QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.77K subscribers
27.2K photos
2.72K videos
18 files
8.61K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
Forwarded from Huquqiy axborot | Lotin
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️“Tovar to'g'risida ma'lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi

“Ma'muriy islohotlar doirasida raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident farmoni (Pf–108-son, 06.07.2023 y.) qabul qilindi

🔰Farmonga ko'ra, Raqobatni rivojlantirish va iste'molchilar huquqlarini himoya qilish qo'mitasi monopoliyaga qarshi respublika organi bo'lib, o'z faoliyatida Prezidentga va Senatga hisobdor hisoblanadi.

🗓 2023 yil 1 oktabrdan:

🔹eksklyuziv huquqlar berilgan xo'jalik yurituvchi subyektlarning reestri (ro'yxati) joriy etiladi;

🔹Raqobat qo'mitasi bitim shartlarini, tovarlar realizasiya qilinadigan hududni va narxni belgilashga bir tomonlama ta'sir ko'rsatish imkoniyatiga (ustun muzokara kuchiga) ega bo'lgan subyektlarni aniqlaydi va ular tomonidan ustun muzokara kuchini suiiste'mol qilishni taqiqlaydi;

🔹raqobatga qarshi kelishuvni tuzgan yoki o'zaro muvofiqlashtirilgan harakatni sodir etgan yuridik yoki jismoniy shaxs bu haqda Raqobat qo'mitasiga birinchi bo'lib ixtiyoriy ravishda xabar qilsa, u raqobat to'g'risidagi qonun hujjatlarida belgilangan javobgarlikdan ozod etiladi.

📁Shuningdek, “Biz sizni eshitamiz” loyihasi joriy qilinadi.

2023 yil 1 oktabrgacha Raqobat qo'mitasi tizimida korrupsiya holatlariga yo'l qo'ymaslik, ularga oldindan “tashxis qo'yish” va korrupsiyani keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan omillarni aniqlash va bartaraf etish bo'yicha ta'sirchan mexanizmlar ishlab chiqiladi.

📲 2023 yil 20 dekabrgacha iste'molchilarga mamlakat iste'mol bozorida muomalada bo'lgan tovarlar (ishlar va xizmatlar) to'g'risida ma'lumotlarni onlayn tarzda olish imkoniyatini beruvchi “Tovar to'g'risida ma'lumot” axborot tizimi va mobil ilovasi ishlab chiqiladi.

➡️ 2025 yil 1 yanvargacha Raqobat qo'mitasining tabiiy monopoliya subyektlarining tariflarini tartibga solish va nazorat qilish funksiyalari bosqichma-bosqich tashkil etiladigan mustaqil bozor regulyatorlariga o'tkaziladi.

Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot_lotin
#Эксперт_минбари

«ЖИМЛИК КУНИ» сайловнинг қонуний ва адолатли ўтишида қандай ўрин тутади?

🔰Жорий йил 9 июль куни бўлиб ўтадиган Ўзбекистон Республикаси Президенти сайлови давлатимиз ва халқимиз ҳаётида муҳим ўрин тутади. Биз сайлов жараёнларини кузатар эканмиз, у бир нечта босқичлардан иборат эканини кўриш мумкин.

📂Аниқроқ айтганда, Сайлов кодексининг 44-моддасига кўра, сайловолди ташвиқоти Марказий сайлов комиссияси томонидан Ўзбекистон Республикаси Президентлигига номзодларни рўйхатга олиш учун белгиланган охирги куннинг эртасидан эътиборан бошланади ва овоз беришга бир кун қолганида тугайди.

‼️Сайлов куни (9 июль) ва овоз беришга бир кун қолганида (8 июль) бундай ташвиқотга йўл қўйилмайди.

🔗 Батафсил

✍️ Хушвақт Хайитов,
Ўзбекистон Республикаси Президенти ҳузуридаги Давлат бошқаруви академияси кафедра мудири, юридик фанлари доктори, профессор

@olimlar_minbari
“Dolzarb 30 kun”

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 5 iyul kunidagi tegishli farmoyishiga muvofiq joriy yilning 10 iyul kunidan  10 avgust kuniga qadar respublikamiz hududida “Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ”Dolzarb 30 kun“ tadbiri o‘tkaziladi.

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari!

Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 5-iyuldagi 418-F-son Farmoyishi talablariga muvofiq, 2023-yil 10-iyul – 10-avgust kunlari respublika hududida shu jumladan Andijon viloyatida "Yongʻin xavfsizligini taʼminlash boʻyicha "Dolzarb 30 kun" tadbirlari o'tkaziladi.

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Quyi Chirchiq tuman bo'limi tadbirda faol ishtirok etishingizni so'raydi.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#kadastr

Toshkent viloyatida 2023-yilda 34 mlrd. lik yer uchastkalari sotilgan

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy

Tayinlov

Ergashev Sardorbek Kadirovich Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.


S. Ergashev 1986-yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. Ma’lumoti – oliy. 2011-yilda Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent tumani hokimining moliya-iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari – Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish boʻlimi boshligʻi lavozimida faoliyat yuritayotgan edi.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from ××××
#Saylov_2023

Erta tongdan tumanimizdagi "O'jakent" mahallasida joylashgan 953-saylov uchastkasida ovoz berish jarayoni davom etmoqda.

https://t.iss.one/erkinsozz
Forwarded from ××××
#Saylov_2023
#Ilk_bor_ovoz_beraman

Tumanimizdagi "Mashrab" mahallasida ilk bor ovoz berayotgan yoshlar juda faol. Ularga yoshlar yetakchisi tomonidan kitob taqdim etilmoqda.

https://t.iss.one/erkinsozz
Toshkent viloyati hokimi Zoir Mirzayev prezidentlik saylovida turmush o‘rtog‘i va nabirasi bilan birga ishtirok etdi

Viloyat hokimi Nurafshon shahridagi 7-saylov uchastkasida bo‘lib, fuqarolik huquqidan foydalangan.

@daryo_live
Forwarded from ××××
#Saylov_jarayoni
#979_Saylov_uchastkasi

Quyi Chirchiq tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Shadmanov Abdusamad Usmonovich oilasi bilan saylovda faol qatnashdi.

"Oʻz Prezidentimni oʻzim saylayman" shiori bilan ,Shadmanov Abdusamad Usmonovich Yangi O'zbekiston va o'sib kelayotgan yoshlar kelajagiga katta ishonch bildirib, Madaniyat mahalla fuqarolar yig'inida istiqomat qiluvchi hamma mahalladoshlarini oilasi bilan birgalikda saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.

https://t.iss.one/erkinsozz
Forwarded from ××××
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Saylov_2023

"To'qboy" mahallasida istiqomat qiluvchi Xolboyevlar oilasi ham bugungi jarayonda ishtirok etdilar.

https://t.iss.one/erkinsozz