QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.82K subscribers
26.3K photos
2.68K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Quyi Chirchiq tumani prokurori B.B.Satvaldiyev va Departamentning tuman bo'limi boshlig'i K.Djamalov boshchiligida tuman markazidagi dexkon bozorida tashkil etilgan arzonlashtirilgan oziq-ovqat hamda maktab o‘quv qurollari yarmarkasi holatini o‘rganildi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
MUSTAQILLIK BAYRAMI MUNOSABATI BILAN QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMI XOLMURADOV AKMAL ARSLANOVICHNING BAYRAM TABRIGI

«Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!»

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar, qadrli yurtdoshlar!

Avvalambor, bugungi quvonchli ayyomda butun tumanimiz ahlini Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman.
O‘tgan qisqa davrda jonajon O‘zbekistonimiz mashaqqatli, shu bilan birga, sharafli istiqlol yo‘lini bosib o‘tdi.
Ayniqsa, so‘nggi yillar mobaynida Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan islohotlar mamlakatimizning butun dunyoga ochilishi uchun barcha sharoitlarni yaratmoqda. Jahon ham o‘z o‘rnida, O‘zbekistonga yuz tutmoqda.

Aziz tumanimiz ahli, hurmatli yurtdoshlar!

Bu yil yurtimizda Vatanimiz Mustaqilligining 32 yilligi «Yangi hayot uchun Yangi O‘zbekiston uchun!» degan shior asosida nishonlanmoqda.

Shunday ekan Siz, azizlarni ushbu mustaqilligimizning 32 yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman!
Barchangizga sihat-salomatlik va oilaviy baxt tilayman!

Aziz tumandoshlar!

Mustaqilligimizning 32 yilligi har bir oilaga, har bir xonadonga qut-baraka, baxt va omad olib kelsin!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin, bayram barchamizga muborak bo‘lsin!


🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Investitsiya

Joriy yilning 1-sentyabr kuni Quyi Chirchiq tumaniga Xitoy Respublikasidan tadbirkorlik istagida bo'lgan investorlar tashrif buyurishdi.
Tashrifning asosiy maqsadi qo‘shimcha investitsiya kiritish hamda yangi ish o‘rinlari yaratishdan iborat.
Tashrif davomida tumanda faoliyat olib borayotgan Xitoy korxonlari faoliyati bilan tanishishdi.

Jumladan 1-sektor hudida joylashgan Jumag‘ul MFYda ishga tushirilgan umumiy qiymati 4,0 mln.dollarlik moshni qayta ishlashga ixtisoslashgan "GRAIN” korxonasiga borildi.
Shundan so'ng mexmonlar tuman hokimligi binosida bo'lishdi.

Tuman hokimi A. Xolmuradov raxbarligida Xitoylik tadbirkorlar bilan birgalikda foydali bitimlar tuzish xaqida muzokara olibborildi.
Maskur muzokara davomida qit'adoshlarimiz ikki tomonga foydali bo'lgan takliflarini bildirib o'tishdi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Birinchi_qo'ng'iroq

Joriy yilning 4-sentabr kuni tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablarida “Yangi hayot uchun, yangi O‘zbekiston uchun!” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbirlari hamda sinflarda “Mustaqillik darslari” tashkil etildi.

🔔Xususan Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Quyi Chirchiq tumani ixtisoslashtirilgan maktabida ham ushbu tadbir o'tkazildi.

Ko'tarinki ruhda o'tkazilgan tadbirda tuman hokimi A.Xolmuradov ishtirok etib, yangi o'quv yili bilan o'quvchilarni qutladi.

⚡️ So'ngra barcha o'quvchilar o'z sinf xonalariga yangi o'quv yilini boshlash uchun hozirlanishdi. O'quvchilar uchun tashkil etilgan mustaqillik darslarida tuman hokimini ishtiroki esa bilimdonlarga o'zgacha iftihor tuyg'usini bag'ishladi.


🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

Kanalga ulanish 👇👇👇👇👇👇
https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa