#kameral_soliq_tekshiruvi
Kameral soliq tekshiruvi quyidagi hollarda o‘tkaziladi:
🔹tahlika-tahlil dasturi ma’lumotlari asosida soliq qonunchiligi buzilishi sodir etilganligi xavfi mavjud bo‘lganda;
🔹soliq to‘lovchi taqdim etgan soliq hisobotida tafovutlar yoki xatolar aniqlanganda;
🔹soliq qonunchiligi talablarining buzilish holati haqida jismoniy yoki yuridik shaxsning murojaati soliq organiga tushganda;
🔹oldin taqdim etilgan soliq hisobotiga nisbatan soliq summasini kamaytiradigan yoki ko‘rilgan zarar summasini ko‘paytiradigan aniqlashtirilgan soliq hisoboti taqdim etilganda.
Kameral soliq tekshiruvi soliq organi buyrug‘i asosida o‘tkaziladi.
Tekshiruv da’vo muddati (5 yil) tugamagan soliq davrlariga nisbatan amalga oshirilishi mumkin.
Kameral soliq tekshiruvining umumiy muddati 60 kundan oshishi mumkin emas.
Tekshiruv davomida soliq organi soliq to‘lovchidan quyidagilarni talab qilib olishga haqli:
🔸hisobga olish hujjatlarini;
🔸taqdim etilgan soliq hisobotiga va hisobga olish hujjatlariga doir tushuntirishlarni;
🔸soliq hamda yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash bilan bog‘liq boshqa axborotni.
Kameral soliq tekshiruvi natijalari bo‘yicha xulosa tuziladi. Agar soliq hisobotidagi tafovutlar yoki xatolar aniqlansa, soliq organi 2 kun muddatda soliq to‘lovchiga aniqlangan tafovutlarni bartaraf etish to‘g‘risida talabnoma yuboradi.
Soliq to‘lovchi ko‘rsatilgan xabarnomani olgan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda aniqlashtirilgan soliq hisobotini yoki aniqlangan tafovutlarning asosnomasini taqdim etishi shart.
Agar kameral soliq tekshiruvi o'tkazish chog'ida soliq to‘lovchi tomonidan soliqqa oid huquqbuzarlik sodir etilganligi aniqlansa, soliq qonunchiligi buzilganligi holatlarini qayd etuvchi dalolatnoma tuziladi. Soliqqa oid huquqbuzarlik to‘g‘risidagi dalolatnoma va kameral soliq tekshiruvining boshqa materiallari ko‘rib chiqilganidan keyin natijalari bo‘yicha qo‘shimcha soliqlar va penya hisoblash yoki ularni rad etishni nazarda tutuvchi qaror qabul qilinadi. Qaror, ikki kun ichida soliq to'lovchiga yuboriladi.
Soliq organining kameral soliq tekshiruvi natijasida qabul qilingan qarori ustidan yuqori turuvchi soliq organiga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
👉VMQ 1-son 2-ilova 07.01.2021-yil
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram