QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.79K subscribers
26.4K photos
2.69K videos
18 files
8.45K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#Birinchi_qo'ng'iroq

Joriy yilning 4-sentabr kuni tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari hamda sinflarda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

🔔Xususan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham ushbu tadbir o'tkazildi.

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi A.Xolmuradov ishtirok etib, yangi o'quv yili bilan o'quvchilarni qutladi.

⚡️ So'ngra barcha o'quvchilar o'z sinf xonalariga yangi o'quv yilini boshlash uchun hozirlanishdi. O'quvchilar uchun tashkil etilgan mustaqillik darslarida tuman hokimini ishtiroki esa bilimdonlarga o'zgacha iftihor tuyg'usini bag'ishladi.


🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#birinchi_qoʻngʻiroq

Yurtimizdagi barcha maktablarda birinchi qoʻngʻiroq sadolari yangradi

Toshkent viloyatidagi 887 ta umumtaʼlim maktabida 515 ming 541 nafar oʻquvchi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbiri bilan darslarni boshlashdi.

Joriy oʻquv yilida 57 ming 77 nafar bolajonlar 1-sinfga qadam qoʻyishdi. Ularga Prezident sovgʻalari, oʻquvchiga mos sumka va 12 turdagi oʻquv qurollari tantanali ravishda topshirildi

Xususan, Olmaliq shahrining 16-umumtaʼlim maktabida boʻlgan viloyat hokimi Zoyir Mirzayev ham taʼlim dargohiga ilk qadamini qoʻygan bolajonlarga Prezident sovgʻalarini taqdim etdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Quyi Chirchiq tumani 4-sektor hudida joylashgan 46-sonli umumta’lim maktabiga 240 o'rinli qo'shimcha bino qurilib foydalanishga topshirildi.

Bugun maktab ostonasiga ilk qadamini qo‘yayotgan 1sinf o‘quvchilarining shodliklari cheksiz.

Maktabda «Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!» shiori ostida bo'lib o'tgan «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri xush kayfiyatda o'tkazildi.

Mustaqilligimizning 32-yillik bayrami hamda «Birinchi qo‘ng‘iroq» tadbiri bilan tabriklash jarayonida yurtimizda so‘nggi yillarda erishilgan yutuqlar, amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, ta’lim tizimidagi islohotlar to‘g‘risida ma’lumotlar keltirildi.

Tadbirni Tuman Soliq inspeksiyasi boshlig‘i 4-sektor rahbari A.Tillayev ochib berdi va Prezident sovg‘alarini o'z egalariga topshirdi.


🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#salom_maktab

Viloyatdagi “Birinchi qoʻngʻiroq” tadbirlarida senatorlar, sektor rahbarlari hamda davlat idora-tashkilotlarining masʼullari ishtirok etishdi.

“Mustaqillik darslari”da yurtimizda soʻnggi yillarda erishilgan yutuqlar, taʼlim sohasidagi oʻzgarish va yangiliklar, yoshlar uchun yaratilayotgan qulayliklar, shart-sharoitlar haqida oʻquvchilarga soʻzlab berildi.

Jumladan, Parkent tumanining 46-maktabida boʻlgan Oʻzbekiston xalq shoiri, senator Mahmud Toir ham oʻquvchilarga “Mustaqillik darsi”ni oʻtib berdi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM