QUYI CHIRCHIQ TUMAN HOKIMLIGI AXBOROT XIZMATI.
1.81K subscribers
26.3K photos
2.69K videos
18 files
8.43K links
Toshkent viloyati Quyi Chirchiq tuman hokimligi axborot xizmati rasmiy kanali.
Download Telegram
#yoshlar_kuni

Bayram munosabati bilan 19-iyun kuni tumanda 5 ta muhim tashabbus doirasida o'tkazilgan tanlov va musobaqalar g'oliblari diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#yoshlar_kuni

Bayramona kayfiyat bilan davom etayotgan konsert dasturida tuman Madaniyat va turizm bo'limi xodimlari tomonidan kuy va qo'shiqlar faqat yoshlar uchun yangramoqda.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#yoshlar_kuni

Bolajonlar uchun tashkil etilgan turli xil o'yingohlar va ko'ngilochar dasturlar ularga olam-olam zavq bag'ishlamoqda. Konsert dasturiga siz ham farzandlaringizni olib keldingizmi? Labbay? Unda shoshiling. Bayram davom etmoqda.

🖌 Quyi Chirchiq tuman hokimligi  Axborot xizmati.

https://t.iss.one/quyi_chirchiq_pressa
#Ziyorat

TOSHKENT VILOYATI HOJILARI HAJ AMALINI ADO ETDILAR

Bu yilgi haj mavsumida oʻzbekistonlik hojilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarga butun dunyo musulmonlarining havasi keldi.

Gap shundaki, yurtdoshlarimiz uchun barcha imkoniyatlar ishga solingan, hammasi hojilar manfaatiga xizmat qiladigan, barcha sharoit yaratilgan joylarda ibodat qilishdi.

Xusuman, Toshkent viloyati hojilari ham zulhijja oyining sakkizinchi kunida haj amallarini bajarishga kirishib, oppoq ehromlarini bogʻlagan holda “labbayka” aytib, Mino vodiysi tomon yoʻl oldilar. Niyat bilan ehromga kirish, Arafotda turish va Baytullohni tavof qilish hajning farzlari sanaladi.

Bu yil Arafot va Muzdalifa Mino vodiylarida ham keng va qulay joylar hozirlashga erishildi va hojilarimizni haj amallarini mukammal ado etishiga asos boʻldi.

Yurtimiz ziyoratchilari arafa kuni erta tongdan hajning yana bir farzini bajarish maqsadida Arafot tomon yoʻl oldilar.

Hojilarimiz Arafot vodiysiga chiqqanlarida Allohdan, avvalo, oʻzlarining gunohlarini magʻfirat qilishni, dillariga tugib qoʻygan niyatlarini, yurtimizni samoviy, aroziy balolardan saqlashini soʻrab, chin dildan duolar qilishdi.

Hojilarimiz Arafot vodiysida kun botgunga qadar duo-yu tazarrularda boʻlib, Muzdalifa vodiysi tomon yoʻl oldilar. Ular Qurbon hayitining uchinchi kuniga qadar muborak joylarda toat-ibodatda bardavom boʻldilar, hajning shaytonga tosh otish, tavofi ifoza, qurbonlik qilish kabi qolgan ruknlarini ham toʻliq ado etdilar.

🌐Telegram 🌐Website 🌐YouTube 📱Instagram 📱Facebook 📱Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM