QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.79K subscribers
26.4K photos
2.69K videos
18 files
8.44K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Jarayon

Bugungi kunda jamiyatimizda xotin-qizlarning mavqeini oshirish, ularni har tomonlama huquqlarini himoyalash, muammolarini eshitish va hal etishga qaratilgan ko'plab uchrashuvlar tashkil etilmoqda.

Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tumanida tuman oila va xotin-qizlar bo'limi bilan hamkorlikda ishsiz xotin-qizlarni bandligini ta'minlash, ularni pillachilikka jalb etish, umuman olganda, ularni har tomonlama qo'llab-quvvatlash masalalari yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.

Uchrashuvga boshchilik qilgan tuman xotin-qizlar bo'limi boshlig'i hokim movini F.Kamalova tadbirda ishtirok etgan 20 ga yaqin xotin qizlarning muammolarini o'rganib, ularni qiziqtirgan savollariga javob berdi va 10 dan ortiq ishsiz ayol, qizlar shu joyning o'zida ish bilan ta'minlandi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Forwarded from AOKB TOSHKENT vil
🟢Поранинг ҳар қандай шакли – коррупция иллати!

🟢Пора таклиф қилиш тўхтамас экан, пора олиш ҳам тугамайди.

🟢Ўзингизни ўзгартиринг. Порахўрликка йўқ денг!


Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Медиабанк | Сайт
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Besh_tashabbus_olimpiadasi

ENDIGI MANZIL — BO‘ZATOV!

⭕️ Quyi Chirchiq tumanidagi "Beruniy"  mahallasida "Besh tashabbus olimpiadasi"ning joriy yilgi mavsumi doirasida oʻtkazilayotgan “Boʻzatov FEST” Yoshlar ovozi tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

▶️Batafsil

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#FVV_maktab_hamkorligi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining 2024 yil 22-yanvardagi xati ijrosi yuzasidan , Quyi Chirchiq tumani Ixtisoslashtirilgan maktabida o‘quvchilarni favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda, kuchli zilzilalar va iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy va texnogen hususiyatli ofatlarda to‘g‘ri harakat qilishga tayyorlash tizimini rivojlantirish maqsadida Quyi Chirchiq tumani Favqulodda Vaziyatlar Bo‘limi bir guruh xodimlari ishtirokida mahsus o‘quv- taktik mashg‘uloti o‘tkazildi.

Tadbirda Quyi Chirchiq tumani FVB boshlig‘i o‘rinbosari, kapitan S.I.Boybo‘tayev, FVB tezkor bo‘linma boshlig‘i, mayor U.Ya.Jo‘rayev, maktab VRYOTBDO‘ Z.M.Israilovlar o‘quvchilarga zilzila va yong‘in holatlari kuzatilganda qanday harakatlanish lozimligi haqida tushunchalar berishdi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Hokim_farmoyishi

Toshkent viloyati hokimining farmoyishi bilan, viloyatdagi tegishli jamgʻarmalarga mablagʻlar yoʻnaltirilishi belgilandi.

Jumladan, Toshkent viloyati hokimligi huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamgʻarmasiga 6 milliard 589 million 800 ming hamda davlat va jamiyat ehtiyojlari uchun yer maydonlarini olib qoʻyilishi munosabati bilan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilayotgan zararlarni qoplash boʻyicha hududiy jamgʻarmaga 2 milliard 824 million 200 ming soʻm miqdordagi mablagʻlar yoʻnaltirildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
Президент Шавкат Мирзиёевнинг футбол бўйича Ўзбекистон ёшлар терма жамоасига табриги

Поздравление Президента Шавката Мирзиёева молодежной сборной команде Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#Hokim_qarori

Quyi Chirchiq tumanida Yoshlar markazi quriladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Tumanning "Navqiron" MFYda joylashgan 0,06 gektar davlat zaxirasidagi qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer maydoni ajratildi.

🌐Telegram| 🌐Website| 🌐YouTube| 📱Instagram| 📱Facebook| 📱Twitte‌‌|
#Seminar

Energetika sohasida joriy etilgan “ijtimoiy norma”ni qanday tushunish kerak?

Xabaringiz bor, 2024-yil 16-aprel kuni Vazirlar Mahkamasining “Yoqilg‘i-energetika sohasida bozor mexanizmlarini joriy etishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Bugun tuman hokimligida mazkur qarorning mazmun-mohiyatini keng aholi qatlamiga yetkazish, bu borada kelib chiqadigan savollarga batafsil javob berilishini ta’minlash maqsadida “mahalla yettiligi” uchun seminar tashkil etildi.

Quyi Chirchiq tuman hokimi A.Xolmuradov hamda tumanimizdagi tegishli tashkilotlarning rahbarlari ishtirok etgan seminarda Vazirlar Mahkamasining ushbu qarorining mazmun-mohiyati sharhlab berildi.


Batafsil. 👈👈👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook