QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.1K photos
2.71K videos
18 files
8.58K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#qabul

Joriy yilning 14-iyun sanasida 1-sektor rahbari tuman hokimi А.Xolmuradov Xalq qabulxonasi binosida Xalq qabulxonasi mudiri bilan birgalikda korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari qabuli bo‘lib o‘tdi.
 
  Qabul jarayonida 27 nafar fuqarolardan 29 turdagi murojaatlar o‘rganib chiqildi. Shundan 9 ta murojaatlar joyida ijobiy yechimini topdi.Qolgan murojaatlar tegishliligi bo‘yicha korxona va tashkilot rahbarlariga topshiriqlar berilib  ijrosi nazoratga olindi.

Shu bilan bir qatorda tuman tibbiyot birlashmasi tomonidan sayyor qabulda ishtirok etgan fuqarolar tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi tashkillashtirildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
Joriy yilning 14-iyun kuni
Quyi Chirchiq tumani soliq boshlig‘i v.v.b K. Matkabulov , tuman adliya va TTB bo'limlari hodimlari bilan hamkorlikda tasdiqlangan grafik asosida 4-sektorning "Beruniy" MFY aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Jumladan, aholini qiynab kelayotgan masalalar, hamda tibbiyot yo'nalishidagi muammolar,takliflar eshitildi.

Sayyor qabulda 21 nafar fuqarolarning 9 nafaridan murojaatlar kelib tushdi.

Mazkur murojaatchilarning 7 nafaridan o'z sog'liklarini tiklash, toza ichimlik suvi , kadastr xujjatlarini rasmiylashtirishdagi muammolar ko'tarildi.

1 nafari hududda daydi it va mushuklarning ko'payganligi va 1 nafari maishiy chiqindilar o'z vaqtida olib ketilmayotganligi masalasida amaliy yordam berishlarini so'rashdi.

Sayyor qabul davomida murojaatlar yuzasidan tushuntirishlar va yunalishlar berildi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram
Avval xabar berganimizdek, bugun 14-iyun kuni Quyi Chirchiq tumanidagi 22-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida “Yoz-o’tmoqda soz” mavzusida kengaytirilgan Maktabgacha va Maktab ta’lim bo’limi seminar tashkil etildi.

Seminarda tumandagi mavjud 24 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolajonlar yoz mavsumini maroqli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar 22-sonli DMTT misolida ko‘rsatib berildi.

Seminarda, Maktabgacha va maktab ta’limi tashkilotlari mutaxassislari ishtirok etib, tajriba almashdilar.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram