Salıq xızmeti xabarları
3.26K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#raqamlashtirish #imtiyoz

Yanvar oyida qariyb 4 trln so‘mdan ortiq soliq imtiyozlaridan
foydalanildi

Soliq turlari kesimida foydalanilgan imtiyoz summalari:
▫️yer solig‘i – 1,6 trln so‘m;
▫️QQS – 1,3 trln so‘m;
▫️mol-mulk solig‘i – 750,9 mlrd so‘m;
▫️ijtimoiy soliq – 173,1 mlrd so'm;
▫️JShODS – 64,3 mlrd so‘m;
▫️suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq – 19,8 mlrd so‘m.
▫️
AOS – 8,4 mlrd so‘m.
___________
#цифровизация #льготы

В январе организации воспользовались льготами на сумму около 4 трлн сумов

Льготы в разрезе видов налогов:
▫️по земельному налогу - 1,6 трлн сумов;
▫️НДС - 1,3 трлн сумов;
▫️по налогу на имущество - 750,9 млрд сумов;
▫️по социальному налогу - 173,1 млрд сумов;
▫️по НДФЛ - 64,3 млрд сумов;
▫️по налогу за пользование водными ресурсами - 19,8 млрд сумов.
▫️по налогу с оборота - 8,4 млрд сумов.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#mol_mulk_soligi
#imtiyoz

Qaysi jismoniy shaxslar mol-mulk solig'ini to'lashdan to‘liq ozod qilingan?

🔹“O‘zbekiston Qahramoni”, Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo‘lgan, uchala darajadagi “Shuhrat” ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar;
🔹urush nogironlari va qatnashchilari;
🔹harbiy xizmat yoki ichki ishlar organlaridagi va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasidagi xizmatning boshqa majburiyatlarini bajarish chog‘ida yaralanganligi, kontuziya yoki mayib bo‘lganligi oqibatida yoxud frontda bo‘lish bilan bog‘liq kasallik tufayli halok bo‘lgan harbiy xizmatchilarning hamda ichki ishlar organlari va O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi xodimlarining ota-onalari hamda beva xotinlari (beva erlari). Beva xotinlarga (beva erlarga) soliq imtiyozi faqat ular yangi nikohdan o‘tmagan taqdirda beriladi;
🔹energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to‘liq uzib qo‘yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar qayta tiklanadigan energiya manbalari o‘rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga;
🔹yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar. Mazkur imtiyoz yetim bolalarga va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga davlat tomonidan ajratiladigan uy-joy uchun ular 23 yoshga to‘lguniga qadar amal qiladi.

Kimlar mol-mulk solig'ini to'lashdan qisman ozod qilingan?

Quyidagi jismoniy shaxslarning mulkida bo‘lgan mol-mulk 60 kv.m doirasida soliq solishdan ozod qilingan:

🔸10 nafar va undan ortiq bolalari bor ota-onalaridan biri;
🔸pensionerlar;
🔸I va II guruh nogironligi bo‘lgan shaxslar.

Yuqorida ko‘rsatilgan shaxslar soliq imtiyozini olishga bo‘lgan huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq solish obyekti joylashgan erdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.

Soliq imtiyozlari mulkdorning tanloviga ko‘ra faqat 1 yashash uchun mo‘ljallangan ko‘chmas mulk obyektiga tatbiq etiladi, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar bundan mustasno.
👉 Soliq kodeksi 421-modda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads