Salıq xızmeti xabarları
3.24K subscribers
8.66K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
Turar joylarni ijaraga oluvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi

Daromad solig‘ini talabalar zimmasiga yuklaganligini haqida tarqatilgan xabarlar yuzasidan Davlat soliq qo‘mitasi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Ko‘chmas mulk obyektlarini talabalarga ijaraga berishda daromad oluvchi mulk egasi bo‘lib, Soliq kodeksining 375-moddasiga muvofiq bunday daromad jismoniy shaxslarning mulkiy daromadlari hisoblanadi.

Soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash ijaraga beruvchi jismoniy shaxslarning majburiyati hisoblanib, natijada ijarada turuvchi talabalarda soliq majburiyati yuzaga kelmaydi (SK 85-moddasi).

Shuningdek, jismoniy shaxslar uy-joylarini talabalarga ijaraga berish faoliyati bo‘yicha olgan daromadlarini soliqdan ozod etish yuzasidan Soliq kodeksining 378-moddasiga o‘zgartirish kiritishni nazarda tutuvchi Qonun loyihasi O‘zR Oliy Majlisi tomonidan ko‘rib chiqilib, birinchi o‘qishda qabul qilingan va 2022-yil 1-yanvardan amaliyotga tatbiq etiladi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

“Zakovat": Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi uchun nomzodlar saralanmoqda

Davlat soliq xizmati organlari xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan turnirning ilk saralash bosqichlari joriy yilning 4-6-dekabr kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro va Navoiy viloyatlarida bo‘lib o‘tgan edi.

Navbatdagi saralash bosqichlari Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida o‘tkazildi.

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining “Yangi O‘zbekiston” jamoasi, Qashqadaryo viloyat davlat soliq boshqarmasining “Liderlar-2”, Kadastr agentligi Kattaqo‘rg‘on shahar bo‘limi va Davlat kadastrlari palatasi Kattaqo‘rg‘on shahar filiali xodimlaridan iborat “Mirzo Ulug‘bek”, Kadastr agentligi Jizzax viloyat boshqarmasining “Zukkolar hamda Sirdaryo tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi o‘z hududlaridagi saralash bosqichlarida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘olib jamoalar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi hamda turnirning respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#tayinlov

Davlat soliq xizmati organlari boshqaruv tizimida yangi tayinlovlar

Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan Eshmatov Sirojiddin Tog‘aymurodovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan Davlat soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.


Jizzax viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Narmanov Erkin Abdualimovich O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#zakovat #DSQ_Raisi_kubogi

Zakovat intellektual o‘yini vodiyda

Xabar berib borayotganimizdek, hududlarda davlat soliq xizmati organlari xodimlari “Zakovat” intellektual o‘yinining “Davlat soliq qo‘mitasi Raisi kubogi” uchun bahs olib bormoqda.

Turnirning navbatdagi saralash bosqichi joriy yil 14-dekabr kuni Andijon hamda Farg‘ona viloyatlarida bo‘lib o‘tdi.

Jumladan Farg‘ona viloyatida davlat soliq xizmati organlari va kadastr sohasida faoliyat yurituvchi xodimlardan iborat 25 ta, Andijon viloyatida esa 23 ta jamoa g‘oliblik uchun bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra Farg‘ona viloyatida 1-o‘rin viloyat Kadastr boshqarmasining "Farg‘oniy avlodlari" jamoasiga nasib etdi. Marg‘ilon shahar davlat soliq inspeksiyasining “Marg‘ilon bilimdonlari” jamoasi 2-o‘rinni hamda Qo‘qon shahar davlat soliq inspeksiyasining "Qo‘qon" jamoasi 3-o‘rinni egalladi.

Andijon viloyatida viloyat davlat soliq boshqarmasining “Yetakchi” jamoasi 1-o‘rinni, Shahrixon tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 2-o‘rinni hamda Qo‘rg‘ontepa tumani davlat soliq inspeksiyasi jamoasi 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

G‘oliblar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Har ikki viloyatdagi 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan jamoalar turnirning respublika bosqichida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️ 2021-yil 15-dekabr

noyabr oyi uchun:

- hisoblangan va amalda to‘langan daromadlar summalari hamda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining ushlab qolingan summalari to‘g‘risidagi maʼlumotlarni taqdim etish, shuningdek ijtimoiy soliq hisob-kitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 389-moddasi 1-qismi, 407-moddasi 4-va 5-qismlari);

- mehnatda mayiblanish va kasb kasalligi oqibatida tayinlangan boquvchisini yo‘qotganlik va nogironlik pensiyalari bo‘yicha amalga oshirilgan xarajatlar to‘g‘risida maʼlumotlarni Pensiya jamg‘armasi tuman (shahar) bo‘limi hisobda turgan joy bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(Nizom ro‘yxat raqami 2836, 16-bandi, 3.11.2016 yil).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ 15 декабря 2021 года крайний срок

за ноябрь:

- представления сведений о суммах начисленных и фактически выплаченных доходов и суммах удержанного налога на доходы физических лиц, а также представления отчетности и уплаты социального налога
(часть первая статьи 389 Налогового кодекса, части четвертая и пятая статьи 407 Налогового кодекса);

- представления в органы государственной налоговой службы по месту учета районного (городского) отдела Пенсионного фонда сведений о выплатах пенсий по случаю потери кормильца и инвалидности вследствие трудового увечья или профессионального заболевания, связанных с исполнением работниками трудовых обязанностей
(п. 16 Положения, рег. № 2836 от 03.11.2016 г.).

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
#savol_javob

🔴Budjet tashkilotlariga foizlar uchun to’lov amalga oshirilganda to’lov manbaida soliq solinadimi?

🔵Soliq kodeksining 344-moddasiga asosan, O’zbekiston Respublikasi rezidenti bo’lgan yuridik shaxs tomonidan notijorat va budjet tashkilotlariga mablag‘larni depozitga joylashtirishidan to’lanadigan foizlarga to’lov manbaida ushbu Kodeks 337-moddasi 1-qismining 12-bandida belgilangan miqdordagi soliq stavkasi (15%) bo’yicha soliq solinadi va bunday daromadlar oluvchilarning soliq bazasini aniqlashda chegirib tashlanadi.
____________
#вопрос_ответ

🔴Удерживается ли налог у источника выплаты при выплате процентов бюджетным организациям?

🔵Согласно статье 344 Налогового кодекса проценты, выплачиваемые юридическим лицом — налоговым резидентом Республики Узбекистан некоммерческим и бюджетным организациям от размещения средств на депозитах, облагаются налогом у источника выплаты по налоговой ставке (15%), установленной пунктом 12 части 1-ой статьи 337 Налогового кодекса, и подлежат вычету при определении налоговой базы получателей таких доходов.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram
Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasining yangi boshlig‘i tanishtirildi

Davlat soliq qo‘mitasi raisi Sherzod Kudbiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoyishi bilan Surxondaryo viloyati davlat soliq boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan Narmanov Erkin Abdualimovichni viloyatdagi mutasaddi tashkilot va idoralar rahbarlariga tanishtirdi.

Narmanov Erkin Abdualimovich soliq xizmatining II darajali maslahatchisi.

Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram