Salıq xızmeti xabarları
2.32K subscribers
9.07K photos
2.28K videos
172 files
7.84K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#markirovka

Dori vositalarini markirovkalash ularning sifati va narxini qolaversa, qonuniy aylanmasini kuzatish imkonini beradi


2022-yil 1-sentabrdan dori vositalarini raqamli markirovkalsh bosqichma-bosqich joriy etilgan. Xususan:
▫️ikkilamchi (tashqi) qadoqdagi dori vositalariga 01.09.2022-yildan;
▫️birlamchi (ichki) qadoqdagi dori vositalariga 01.11.2022-yildan;
▫️orfan dori vositalariga 01.03.2023-yildan majburiy raqamli markirovkalash joriy etilgan.
👉 VMQ-149-son 02.04.2024

“Dori vositalari” toifasidagi mahsulotlar ijtimoiy ahamiyatga ega, bozorda talab yuqori bo‘lgan yuqori likvidli mahsulotlar hisoblanadi. Raqamli markirovkalash realizatsiya qilinayotgan dori vositalari ustidan samarali nazorat tizimini yaratish, bu orqali ichki bozorni mahalliy ishlab chiqarilgan va import qilinadigan noqonuniy mahsulotlar va kontrafakt tovarlardan xalos etish imkonini beradi.

Raqamli markirovkalash tizimining joriy etilishi iste’mol mahsulotlari uchun logistika va biznes jarayonlarini yaxshilaydi va yashirin iqtisodiyot hajmini qisqartiradi. Mahsulot aylanmasining nazoratga olinishi hisobiga davlat budjeti daromadlari ortadi.

Shu bilan birga, markirovkalash tizimi orqali dori vositalari narxlanish jarayonini kuzatib borish, ularning dorixonalarda mavjudligini ko‘rish, davlat tomonidan dori vositalari zaxirasining mavjudligi va ularga bo‘lgan talabni samarali prognoz qilish imkoniyati yaratiladi.

Asosiy xorijiy ishlab chiqaruvchilar dori vositalarini markirovkalashni boshlagan. Hozirgi kunda 600 dan ortiq xorijiy ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Rossiya Federatsiyasidan 70 ta ishlab chiqaruvchi, Hindistondan 221 ta ishlab chiqaruvchi va Yevropa davlatlaridan 152 ta ishlab chiqaruvchi markirovkashni yo'lga qo'ygan. Ular axborot tizimiga 11 mingdan ortiq dori vositalari kiritilgan.

2024-yilning I choragida raqamli markirovkalangan 351 mln qadoq dori vositalari savdoga chiqarilgan:
▫️222,7 mln qadoq (63,4%) chet elda ishlab chiqarilgan dori vositalari;
▫️128,3 mln qadoq (36,6%) mamlakatimizda ishlab chiqarilgan dori vositalari.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#markirovka

Tadbirkorlarga 2D-skanerlar xarid qilishda soliq imtiyozlari taqdim etiladi

Raqamli markirovkalangan mahsulotlar chakana savdosini amalga oshiruvchi tadbirkorlik subyektlari markirovka kodlarini to‘g‘ri o‘qishni ta’minlovchi maxsus qurilmalardan foydalanishi shart.

2027-yil 1-yanvarga qadar tadbirkorlik subyektlari maxsus qurilmalarning har birini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlar summasini, biroq BHMning 4 baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdorda hisoblangan va to‘lanishi lozim bo‘lgan foyda soligʻi yoki AOS yoxud YTTlar tomonidan toʻlanadigan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i summalariga kamaytirish huquqi berildi (4 x 340 000 = 1 360 000 so‘m).

Avval ushbu imtiyoz 2023-yilning 1-yanvariga qadar berilgan edi.
__________
#маркировка

За приобретение 2D-сканеров предпринимателям предоставляются налоговые льготы

Субъекты предпринимательства, которые занимаются розничной торговлей продукцией с цифровой маркировкой, должны использовать устройства для считывания маркировки.

До 1 января 2027 года предпринимателям предоставлено право вычесть из суммы начисленного и подлежащего уплате налога на прибыль или налога с оборота либо налога на доходы физических лиц, уплачиваемого индивидуальным предпринимателем, расходы на приобретение таких устройств в размере не более 4 БРВ за одно устройство (340 000 сумов * 4 = 1 360 000 сумов).

Ранее такая льгота уже предоставлялась предпринимателям до 1 января 2023 года.