Salıq xızmeti xabarları
3.27K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
160 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#AOS

❗️Aylanmadan olinadigan soliq to'lovchilar diqqatiga


Aylanmadan olinadigan soliq (AOS)ni qatʼiy belgilangan summada to‘lovchi tadbirkorlar 2025-yil 1-yanvardan AOSni 4% (yoki boshqa soliq stavkalari) to‘lashga o‘tish uchun 2024-yil 15-dekabrgacha (shu kuni ham) soliq organini xabardor qilishlari kerak.
👉 Soliq kodeksi 5-modda
👉Soliq kodeksi 470-prim 1-modda

Buning uchun my3.soliq.uz dagi shaxsiy kabinetidan “Aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq stavkasiga oʻtish (rad etish)” boʻlimidagi havola orqali rad qilish arizasi yuboriladi.

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal
______________
#налог_с_оборота

❗️Вниманию плательщиков налога с оборота


Плательщикам налога с оборота в фиксированной сумме до 15 декабря 2024 года
необходимо уведомить налоговые органы о переходе с 1 января 2025 года на уплату налога с оборота по ставке 4% (или другим налоговым ставкам).
👉ст.5 НК
👉ст.470 прим.1 НК

Для этого электронное уведомление направляется через персональный кабинет на my3.soliq.uz в разделе "Переход (отказ) плательщиков налога с оборота на уплату (от уплаты) налога по фиксированной ставке" по следующей ссылке:

📌 https://my3.soliq.uz/login?type=legal

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#EHF

Soliq qo‘mitasi tadbirkorlar muammolariga yechim berishda davom etmoqda

Soliq qo‘mitasi rahbariyatining tadbirkorlar bilan uchrashuvlarida ular tomonidan biznes jarayonlarini yengillashtirish, xususan, majburiy raqamli markirovkalanishi lozim bo‘lgan mahsulotlar bo‘yicha EHF tasdiqlash muddatini (1 kun) uzaytirish taklifi bildirildi.

❗️Markirovka qilinadigan mahsulotlar bo‘yicha EHFni tasdiqlash muddati 3 (uch) kungacha uzaytiriladi.

Qonunchilikka ham o‘zgartirish kiritish taklifi tayyorlanadi.
_______________
#ЭСФ

Налоговый комитет продолжает содействовать в решении проблем предпринимателей

В ходе встреч руководства Налогового комитета предпринимателями озвучиваются просьбы для облегчения бизнес-процессов, в частности, увеличить сроки (1 день) подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой.

❗️Срок подтверждения ЭСФ по товарам с обязательной цифровой маркировкой продлевается до 3 (трех) дней.

Будет подготовлено предложение по внесению изменений в законодательства.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#konstitutsiya

,,Konstitutsiya ko‘chasi"da soliq burchagi

🇺🇿Poytaxtimizning Sayilgoh ko‘chasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi bayrami munosabati bilan "Konstitusiya ko‘chasi" ochildi.

Tadbir doirasida fuqarolarning huquqiy bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash maqsadida tegishli davlat tashkilotlari tomonidan “Konstitutsiya burchaklari” tashkil etildi.

Shu jumladan, "Soliq burchagi" tashkil etilib, soliq organlari faoliyatidagi o‘zgarishlar, tizimda amalga oshirilayotgan tashabbuslar mazmun-mohiyatini tushuntirishga doir ko‘rgazmali materiallar namoyish etildi hamda aholiga soliq sohasidagi imtiyozlar, "Soliq" mobil ilovasi va uning afzalliklari haqida ma'lumot berildi.

Ta‘kidlanganidek, konstitutsiya inson hayotining barcha yo‘nalishlarida uning huquq va majburiyatlarini ko‘rsatib beradigan asosiy hujjat hisoblanadi. Unga amal qilish esa har bir fuqaroning burchidir.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram | X|Threads
#uchrashuv

Ochiq muloqot - muammolar yechimi


Ayni paytda Soliq qo'mitasi Raisi Sherzod Kudbiyevning navbatdagi ochiq muloqoti Bektemir, Yangi hayot, Sergeli va Yashnobod tumanlari tadbirkorlari bilan bo'lib o'tmoqda.

Tadbirkorlarning takliflari tinglanib, ularning yechimlari yuzasidan aniq choralar belgilanmoqda.

Uchrashuvda suv va salqin ichimliklar va boshqa tadbirkorlik subyekti vakillari bilan eksport va import operatsiyalari, "yashil energiya"ni qo'llash, mahsulotlarni majburiy markirovkalash hamda agregatsiyalash tizimini joriy etish kabi masalalar mukoma qilinmoqda.
___
#встреча

Открытый диалог - решение проблем

В эти минуты проходит очередной открытый диалог Председателя Налогового комитета Шерзода Кудбиева с предпринимателями Яшнабадского, Бектемирского, Янгихаётского и Сергелийского районов.

Предложения предпринимателей выслушиваются, по их решениям принимаются конкретные меры.

В центре обсуждения актуальные вопросы бизнеса - операции по экспорту и импорту, применения "зелёной энергии", внедрения обязательной маркировки и агрегации с представителями предприятий, занимающихся производством воды и прохладительных напитков, а также других сфер.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#8_dekabr #konstitutsiya

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi muborak boʻlsin!

Milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz, demokratik huquqiy davlat barpo etish yoʻlida shu kungacha erishilgan barcha yutuq va marralarimizning asosiy poydevori Konstitutsiyamiz ekanligini barchamiz yaxshi bilamiz.

Bosh Qomusimizda belgilab qoʻyilgan asosiy tamoyillardan kelib chiqqan holda mamlakatimizda inson qadrini yuksaltirish borasida soʻnggi yillarda salmoqli ishlar amalga oshirildi. Inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emasligi amalda isbotini topmoqda.

Xususan har bir davlat idoralari rahbarlari fuqarolar oldida hisobot beradigan samarali tizim yoʻlga qoʻyildi, xalq bilan doimiy muloqot qilish faoliyatimizning mezoni etib belgilandi.

Barcha mansabdor shaxslar quyi boʻgʻinga, mahalla darajasiga tushib, aholi bilan bevosita uchrashib, ularning muammolarini joyida hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ishonch bilan aytamanki, Inson huquq va erkinliklarining qonuniy kafolati boʻlgan Konstitutsiyamizga tayangan holda barchamiz birgalikda Vatanimizga sadoqat bilan xizmat qilamiz va jonajon Oʻzbekiston rivoji yoʻlida koʻzlagan yuksak marralarga albatta erishamiz.

Hurmatli yurtdoshlar, Sizlarni Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni munosabati bilan chin qalbimdan tabriklayman.

Sherzod Kudbiyev,
Soliq qo’mitasi Raisi
Ҳафтанинг энг муҳим воқеалари шарҳи: Президент Тошкент вилояти Бўстонлиқ туманига ташриф буюриб, унинг ўсиб бораётган салоҳияти билан танишди. Давлатимиз раҳбари ХАЭА бош директори Рафаэль Гросси билан учрашув ўтказди

Ҳәптениң ең әхмийетли ўақыяларына шолыў: Президент Ташкент ўәлаятының Бостанлық районында болып, оның өсип атырған потенциалы менен танысты. Шавкат Мирзиёев ХАЭА бас директоры менен сөйлесиўлер өткерди.

Обзор важнейших событий за неделю: Президент посетил Бостанлыкский район Ташкентской области и ознакомился с его растущим потенциалом. Глава государства провел переговоры с генеральным директором МАГАТЭ

Facebook|Instagram|X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#8_dekabr #konstitutsiya

O‘zbekiston Respublikasi hududida yagona soliq tizimi amal qiladi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️2024-yil 10-dekabr

noyabr oyi uchun:


- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi);

dekabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimni toʻlashning oxirgi kuni*
(Soliq kodeksining 460-moddasi 5-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi);

- aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi).

*Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.
_____
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️10 декабря 2024 года - последний день

за ноябрь:


- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции*
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

*Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#máhállebay

Máhállelerde salıq organları jumısı


Usı jıl noyabr ayında “Máhállelerde salıq organları jumısı” málimleme sistemasında salıq inspektorlarınıń nátiyjelilik kórsetkishi (KPI) 79,1 balldı quradı.

Ulıwmalıq reytingte salıq inspektorları úlesi joqarı bolǵan aymaqlar:

📍Buxara wálayatı – 84 %;
📍Xorezm wálayatı – 83,6 %;
📍Qaraqalpaqstan Respublikası – 83,4 %.


🟢telegram 🔴 facebook  🔵  instagram  🟠 youtube
Hamdardlik

Soliq qo‘mitasi jamoasi Soliq qo‘mitasi Raisi Kudbiyev Sherzod Davlyatovichning padari buzrukvori Davlatboy otaning vafoti munosabati bilan oila a'zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Iqtisod fanlari doktori, professor Davlatboy Kudbiyev oliy o‘quv bilim yurtlarida uzoq yillar samarali faoliyat yuritib, o‘ziga xos maktab yaratgan, el-yurt hurmatiga, eʼtirofiga sazovor bo‘lgan ustoz sifatida tilga olinadi.

Davlatboy Kudbiyev fidoyi olim, ilm-fan va taʼlimning haqiqiy jonkuyari sifatida o‘zidan o‘chmas iz qoldirib ketdi.
__________
Соболезнование

Коллектив Налогового комитета выражает глубокие соболезнования семье и близким Председателя Налогового комитета Кудбиева Шерзода Давлятовича в связи с кончиной его отца Давлатбая ота.

Доктор экономических наук, профессор Давлатбай Кудбиев долгие годы плодотворно работал в высших учебных заведениях, создал уникальную школу и известен как наставник, заслуживший уважение и признание народа.

Давлатбой Кудбиев, как преданный учёный, истинный энтузиаст науки и образования, оставил после себя неизгладимый след.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#uchrashuv

Soliq qo‘mitasi qulay ishbilarmonlik muhiti va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkazdi


Soliq organlari tomonidan ishni “mahallabay” va “korxonabay” shaklida manzilli tashkil etilishi, soliq toʻlovchilarga qonunchilikka rioya etish va soliq majburiyatlarini bajarishga koʻmaklashish natijasida bugungi kunda 71 387 nafar soliq toʻlovchining tovar aylanmasi 30 foizdan ortiqqa oʻsdi.

Mahalliy budjetlarning daromadi boʻlgan mol-mulk va yer soliqlari tushumi oʻtgan 11 oyda oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 28 foizga oʻsdi.

Har bir tadbirkor, fuqaro birgina mobil qurilma (smartfon) orqali Soliqmobil ilovasidagi "Soliq biznes" xizmatidan foydalanib, dunyoning qaysi burchagida boʻlishidan qatʼiy nazar, majburiyatini bajarishi, rahbar yoki taʼsischi butun boshli biznesi buxgalteriyasi qanday ishlayotganligini kuzatib borishi, qonuniy ishlayotgan biznes hamkorlarni tanlashi mumkin. Ushbu ilovadan birgina joriy yilning oʻzida 862,1 mln marta foydalanildi.

Raqamli islohotlar natijasida biznes subyektlarining “yashovchanlik” darajasi 3 yildan ortiq faoliyat koʻrsatayotgan ulushi 72 foizga yetdi.

Shuningdek, joriy yilning 1-dekabr holatiga faoliyat koʻrsatayotgan jami xoʻjalik subyektlari soni 561,9 mingtaga, yakka tartibdagi tadbirkorlar soni 290,1 ming nafarga yetdi. 4,3 mln nafardan ortiq fuqarolarimiz oʻzini oʻzi band qilish tizimi orqali mehnat qilishning qonuniy yoʻliga oʻtdi.

Birgina yengil avtomobilda yoʻlovchi tashish faoliyatining oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar faoliyat turlariga kiritilishi natijasida ilgari yashirin ishlagan 520,9 mingga yaqin taksi xizmati legallashtirildi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads