hamda yo‘l chetiga beton ariqlar (lotok) joylashtirilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Yarmarka

⚡️Respublika ishchi guruhi ko‘rsatmasiga ko‘ra Quyi Chirchiq tuman 4-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabida tuman Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi tomonidan mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

📍Mehnat yarmarkasida 30 ga yaqin ish beruvchilar qatnashib, 250 nafarga yaqin fuqarolarga munosib ish o‘rinlari taklif qilindi.

📍Shuningdek, ishchi guruh tomonidan aholi bandligi ta’minlash va ishsizlikni bartaraf etish maqsadida mehnat yarmarkalarini ko‘proq o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#O'rganish

⚡️Respublika ishchi guruhi tomonidan Quyi Chirchiq tumani "Madaniyat" MFYda oʻrganish oʻtkazildi.

📍Oʻrganishda tuman adliya boʻlimi, SanEpid, Avtoʻyoʻl va boshqa masʼul tashkilotlar jalb qilindi.

📍Oʻrganish davomida ShNQ qoidalarida belgilangan mahalla standartlariga rioya etilishi holatlari tahlil qilinib, tegishli tuman tashkilotlari jalb qilinib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Hamkorlik

⚡️Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani bo‘linmasi hamda Quyi Chirchiq tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limi o‘rtasida hamkorlik Memorandumi imzolangan edi.

📍Yurtimizda har sohada, har jabhada ulkan yangiliklar, islohotlar kuzatilyapti. Ana shu shiddatli voqeliklardan boxabar insonda shu yurtga daxldorlik hissi oshadi, fuqarolik pozitsiyasi yuksaladi.

📍Bugun hamkorlik Memorandumiga asosan "Ma'naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni" doirasida "Siyosiy ma’rifat soati" hamda "Buyuklar haqida 100 ta dalil" kitobi taqdimoti o'tkazildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi_Chirchiq_tumani
#Milliy_liboslar

⚡️Milliyligimiz – bebaho boyligimiz!

📍Ajdodlar merosini asrab-avaylash va kelajak avlodga yetkazish – har birimiz uchun sharaf!

📍Milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadimiy urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari qolaversa, o‘ziga xos xususiyatlari mujassam.

📍O‘z millatimizga mos ravishda kiyinishimiz qadriyatlarimizga bo‘lgan hurmat ifodasidir!

📍Har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb e’lon qilinganligi munosabati bilan Quyi Chirchiq tumani Oila va xotin-qizlar bo‘limi tomonidan milliy liboslar chellenji tashkil etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook