Salıq xızmeti xabarları
3.27K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
160 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq qoʻmitasi delegatsiyasi BEPS Inklyuziv dasturining XVI yalpi majlisida ishtirok etdi


Joriy yilning 28-30 may kunlari Parij shahrida boʻlib oʻtgan BEPS Inklyuziv dasturining XVI yalpi majlisida (The 16thmeeting of the Inclusive Framework on BEPS) Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari J.Abdiyev boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, unda 140 ta mamlakatdan 400 nafardan ortiq delegatlar, shu jumladan 127 ta davlat va yurisdiksiya hamda 13 ta kuzatuvchi qatnashdi.

Ma’lumot uchun, Oʻzbekiston BEPS Inklyuziv dasturiga 2023-yilda aʼzo boʻlgan.

Uch kunlik samarali uchrashuvlar davomida BEPS Inklyuziv dasturi doirasida bir qator mavzular, xususan BEPS minimal standartlarini joriy etish va uning ta’siri, texnik yordam va salohiyatni oshirish orqali ushbu ta’sirni yanada kengaytirish imkoniyatlari, shuningdek hozirda IHTTning soliq siyosati boʻyicha olib borayotgan ishlari va tengsizlikni bartaraf etishda soliqlarning roliga qiziqish bildirishga oid masalalar muhokama qilindi.

Yalpi majlis doirasida J.Abdiyev bilan IHTTning Soliq siyosati va maʼmuriyatchiligi markazining Global aloqalar departamenti rahbari oʻrinbosari Harry Tonino oʻrtasida oʻtkazilgan ikki tomonlama uchrashuv chogʻida BEPS Inklyuziv dasturi boʻyicha keyingi qadamlar muhokama etildi.

Uchrashuvda mezbon tomoni O‘zbekiston soliq siyosatining izchilligini yaxshilash, soliq bazasini yashirishga qarshi kurashish, transfert narxlarini nazorat qilish va yanada shaffof soliq muhitini yaratish yuzasidan BEPS paketi doirasidagi majburiyatlarni ta’minlash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadi va kelgusida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi. Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Ma’lumot uchun. BEPS (Base Erosion and Profit Shifting) – Soliq bazasini kamaytirish va daromadlarni yashirishga qarshi kurashish bo‘yicha harakatlar rejasi. BEPS “Katta yigirmatalik” (G20) davlatlar tashabbusi boʻlib, butun dunyo boʻylab mamlakatlarga iqtisodiy faoliyat va qiymat yaratish joyida foydani soliqqa tortish uchun samarali vosita bilan taʼminlashga qaratilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#1_iyun

Yangi Oʻzbekistonning yangi avlodi!


Davlat soliq xizmati xodimlari farzandlari uchun 1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.

Dastlab qoʻmita binosi oldida “Yangi Oʻzbekistonning yangi avlodi: Uchinchi Renessans bunyodkorlari oramizda!” mavzusida teatrlashtirilgan tadbir tashkil etildi.

Shundan soʻng, Respublika yosh tomoshabinlar teatrida bolajonlar uchun zamonaviy texnologiyalar yordamida maxsus shou dastur namoyish etildi.

Ulkan taassurotlarga ega boʻlgan bolajonlar uchun bino oldida aktyorlar va boshlovchilar koʻmagida intellektual viktorinalar oʻtkizildi. Bolajonlar rasm chizish, shaxmat-shashka stol tennisi va kubik-rubik yigʻish musobaqalarida bahslashdi.

Musobaqalarda I, II va III oʻrinni olgan bolalar maxsus diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

Shu kuni tadbirda ishtirok etgan barcha bolajonlaga Soliq qoʻmitasining maxsus sovgʻalari topshirildi.

Tadbir bolajonlarga olam-olam quvonch bag‘ishladi. Bu ularning chaqnab turgan ko‘zlarida va samimiy tabassumlarida aks etdi.

Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads