QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.78K subscribers
26.5K photos
2.69K videos
18 files
8.47K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#eng_yaxshi_maktab

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi tuman bosqichi har yili ingliz, nemis, fransuz tili xorijiy tillarni o‘qitiladigan maktablar o‘rtasida nizom asosida o‘tkazilishi belgilangan.

2024-yil 26-fevral kuni Quyi Chirchiq tumani 10-umumiy o‘rta ta'lim maktabida tuman maktablarining 7-9 sinf o‘quvchilari ishtirokida 27 ta maktab jamoalari "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining tuman bosqichida o'zaro bellashib,
1️⃣-o'rinni 5-maktab 100 000 000 so'm.
2️⃣-o'rinni 25-maktab 75 000 000 so'm.
3️⃣-o'rinni 27-maktab 50 000 000 so'm mablag'larini qo'lga kiritishdi.

Shuningdek viloyat bosqichiga yo'llanmani ham qo'lga kiritishdi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sessiya
#TV_NIGOH

Oltinchi chaqiriq Xalq deputatlari Quyi Chirchiq tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi bo'lib o'tdi.

  Sessiya ishida  sektor rahbarlari, tuman Kengashiga saylangan deputatlar, siyosiy partiya rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiya kun tartibiga 4 ta masala kiritildi
.

Manba: Nurafshon TV

Batafsil.  👈

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Президент Шавкат Мирзиёевга Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Хавфсизлик кенгашининг кенгайтирилган йиғилишида берилган топшириқлар ижроси юзасидан ахборот берилди.

Президенту Шавкату Мирзиёеву доложено о ходе исполнения поручений, данных на расширенном заседании Совета безопасности при Президенте Республики Узбекистан.

#Mirziyoyev #hisobot #xavfsizlik #mudofaa

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
“Zakovat” bilimdonlar о‘yini

О‘zagroinspeksiya rahbarining tashabbussi bilan Toshkent viloyati boshqarmasida 15 ta tuman bо‘lim mutaxassislari ishtirokida “Zakovat” intellektual о‘yini tashkil etildi.

  Qiziqarli va kо‘tarinki ruhda о‘tkazilgan o'yinda
hakamlar hay’ati raisi va hakamlar hay’ati a'zolari tomonidan 1-о‘rinni Quyi Chirchiq tumani,
2-о‘rin Oqqо‘rg‘on tumani hamda
3-о‘rin Parkent tumanlari   ishtirokchilari g‘olib deb topildi.

  Inspeksiyaning Toshkent viloyati boshqaramasi boshlig‘i tomonidan birinchi darajali ikkinchi darajali uchinchi darajali diplomlar va boshqa sovg‘alar bilan ishtirokchilar taqdirlandi.

Eslatib o'tamiz birinchi bosqichda g‘olib bо‘lgan Inspeksiyaning Quyi Chirchiq tuman bо‘lim ishtirokchilari 28-fevral kuni Toshkent shahrida о‘tkaziladigan “Zakovat” intellektual о‘yinida qatnashishadi.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Statistika

Quyi Chirchiq tumanida qurilish ishlari bajarilishi statistik raqamlarda.

2024-yilning yanvar oyida Quyi Chirchiq tumanida jami 27,0 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarildi.

Shu jumladan: kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 18,7 mlrd. so‘mlik va norasmiy sektor tomonidan 8,3 mlrd. so‘mlik qurilish ishlari bajarilgan.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Statistika

Quyi Chirchiq tumanida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi qanchaga yetdi?

2024-yilning yanvar oyida Quyi Chirchiq tumanida ko‘rsatilgan xizmatlarning hajmi 54,6 mlrd. so‘mga yetdi.

O‘tgan yilning shu davriga nisbatan o‘sish sur’ati 112,6 %ni tashkil etdi.

Aholi jon boshiga ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 474,7 ming. so‘m miqdorida qayd etildi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Statistika

Quyi Chirchiq tumanida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi

2024-yilning yanvar oyida Quyi Chirchiq tumanida 82,2 mlrd. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo‘lib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 113,1 %ni tashkil etdi.

Viloyat bo‘yicha jami sanoat mahsulotlari hajmida hududning ulushi 1,1%ni tashkil qildi.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari hajmi 714,3 ming. so‘mga yetdi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Statistika

   Quyi Chirchiq tumanida yanvar oyida chakana savdo tovar aylanmasi qanchaga yetdi?

   2024- yil yanvar oyida Quyi Chirchiq tumanida chakana savdo aylanmasi hajmi 32,4 mlrd. so‘mni va oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 114,6 %ni tashkil etdi.

  Shu jumladan:yirik korxonalar savdo aylanmasi 1,8 mlrd. so‘mga, kichik biznes va  xususiy tadbirkorlik savdo aylanmasi 30,6 mlrd. so‘mni tashkil etdi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Statistika

   Quyi Chirchiq tumanida qishloq xo‘jaligi mahsulotlar umumiy hajmi qancha?

2023- yilda Quyi Chirchiq tumanida qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligi mahsulot (xizmat)larining umumiy hajmi 2 261,7 mlrd. so‘mni yoki 2022- yilda 103,9 %ni tashkil qildi.

   Xo‘jalik toifalari bo‘yicha tahlillar, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari umumiy hajmining 2,1 % fermer xo‘jaliklariga, 48,0 % dehqon xo‘jaliklariga va 49,9 % qishloq xo‘jaligi faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlarga to‘g‘ri keladi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
Favqulodda vaziyatlar vazirligining respublika aholisi hamda tashkilot, korxona va muassasalar rahbarlariga

M U R O J A A T N O M A S I

Aziz fuqarolar! Tabiiyki, havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilg‘ida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yong‘inlar sodir bo‘lishi mumkin.
Bunday holatlarga tushmaslik uchun uy-joy sektorlari, ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlaridagi gaz, elektr va boshqa yoqilg‘ida ishlovchi isitish moslamalarini soz hamda shay holatga keltirish choralarini mavsum boshlanishidan avval amalga oshirish zarur. Batafsil...

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Hokim_qarori

2024-2025-yillarda paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish uchun Quyi Chirchiq tumanida subsidiya ajratish tajribasi oʻtkaziladi.

Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, paxta maydonlarida tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirish boʻyicha chora-tadbirlar olib boriladi.

Joriy yil 1-avgustga qadar har bir yerdan foydalanuvchilar uchun undirivga yoʻl qoʻyilmaydigan maxsus maqsadli hisobvaraqlar ochilib, hisobvaraqdan 2025-yilning 31-dekabriga qadar vaqtincha foydalanilishi belgilandi.

Paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish boʻyicha agrotexnika tadbirlari monitoring qilib boriladi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Besh tashabbus olimpiadasi” loyihalarida ishtirok etish uchun 5tashabbus.uz sayti orqali elektron ro‘yxatdan o‘tishda qandaydir muammo bo‘lsa 95 340 50 40 nomeriga murojaat qilishingiz mumkin.

Maqsadimiz Sizga imkon qadar amaliy yordam berish.

Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook
#Jarayon

Obod xonadon, obod ko‘cha, obod mahalla dasturi doirasida Quyi Chirchiq tumani 3-sektor xududida joylashgan Ming Chinor mahalla fuqarolar yig‘inida tuman hokimi A.Xolmuradov boshchiligida sektor rahbarlari bilan mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida olib borilayotgan ishlar holati o'rganildi.

O'rganish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas'ullarga topshirqlar berib o'tildi.


Bizning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimiz: Kanalga ulanish👇

📱Telegram  🌐WebSayt   🌐YouTube 📱 Instagram 📱 Facebook