QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.58K subscribers
27.6K photos
2.74K videos
18 files
8.72K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko'ra, aholi va tadbirkorlarga subsidiya ajratish bilan bog'liq barcha xizmatlar bosqichma-bosqich “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga subsidiya ajratishning yagona elektron platforma”siga o'tkazilishi belgilangan.

▶️ Shuningdek, subsidiyalarni ajratishning maqsadga muvofiqligi elektron platforma orqali onlayn tekshiriladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#BILDIRISh

Xotin-qizlar tavsiyanoma asosida oʻqishga qabul qilinadi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat staji mavjud, biroq oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish uchun arizalar qabul qilish boshlandi.

Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyanomasiga ega bo‘lishlari lozim. Tavsiyanoma olish uchun talabgorlar belgilangan meʼzonlarning barchasiga muvofiq boʻlishi kerak:

o‘rta maxsus yoki professional taʼlim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi (kollej, texnikum diplomiga ega bo‘lishi);

tavsiyanoma olgunga qadar oliy taʼlim olmaganligi yoki olmayotganligi (davlat va nodavlat oliy taʼlim muassasalarida o‘qimayotgan bo‘lishi kerak);

o‘rta maxsus yoki professional taʼlim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi (o‘rta maxsus diplomini qaysi mutaxassislik bo‘yicha tugatgan bo‘lsa, shu mutaxassislik bo‘yicha kamida 5 yil ishlagan bo‘lishi kerak).

Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan, lekin oliy maʼlumotga ega bo‘lmagan, o‘rta maxsus yoki professional taʼlim muassasalarini tamomlagan talabgorlar joriy yilning 1 iyuniga qadar ariza bilan tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi huzuridagi Mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yil mehnat stajiga ega bo‘lgan xotin-qizlarga tavsiyanoma berish masalasini ko‘rib chiqish bo‘yicha doimiy yashash yoki vaqtincha ro‘yxatda turgan joyidagi tuman (shahar) Ishchi guruhlariga hujjatlarni taqdim etishlari kerak boʻladi.

Batafsil maʼlumot👈

😀Telegram  😀Instagram  📹YouTube  🌐Website
#Hamkorlik

Viloyat hokimi bir qator xitoylik tadbirkorlar guruhini qabul qildi

Batafsil 👈

Telegram🌐Website📹YouTubeFacebook🕊Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Maxsus_dayjest

Hafta davomida viloyatimiz shahar va tumanlarida qishloq xo'jaligi sohasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan "Yashil makon" tadbirlari tafsilotlari bilan qisqa xabarlarda tanishing.

🔘Angren shahri. "Istiqlol" mahallasida obodonlashtirish ishlari olib borilmoqda.

🔘Bekobod shahri. 1-sektor hududiga qarashli “Yoshlik” mahallasidagi uylar atrofiga 30 dan ortiq manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

🔘Bekobod tumani. "Mallaboy" mahallasida ipak qurti boqilish jarayoni ko'zdan kechirildi.

🔘Bo'ka tumani. O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bo'ka tumanida bo'lib, sohada amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.

🔘Bo‘stonliq tumani. Tuman hokimligi binosi atrofidagi bo‘sh yer maydonlariga “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida 100 tupdan ziyod manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.

🔘Nurafshon shahri. "Degantepa" mahallasi hududida 300 ga yaqin sadaqayrag'och va dub daraxt ko'chatlari o'tqazildi.

🔘Olmaliq shahri. Olmaliq kon metallurgiya kombinati mehnat jamoasi ishtirokida 1,5 million dona daraxt koʻchatlari ekilib, tayyorlangan 5 millionga yaqin qalamchalar yerga qadaldi.

🔘Oqqo'rg'on tumani. Toshkent viloyati hokimi o‘rinbosari Z. Mirgaziyeva Oqqo‘rg‘on tumani "Qo‘rg‘ontepa" mahallasida bo‘lib, ipak qurti boqilish jarayonini ko'zdan kechirdi.

🔘Ohangaron shahri. Mahallalarda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida mevali daraxt ko'chatlari ekish ishlari davom etmoqda.

🔘Ohangaron tumani. Tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo'limi xodimlari hududlarda chorva mollarni yuqumli kasalliklarga qarshi emlash ishlarini olib bormoqda.

🔘Parkent tumani. Fermer xo‘jaliklari tomonidan ichki ariqlarni betonlash ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Piskent tumani. Joriy yilda tumanda 2 840 quti ipak qurti parvarishlanib, 168 tonna pilla xomashyosi yetishtirish rejalashtirilgan. Ayni vaqtda fermerlar va kasanachilar bilan ipak qurti parvarishlash uchun jami 2 840 quti kontraktatsiya shartnomalari tuzishga erishildi.

🔘Chinoz tumani. "Dehqonobod" mahallasidagi xotin-qizlar ipakchilik faoliyatini yo'lga qo'ygan.

🔘Chirchiq shahri. Mutasaddilar ishtirokida 3-kichik nohiyada “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati hamda sugʻorish tizimi koʻzdan kechirildi.

🔘O'rta Chirchiq tumani. Tegishli mutasaddilar ishtirokida "Do'stlik" mahallasida aholi tomonidan yo'lga qo'yilgan qulupnaychilik va qo'ziqorin yetishtirish faoliyati o'rganildi.

🔘Qibray tumani. Tumani hokimi boshchiligida o'tkazilgan yig'ilishda fermer va xo'jalik rahbarlarining majburiyat hamda vazifalarining to'liq bajarilmayotgani tanqidiy muhokama qilindi.

🔘Quyi Chirchiq tumani. "Chaqmoq" MFYda yashovchi fuqaro Shohida Ernazarova o'zini-o'zi band qilgan holda, 15 quti pilla qurti yetishtirmoqda.

🔘Yangiyo'l tumani. Tumanda dala maydonlaridagi zararkunandalarga qarshi kurashish yuzasidan seminar o'tkazildi.

🔘Yangiyo‘l shahri. Beruniy ko‘chasida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🔘Yuqori Chirchiq tumani. Tumanda 280 ta fermer xo‘jaliklari bilan 170 tonna va 155 ta kasanachi bilan 18 tonna pilla yetishtirish bo'yicha shartnomalar imzolandi.