#hashar
Davlat soliq xizmati xodimlari umumxalq xayriya hasharida ishtirok etdi
Obod yurtning fayzi, tarovati o‘zgacha bo‘ladi. Zotan, ozodalik, poklik, saranjom-sarishtalik yurtimizning yanada ko‘rkam bo‘lishiga zamin yaratadi.
Bugun, 30-aprel kuni yurtimizda “Mahalla obodligi – yurt farovonligi” shiori ostida umumxalq xayriya hashari o‘tkazilmoqda.
Barcha davlat va jamoat tashkilotlari, mahalliy aholi vakillari mahallalar, aholi turar joylari hamda ko‘chalarni obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Xususan, Davlat soliq qo‘mitasi xodimlari tomonidan qo‘mita markaziy apparati binosi va unga tutash hududlar, ariqlar, ko‘chalar tozalandi, yo‘laklarga suv sepilib saranjom-sarishta holatga keltirildi.
Ushbu umumxalq xayriya hasharida Vatanimiz ravnaqi, uni yanada obod etish ishtiyoqida yashash, milliy qadriyatlarimizni ulug‘lash yo‘lida barcha yurtdoshlarimiz birdamligi yana bir bor namoyon bo‘lmoqda.
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram