Salıq xızmeti xabarları
3.15K subscribers
8.72K photos
2.17K videos
167 files
7.52K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#raqamli_markirovka

Mahsulotlarni majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun qanday javobgarlik nazarda tutilgan?

Majburiy raqamli markirovkalash qoidalarini buzgan tadbirkorlik subyektlariga nisbatan choralar qo‘llash normalari O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-martdagi O‘RQ-758-son Qonuni bilan quyidagi hujjatlarga kiritilgan:

👉Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi, 166-moddasi 4-qismi.

Majburiy raqamli markirovkalanishi belgilangan tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar va import qiluvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash qoidalari buzilishi ushbu korxonalarni mansabdor shaxslarga BHMning 100 baravari (27,0 mln so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

👉Soliq kodeksi, 227(1)-modda

Tovarlarni (mahsulotlarni) ishlab chiqaruvchilar, import qiluvchilar va sotuvchilar tomonidan identifikatsiya vositalari orqali majburiy raqamli markirovkalash bo‘yicha qonunchilikda belgilangan talablar yoki tartib buzilishi oxirgi hisobot choragida ushbu mahsulotlar realizatsiyasidan olingan sof tushum miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.

Yuqoridagi normalar Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran alkogol, tamaki va pivo mahsulotlari uchun 3 oy o‘tgach, boshqa mahsulotlar uchun 6 oy o‘tgach kuchga kiradi.
__________
#цифровая_маркировка

Какая ответственность предусмотрена за нарушение правил обязательной цифровой маркировки продукции?

Законом Республики Узбекистан (№ЗРУ-758 от 11.03.2022) в нижеследующие документы внесены нормы применения мер в отношении субъектов предпринимательства, нарушающих правила обязательной цифровой маркировки:

👉 ч.4 ст.166 Кодекса об административной ответственности

Нарушение правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации производителями и импортерами, для которых законодательством установлена обязательная цифровая маркировка, - влечет наложение штрафа на должностных лиц в размере 100 БРВ (27 млн сумов).

👉ст.227(1) Налогового кодекса

Нарушение производителями, импортерами и продавцами правил обязательной цифровой маркировки товаров (продукции) средствами идентификации влечет наложение штрафа в размере чистой выручки, полученной в последнем отчетном квартале, в котором имела место реализация.

Вышеперечисленные нормы для алкогольной, табачной продукции и пива вступают в силу по истечении 3 месяцев со дня официального опубликования Закона, для другой продукции - по истечении 6 месяцев.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#raqamli_markirovka

Hammasi raqamli markirovka haqida

2021-yil 1-yanvardan
tamaki va alkogol mahsulotlarini majburiy markirovkalash joriy etildi.

2021-yil 1-apreldan boshlab pivo mahsulotlari markirovkalanmoqda.

2022-yil 15-apreldan maishiy texnika vositalarini (changyutgich, kir yuvish mashinasi, sovitkich va muzlatkich, televizor va monitor) majburiy raqamli markirovkalash boshlandi.

2022-yil 1-avgustdan ikkinchi guruh tovarlari – maishiy gaz plitasi, oshxona dudburoni, duxovka va pechka, mikrotoʻlqinli pech, dazmol, suv isitkichlar markirovkalanadi;

2022-yil 1-sentabrdan dori vositalari va tibbiy buyumlarni majburiy raqamli markirovkalash joriy etiladi.
👉Veterinariya preparatlari markirovkalanadimi?

❗️2022-yil 1-yanvardan raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari shtrix-kodlar va raqamli markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni va aniqlashni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan (2D-skanerlar, ma’lumotlarni yig‘uvchi terminallar yoki boshqa turdagi maxsus qurilmalar) foydalanishi lozim.
👉Raqamli markirovka kodlarini o'qish qurilmalarni sotib olganlik uchun imtiyozlar

2022-yil 13-iyundan alkogol, tamaki mahsulotlari va pivo uchun raqamli markirovkalash qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchga kirdi.
2022-yil 12-sentabrdan boshlab boshqa mahsulotlar uchun ham javobgarlik choralarini ko‘rish normalari kuchga kiradi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram