QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
2.26K subscribers
30.7K photos
2.94K videos
20 files
9.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Ayni damda Toshkent viloyatida 2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida tashkil etilgan bayram tantanalari boshlandi.

Bugun Nurafshon shahridagi “Nurafshon biznes siti” dagi amfiteatrda boshlangan sayil barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Tadbirda viloyat sektorlari rahbarlari, davlat va jamoat tashkilotlari, nuroniylar, aholi vakillari mehmon boʻlmoqdalar.

Bayram tantanalari davomida viloyat teatri  jamoasi tomonidan Navroʻzga bagʻishlangan kompozitsiya va teatrlashtirilgan tomosha namoyish etiladi.

Tantanali marosimdan soʻng sayil boshlanadi. Taʼkidlash joiz, bayramona bezangan hudud bugun oʻzgacha fayz-tarovatga ega.

Bu yerda bolalar jamoalari, folklor-etnografik ansambllar, taniqli sanʼatkorlar, estrada xonandalari, yozuvchi va shoirlar, raqs jamoalari hamda askiya sanʼati ustalarining chiqishlari,  hunarmandchilik asarlari va  “Bahor neʼmatlari” koʻrgazmalari va yarmarkalari, “Sumalak” sayillari,  mahallalar yoshlari oʻrtasida milliy sport oʻyinlari musobaqalari, konsert-tomosha, madaniy koʻngilochar dasturlari tashkil etilmoqda.

Facebook

You tube

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
#Shukuh

Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev boshchiligidagi bir guruh viloyat faollari "Nurafshon business city"da boʼlib oʻtayotgan Navroʻz bayrami sayillari boʻylab kezdilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat Xoregrafiya akademiyasida tahsil oluvchi "Nurafshon mavjlari" ansambli raqqosa qizlari bilan suhbatlashdi. Ularning kelgusi rejalari va maqsadlari bilan qiziqdi va omadlar tiladi.

Ansamblning raqqosa qizlari tomonidan doira raqsi namoyish qilindi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!”

Ayni damda Toshkent viloyatida 2024-yilgi Navroʻz umumxalq bayrami “Olam nurga toʻlsin sen bilan, Navroʻz!” degan bosh gʻoya asosida umumxalq sayillari shaklida tashkil etilgan bayram tantanalari boshlandi.

Bugun Nurafshon shahridagi “Nurafshon biznes siti” dagi amfiteatrda boshlangan sayil barchaga bayramona kayfiyat ulashmoqda.

Tantanali marosimdan soʻng sayil boshlanadi.
Taʼkidlash joiz, ushbu tadbirda Quyi Chirchiq tumani bayramona bezagan hududi ila oʻzgacha fayz-tarovati bilan qatnashmoqda.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#LIVE

Bayram tantanalaridan fotolavhalar

Eslatib oʻtamiz, bayram tantanalarini viloyat hokimligi Axborot xizmatining FACEBOOK va YOU TUBE tarmoqlari orqali kuzatib borishingiz mumkin

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter