QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Besh_tashabbus

⚡️Ayni damda Quyi Chirchiq tumani 3-sektorda sportning voleybol turi bo‘yicha Besh tashabbus olimpiadasi musobaqasining sektor bosqichi bo'lib o'tmoqda.

▪️Mahalla bosqichidan saralanib kelgan kuchli, sportga qiziquvchi yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqa qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lib o‘tdi.

🏆Musobaqada g‘olib va sovrindorlar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanib, tuman bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.

🏅O'g‘il bolalar 1-o‘rin Oydinobod, 2-o‘rin uch chinor, 3-o‘rin bog‘iston

🏅 Qiz bolalar 1-o‘rin Oydinobod, 2-o‘rin Bog‘iston, 3-o‘rin uch chinor

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Muloqot

⚡️Bugun tuman hokim A.Xolmuradov tuman dehqon bozori va savdo rastalarida go‘sht mahsulotlari narxini asossiz oshishini oldini olish hamda aholiga arzon va sifatli go‘sht mahsulotlarini yetkazib berilishini ta’minlash maqsadida tumandagi go‘sht sotuvchi tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazdi.

🔺Endilikda Dehqon bozorlari va savdo rastalarida go‘sht narxini doimiy monitoring qilib borish maqsadida, tuman Soliq inspeksiyasi, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, Nuroniy jamg‘armasi tuman bo‘limi, Xalq deputatlari tuman Kengashi hamda tuman statistika bo‘limlaridan tashkil topgan "Jamoatchilik nazorati" ishchi guruhi tashkil etildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Seminar
#Ijtimoiy_xodim

⚡️Quyi Chirchiq va Oqqo'rg'on tumanlari ijtimoiy xodimlari uchun mahallalarda kompleks ijtimoiy xizmat ko‘rsatuvchi ijtimoiy xodim ishini tashkil etish hamda keys menejmenti amaliyoti mavzularida seminar bo‘lib o‘tmoqda.

1️⃣ Birinchi kunda ishtirokchilar ijtimoiy xodimning kasbiy ko‘nikmalari, uning vazifa va funksiyalari, huquq hamda majburiyatlarini batafsil o‘rgangandilar. Bundan tashqari mutaxassislar tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining 12 toifasi, ularga ko‘rsatiladigan xizmatlarning mazmun va mohiyati tushuntirildi.

2️⃣ Treningning ikkinchi kunida ijtimoiy xodimlarga keys menejment asosida oilaga kirish, ularni baholash, aholi bilan kommunikatsiyaga kirishishda muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish kabi mavzular kreativ usullarda o'rgatilmoqda.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Sessiya

▪️Joriy yilning 2-avgust kuni bo‘lib o‘tgan oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining bir yuz o‘n birinchi sessiyasida sektor rahbarlari, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, siyosiy partiya rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi.

▪️Ushbu sessiya tuman mutasaddi tashkilotlarining 6 oy davomida qilingan ishlari hamda joriy yilning oktyabr oyida bo‘ladigan Xalq deputatlarining navbatdagi VII chaqiriq saylovi yuzasidan tumanda deputatlik o‘rinlarini belgilash to‘g‘risida bo‘lib o‘tdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram