Salıq xızmeti xabarları
3.42K subscribers
9.98K photos
2.56K videos
182 files
8.51K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#kino

"Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali va "Farovonlik garovi" hujjatli filmi premyerasi o‘tkazildi

🎬 Kinematografiya agentligi tomonidan Soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda 5 qismdan iborat "Qora tuynuk sxemasi" kinoseriali hamda "Farovonlik garovi" hujjatli filmi suratga olindi.

🎞 Bugun Soliq qo‘mitasida soha xodimlarining yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish yo‘lidagi mashaqqatli mehnati, tizimda so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar aks etgan mazkur kinokartinalarning premyerasi o‘tkazildi.

📽 Unda kinoijodkorlar suratga olish jarayoni, gavdalantirgan obrazlari va filmning g'oyaviy ahamiyati haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

Filmlarni suratga olishda qo‘llab-quvvatlagani uchun Sherzod Kudbiyevga, yaqindan yordam bergan soha xodimlari hamda tadbirkorlarga minnatdorlik bildiramiz!

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#onlayn_NKM

Marketpleyslar va elektron to'lov tizimlari bilan ishlaydigan vositachi (komissioner) hisobotlarni qanday shakllantiradi

Tovar (xizmat)lar realizatsiyasi bo‘yicha aylanmani komitent hisobotida aks ettirish uchun vositachi cheklarda komitentning STIRini ko‘rsatishi kerak.

Buning uchun komitent soliq to‘lovchining my.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabineti orqali o‘z vositachilari ro‘yxatini shakllantirishi kerak.
👉Bu qanday amalga oshiriladi?

❗️Agar komitent shaxsiy kabinetga vositachilari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni kiritmasa va vositachi (sub vositachi) onlayn-NKTning chekida komitent STIRini ko‘rsatmasa, u holda vositachi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning umumiy summasi vositachi soliq bazasida xato tarzda aks etadi.

Komitentlar vositachilarining onlayn-NKT cheki ma’lumotlarini monitoring qilib borishi va ulardagi xatolarni mustaqil ravishda tuzatishi mumkin.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#bu_muhim

Elektron hisobvaraq-fakturalarning soliq to‘lovchilar uchun afzalliklari:

An’anaviy hisobvaraq-fakturalarni qog‘ozda tayyorlashda sarflanadigan moddiy va inson resurslarini tejash;

Hisobvaraq-fakturalarni qulay va oson yuritish;

Hisobvaraq-fakturalarda QQS hisoblash bilan bog‘liq xatoliklarni oldini olish;

QQS bilan bog‘liq xisobotlarni yuborish jarayonini avtomatlashtirish.

👉elektron hisobvaraq-fakturani rasmiylashtirish jarayonida soliq to‘lovchi kontragentining (QQS to‘lovchisi bo‘lganda) QQS guvohnomasi holati, QQS uzilishi koeffitsientini ko‘rish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu esa soliq to‘lovchiga ushbu kontragent bilan kelgusida hamkorlik qilish masalasini kzrib chiqish imkonini beradi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#sıyasıy_aǵartıwshılıq_saatı

🏢 Búgin Qaraqalpaqstan Respublikası mámleketlik salıq basqarması xızmetkerleri ushın náwbettegi «Sıyasıy aǵartıwshılıq saatı» ótkerildi.

📌 Sıyasıy aǵartıwshılıq saatı dawamında jańalanıp atırǵan Konstituciya - elimiz hám xalqımızdıń párawan turmısı ushın bekem huqıqıy tiykar, sonday-aq Ózbekstan hám sırt el mámleketlerinde júz bergen áhmiyetli waqıyalar haqqında maǵlıwmat berildi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
♻️Qoraqalpoǵıston Respublikasi soliq boshqarmasi Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari tomonidan barcha hududiy soliq inspeksiyalarida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbati o‘tkazilmoqda.

🔰Bugun Nukus tumani soliq inspeksiyasida ham Shaxsiy xavfsizlik bo'limi mas’ul xodimlari va tuman inspeksiyasi xodimlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

🔹Tadbirda korrupsiya va ta’magirlikning salbiy oqibatlari haqida so‘z bordi. Xodimlar faoliyati davomida nafaqat tizimning sha’niga dog‘ tushirmasliklari, balki oilasining obro‘sini, farzandlarining kelajagini ham o‘ylashlari lozimligi uqtirib o‘tildi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
Hashar-elga yarashar!

🌺Navro‘z umumxalq bayrami hamda Ramazon oyi arafasida “Obod va fayzli mahalla – yurt ko‘rki” shiori ostida Qoraqalpog'iston Respublikasi soliq boshqarmasida hashar uyushtirildi.

🔰Tadbirda boshqarma xodimlari ertalabdan faollik ko‘rsatib, yuqori kayfiyatda uyushqoqlik bilan ishtirok etdilar.

Hasharda boshqarma binosi atrofi supurilib, saranjom-sarishta holga keltirildi, ariqlar tozalandi, atrof turli chiqindilardan holi etildi.

🌱Xayrli ishlar davomida boshqarma hovlisiga turli gul ko'chatlari ham o'tkazildi.

‼️Hashar tadbirlari hududiy soliq inspeksiyalarida ham davom etmoqda.