#8mart
Davlat soliq xizmati xodimasi sodiq xizmatlari uchun mukofotlandi
Mamlakatimizda mo‘tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev farmoniga muvofiq, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, oilalarda ma’naviy-axloqiy muhitni mustahkamlash, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash ishlariga katta hissa qo‘shib kelayotgan xotin-qizlarimiz davlat mukofotlari bilan taqdirlandi.
Ular qatorida Navoiy viloyati Xatirchi tumani davlat soliq inspeksiyasining bo‘lim katta inspektori Nodira Xujanazarova ham “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi
Shu fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon davlat soliq xizmati organlarida xizmat burchini fidoyilik bilan bajarib kelayotgan Nodira Xujanazarovani o‘z nomimdan va davlat soliq xizmati organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etaman!
Sherzod Kudbiyev,
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi Raisi
Тelegram | Facebook | Youtube| Instagram

#etirof
✨Hamkasbimiz “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi✨
✅Ana'naga ko‘ra, 8-Mart – Xalqaro Xotin-qizlar kuni arafasida samarali mehnati, boy amaliy tajribasi bilan Yangi O‘zbekistonni barpo etish, farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashda ulkan hissa qo‘shib kelayotgan bir guruh xotin-qizlar “Mo‘tabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Ular qatorida uzoq yillardan beri Soliq sohasida sidqi dildan xizmat qilib kelayotgan matonatli, fidoyi xodima, Soliq qoʻmitasining Xalqaro soliq solish boʻlimi boshligʻi Alishayeva Rano Xamidovna ham bor.
Fursatdan foydalanib, uzoq yillardan buyon soliq xizmati organlarida burchini fidoyilik bilan ado etib kelayotgan Rano Alishayevani soliq organlari jamoasi nomidan ushbu mukofot bilan muborakbod etamiz!
Soliq qo‘mitasi Matbuot xizmati
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter

#8mart #tabrik
Go‘zallikning qutlug‘ ayyomi
Moʻtabar onaxonlar, dilbar opa-singillar!
Sizlarni, sizlarning timsolingizda butun O‘zbekiston ayollarini 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan muborakbod etaman.
Yaratganning buyuk moʻjizasi bo‘lgan ayol zotiga hurmat va ehtirom ko‘rsatish, ularni eʼzozlash ko‘hna Sharqning muqaddas qadriyatlaridan bo‘lib kelgan.
Qalbimiz yasharish va yangilanish fasli – bahor ko‘rku tarovatidan huzurlanib turgan mana shunday kunlarda mamlakatimizda go‘zallikning qutlug‘ ayyomi keng nishonlanmoqda.
Aziz ayollar, mehridaryo qalbingiz, aql-zakovatingiz, sevgi va sadoqatingiz uchun sizlardan bir umr qarzdormiz. Kelajagimiz bunyodkori bo‘lgan yosh avlodni tarbiyalashda ham sizlarning buyuk murabbiylik fazilatlaringizga tayanamiz.
Ayol nafaqat oila bekasi yoki ona, u jamiyatning faol aʼzosi, ishtirokchisidir. Sohada qo‘lga kiritilayotgan muvaffaqiyatlarda ham xotin-qizlarning ulushi salmoqlidir.
Bugungi kunda soliq tizimida 2 ming nafardan ortiq xotin-qizlar faoliyat yuritmoqda. Ularning 9 nafari tuman soliq inspeksiyalarini boshqarmoqda. Yana 90 nafarga yaqini bo‘lim boshlig‘i, boshqarma boshlig‘i va o‘rinbosari kabi turli rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritib kelmoqda.
Shuningdek, 9 nafar soliq xizmati xodimasi “Shuhrat”, 4 nafari “Sodiq xizmatlari uchun” medallari bilan taqdirlangan.
Bugungi qutlug‘ ayyomida eng go‘zal so‘zlarimni moʻtabar onaxonlarimiz, munis opa-singillarimiz va oqila qizlarimiz shaʼniga bag‘ishlayman.
Barchangizni bugungi nafosat va go‘zallik bayrami bilan yana bir bor tabriklayman. Sizlarga, sihat-salomatlik, oilaviy baxt, xonadonlaringizga fayzu baraka tilayman.
Soliq qo‘mitasi Raisi,
Sherzod Kudbiyev
Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads