QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.81K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi bilan, viloyatdagi tegishli jamgʻarmalarga mablagʻlar yoʻnaltirilishi belgilandi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 6 milliard 589 million 800 ming hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilayotgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga 2 milliard 824 million 200 ming soʻm miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Quyi Chirchiq tumanida Yoshlar markazi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tumanning "Navqiron" MFYda joylashgan 0,06 gektar davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni ajratildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Seminar

Energetika sohasida joriy etilgan “ijtimoiy norma”ni qanday tushunish kerak?

Xabaringiz bor, 2024-yil 16-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Bugun tuman hokimligida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish, bu borada kelib chiqadigan savollarga batafsil javob berilishini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” uchun seminar tashkil etildi.

Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov hamda tumanimizdagi tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan seminarda Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorining mazmun-mohiyati sharhlab berildi.


Batafsil. 👈👈👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#fotoreportaj

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limiga qarashli 1-sonli Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 25.07.2019-yil. 626-son “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida sog‘lom ovqatlantirish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, belgilangan sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga asoslangan holda, mavsumiy taomnoma bo‘yicha taomlarni tayyorlash jarayonining foto-lavhalari.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Jarayon

Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov hamda tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirokida tumanda tashkil etilgan Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlarini tasis etish uchun tashkil etililgan maxsus shtab faoliyati o'rganildi.

Ma’lumot uchun aholiga ijtimoiy norma miqdori elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha 200 kVt soatgacha, tabiiy gaz bo‘yicha mavsumiylik nuqtai nazaridan kelib chiqib, mart – oktyabr oylari uchun 100 kub metrgacha va noyabr-fevral oylari uchun 500 kub metrgacha o‘rnatiladi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook