QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.76K subscribers
26.9K photos
2.71K videos
18 files
8.55K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#O‘quv_seminar

🔸Bugun tuman hokimligi binosida O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 27.07.2024-yil №06/1-526-sonli xati ijrosi yuzasidan joriy yilning 1-avgust kuni Toshkent viloyatining pillakor tumanlarida “Ipakchilik sohasida xotin-qizlarning bandligini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida pillakorlar, lider agronom ayollar va ipak qurtini boqish istagida bo‘lgan xotin-qizlarning malakasini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirish” bo‘yicha o‘quv seminari tashkil etildi.

🔸Seminar davomida tuman hokim o‘rinbosari, oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i F.Kamalova hamda tuman pillachilik bo‘limi vakillari ishtirok etishib, aholi tomonidan berilgan savollarga javob berdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Chilla_iste’dodlar_mavsumi

🔺Quyi Chirchiq tumani MMTB tasarrufidagi 3-sonli DMTT da yozgi sog‘lomlashtirish davrida "Chilla iste’dodlar mavsumi" loyihasi asosida katta tayyorlov guruhlari hamda kichik va o‘rta guruh tarbiyalanuvchilari o‘rtasida an’anaviy mavsumiy "Suv bayrami" tadbiri o‘tkazildi.

🔺Tarbiyalanuvchilar o‘zlarining rassomchilik, musiqa, raqs san’ati, sportning dzyudo, shaxmat, shashka turlari bo‘yicha, kitobxonlikni targ‘ib qilish, kompyuter texnologiyalaridan foydalanish va qizlarning biser, bichish-tikish ishlarini o‘rganish borasidagi iqtidorlarini, talantlarini namoyish etdilar!


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Quyi Chirchiq tumani FVB ogohlantiradi!

⚡️Belgilanmagan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!

🔹Yoz mavsumi boshlanishi bilan aholi cho‘milib, hordiq chiqarish maqsadida suv havzalari tomon otlanadi. Albatta, yoz faslida suvda cho‘milish kishiga o‘ziga xos maroq bag‘ishlaydi. Jazirama saratonda tanaga huzur bag‘ishlovchi havzalar o‘z bag‘riga chorlaydi. Ammo, belgilanmagan joylarda cho‘milish esa qanchalar tashvishli ekanligini, sokin kechayotgan hayotning bir lahzada qayg‘u-alamga bog‘lanishini bilamizmi?..

🏊‍♂️ Shunga o‘xshash holatlarning oldini olish maqsadida Quyichirchiq tumanida FVB xodimlari tomonidan reydlar o‘tkazilmoqda. Cho‘kish xavfi yuqori bo‘lgan joylarda cho‘miluvchilar bilan suhbatlar o‘tkazilmoqda.

🔸Quyi Chirchiq tumani FVB

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Ёшга доир пенсиянинг ёшга доир нафақадан фарқи борми?

⚡️ Бор. Қонунчиликка мувофиқ, ёшга доир пенсияга камида 7 йил иш стажига эга бўлган фуқаролар чиқа олишади. Шунингдек, ёшга доир пенсияга эркаклар 60 ёшдан, аёллар эса 55 ёшдан чиқишлари мумкин.

⚡️ Ёшга доир нафақага эса 7 йилдан кам иш стажига эга бўлган фуқаролар чиқишлари мумкин. Бунда, ёшга доир нафақа ёши эркаклар учун 65 ёш, аёллар учун эса 60 ёш этиб белгиланган.

____________

В чём разница между пенсией по возрасту от пособия по возрасту?

⚡️ В соответствии с законодательством пенсию по возрасту могут получать граждане со стажем работы не менее 7 лет. Мужчины могут выйти на пенсию в 60 лет, а женщины – в 55.

⚡️ На пособие по возрасту могут претендовать граждане со стажем работы менее 7 лет. При этом пенсионный возраст установлен на уровне 65 лет для мужчин и 60 лет для женщин.

📞 12-71     🌐 pfru.uz

Telegram | 💬Facebook |📸 Instagram | 📹 Youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Siyosiy-ma’rifat soati”

⚡️Bugun davlat fuqarolik xizmatchilari uchun navbatdagi “Siyosiy-ma’rifat soati” tashkil etildi!

O‘quv soati davomida:                   

▫️O‘zbekiston va xorijdagi muhim jarayonlar dayjesti

▫️“Mahalladan gapiramiz” rukni

▫️“Mutolaa vaqti” rukni

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
#Sayyor_qabul

▪️ Joriy yilning 2-avgust sanasida Xalq qabulxonasi binosida tuman hokim oʻrinbosari, oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi F.Kamalova, tuman IIB boshlig'i D.Xusanov, tuman Xalq qabulxonasi mudiri G'.Miralimov hamda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.

   ▪️Qabul jarayonida 25 nafar fuqarolardan 29 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 16 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi. Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇
📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram