Salıq xızmeti xabarları
3.03K subscribers
8.76K photos
2.18K videos
168 files
7.56K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#hamkorlik

Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning XVI yalpi majlisida ishtirok etdi

Joriy yilning 27-noyabr – 1-dekabr kunlari Lissabon shahrida (Portugaliya) boʻlib oʻtgan Soliq maqsadlarida shaffoflik va axborot almashinuvi boʻyicha Global forumning (Global forum) XVI yalpi majlisida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamov boshchiligidagi delegatsiya ishtirok etdi.

Tadbir Global Forum Kotibiyati hamda Portugaliya soliq va bojxona boshqarmasi (Autoridade Tributária e Aduaneira) tomonidan hamkorlikda tashkil etilgan bo‘lib, unda 115 ta mamlakatkardan delegatlar, Global Forum aʼzolari va kuzatuvchilari, shuningdek, 13 ta xalqaro tashkilot, ilmiy doiralar va fuqarolik jamiyati vakillari, umumiy hisobda 450 dan ortiq ishtirokchilar qatnashdi.

Global Forumning asosiy maqsadi soliq shaffofligini taʼminlash boʻlib, Oʻzbekiston mazkur tashkilotga 2022-yilda a’zo bo‘lgan.

Tadbirda soliq maqsadlarida ma’lumot almashish standartlariga kiritilgan o‘zgarishlar, shuningdek kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumot almashish istiqbollari muhokama qilindi.

Xususan, Global Forum doirasida ma’lumot almashish natijasida 2009-yildan buyon a’zo mamlakatlar tomonidan 126 mlrd yevro qo‘shimcha soliq manbalari aniqlanganligi, shundan 41 mlrd yevro rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri kelganligi ma’lum qilindi.

Yalpi majlis doirasida Soliq qoʻmitasi Raisi oʻrinbosari M.Maxkamovning IHTTning Soliq siyosati va ma’muriyatchiligi markazi rahbari Manal Korvin hamda Global Forum Kotibiyati rahbari Zayda Manatta bilan ikki tomonlama uchrashuvlari o‘tkazildi.

Uchrashuvda mezbon tomoni O‘zbekiston tomonidan xalqaro soliq ma’muriyatchiligini isloh qilish hamda soliq ma’lumotlarini almashishda shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni yuqori baholadilar va kelgusida qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdilar. Tomonlar mazkur yo‘nalishdagi ishlarni davom ettirishga kelishib oldilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#hamkorlik

Adolat soliqqa tortishning asosiy tamoyili: O‘zbekiston soliq xizmati mutaxassislari Yaponiya tajribasini o‘rganmoqda

Avvalroq Soliq qo‘mitasi delegatsiyasi Janubiy Koreyada ishchi tashrif bilan bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Osiyo taraqqiyot banki koʻmagida tashkil etilgan soliq islohoti boʻyicha bilim va tajriba almashish dasturi 7-8 dekabr kunlari Yaponiyada davom etdi.

Yaponiya Milliy soliq agentligi va Milliy soliq kollejiga borgan o‘zbekistonlik va pokistonlik mehmonlar Yaponiyada soliq tizimini normativ-huquqiy tartibga solish, soliqlarni tasniflash, soliq to‘lovchilarni hisobga olish va soliq auditini o‘tkazish tartibi haqida ma’lumotlarga ega bo‘ldi.

Yaponiya Milliy soliq xizmatining missiyasi soliq to‘lovchilarga soliq majburiyatlarini to‘g‘ri va izchil bajarishga ko‘maklashishga qaratilgani hamda adolatli soliqqa tortish va keng ko‘lamli soliq xizmatlarini ko‘rsatish orqali amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Taqdimotlar davomida jismoniy shaxslar va korporatsiyalar o‘rtasidagi intizomsiz soliq to‘lovchilarga e’tibor qaratilib, qonun hujjatlariga rioya qilganlar uchun oddiy xatolarni tuzatish imkoniyatini beruvchi komplaens-xavf tizimining tasnifi taqdim etildi.

Xorijlik ekspertlar soliqlarni o‘z vaqtida to‘lash va soliq qarzlarini tezkorlik bilan qoplash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlarga batafsil to‘xtalib o‘tdi.
Shu munosabat bilan Yaponiya soliq xizmati axborot kampaniyalarini o‘tkazish (OAVda chiqishlar, tematik risolalarni tarqatish, Web-TAX-TV ko‘rsatuvlari, videodarslar va brifinglar, call-markaz operatorlari tomonidan shaxsiy eslatma qo'ng'iroqlari, SMS-xabarnoma va boshqalar), soliq to‘lovchilarga onlayn va oflayn rejimda, xususan, sun’iy intellektdan foydalangan holda chat-botlar orqali maslahatlar berish, aholining turli yosh guruhlari o‘rtasida ma’rifiy tadbirlar (Soliq haqida o'ylang haftaligi), tanlovlar va viktorinalar o‘tkazishga katta e’tibor qaratmoqda.


Tadbirlar yakunida delegatsiyalar vakillari soliq siyosati sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish va soliq savodxonligi darajasini oshirish bo‘yicha birgalikda samarali strategiyalarni ishlab chiqish yuzasidan hamkorlik qilishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
Soliq qo‘mitasi Raisi maslahatchisi "Ma'naviyat fidoyisi" ko'krak nishoni bilan taqdirlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 31 yilligi munosabati bilan Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi va hamkor vazirliklar bilan birgalikda “Olamni mahliyo aylagan diyor!” shiori ostida tantanali bayram tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbir davomida Davlat madhiyasi qabul qilingan kunning 31 yilligi munosabati bilan bir guruh ziyolilar, maʼrifat targʻibotchilari “Maʼnaviyat fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi. 

Quvonarlisi shundaki, e'tirofga loyiq ko'rilganlar orasida  Soliq qo‘mitasi Raisining ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo‘yicha maslahatchisi Muqaddasova Gavharxon Nodirxonovna ham bor.

Toshkent shahridagi Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining Maʼnaviyat va maʼrifat markazida bo'lib o'tgan tadbirda ko'krak nishonlari o'z egalariga topshirildi.
#soliq_taqvimi

🗓 Eslatma ❗️Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi. Shu sababli 2023-yil 11-dekabr

- suvdan foydalanish va suv isteʼmoli sohasidagi vakolatli organ soliq bazasini aniqlash uchun soliq organlariga, shuningdek qishloq xoʻjaligida, shu jumladan baliqchilik xoʻjaligida suv resurslaridan foydalanuvchi yuridik shaxslarga ular tomonidan foydalanilishi kutilayotgan suv resurslarining hajmini taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 444-modda 9-qism);

noyabr oyi uchun:

- aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 292-modda 1-qism, 293-modda 1-qism);

dekabr oyi uchun:

- alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yigʻimning toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 460-modda 5-qism);

- AOS toʻlovchi hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 417-modda 6-qism);

- AOS toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 432-modda 1-qism).
________
#календарь_налогоплательщика

🗓 Напоминаем ❗️ Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день. В связи с этим 11 декабря 2023 года последний день

- представления уполномоченным органом в области водопользования и водопотребления налоговым органам, а также юридическим лицам, использующим водные ресурсы в сельском хозяйстве, включая рыбоводческое хозяйство, ожидаемого объема используемых ими водных ресурсов для определения налоговой базы
(ч.9 ст.444 Налогового кодекса);

за ноябрь:

- представления расчета и уплаты акцизного налога
(ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса);

за декабрь:

- уплаты сбора за право реализации алкогольной продукции предприятиями розничной торговли и общепита
(ч.5 ст.460 Налогового кодекса);

- уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.6 ст.417 Налогового кодекса);

- уплаты земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, в размере 1/12 части годовой суммы налога
(ч.1 ст.432 Налогового кодекса).

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

15-dekabr – suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini taqdim etishning oxirgi kuni

2023-yilda qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini soliq organlariga 15-dekabrdan kechiktirmay taqdim etadi.

Qishloq xo‘jaligi korxonalari suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq organlari tomonidan aniqlangan yillik soliq summasining 70 foizini 1-oktabrga qadar, qolgan soliq summasini 15-dekabrgacha to‘laydi.

Eslatma! Qishloq xo‘jaligi korxonalariga 1 kub. metr suv uchun soliq stavkasi 45 so‘m miqdorda belgilanadi.

Soliq to‘lovchilar 2023-yil uchun hisobot yuborishda my.soliq.uz portalidagi 10601_11-raqamli hisobot shaklidan foydalanadi.

Shuningdek, belgilangan soliq imtiyozlaridan foydalanish uchun shaxsiy kabinetdan “Soliq imtiyozlaridan foydalanish bo‘yicha murojaat” interaktiv xizmati orqali murojaat qilish lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

15 декабря - последний день представления отчетности по налогу за пользование водными ресурсами

В 2023 году сельскохозяйственные предприятия представляют отчетность по налогу за пользованию водными ресурсами не позднее 15 декабря.

Сельскохозяйственные предприятия уплачивают 70% от годовой суммы налога, определенной налоговыми органами, до 1 октября, оставшуюся сумму налога - до 15 декабря.

Напоминаем! Налоговая ставка за 1 куб. м воды для сельскохозяйственных предприятий установлена в размере 45 сумов.

При сдаче отчетности за 2023 год налогоплательщики используют форму отчетности №10601_11 на портале my.soliq.uz.

Также чтобы воспользоваться установленными налоговыми льготами, необходимо подать заявку через интерактивную услугу «Обращение по использованию налоговых льгот» в персональном кабинете.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#EHF

Eslatma❗️

Agar soliq majburiyatini bajarish muddatining so‘nggi kuni dam olish (ishlanmaydigan) kuniga to‘g‘ri kelsa, shundan keyingi birinchi ish kuni muddatning tugash kuni hisoblanadi.

Shu sababli noyabr oyida amalga oshirilgan operatsiyalar uchun EHF rasmiylashtirishning oxirgi kuni 11-dekabr.
👉 VMQ-489-son 2-ilova
___
#ЭСФ

Напоминаем❗️

Если последний день срока исполнения налогового обязательства приходится на выходной (нерабочий) день, днем окончания срока считается следующий за ним первый рабочий день.

В связи с этим последний день оформления ЭСФ по осуществленным операциям за ноябрь - 11 декабря.
👉Прил.№2 ПКМ №489

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#korrupciyaǵa_qarsı_gúres
#ashıq_esikler

📌Qaraqalpaqstan Respublikası salıq basqarmasında “Ashıq esikler kúni” bolıp ótti.

📹 "Qaraqalpaqstan" telekanalınıń "Jańalıqlar" informacialıq baǵdarlamasında

Youtube arqalı kóriw

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
#soraw_juwap

🟠 Fizikalıq shaxslardıń múlkshilik dáramatlarına qanday dáramatlar kiredi?

🟢Múlkshilik dáramatlar quramına tómendegiler kiredi: 👇🏻👇🏻

🌀procentler;
🌀dividendler;
🌀mal-múlkti ijarǵa beriwden alınǵan dáramatlar;
🌀salıq tólewshige múlk huqıqı tiykarında tiyisli bolǵan mal-múlkti realizaciya etiwden alınǵan dáramatlar
🌀sanaat múlki obyektlerine, selekciya utısına baylanıslı patent (licenziya ) iyesi bolǵan salıq tólewshiniń patentten basqa shaxs paydasına waz keshkende yamasa licenziya shártnaması dúzgende alǵan tabısı ;
🌀royalti;
🌀isenimli basqarıwǵa berilgen mal-múlk boyınsha isenimli basqarıwshıdan alınǵan dáramat.


🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ozini_ozi_band_qilish

315 ming nafardan ortiq oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega boʻldi


Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar mehnat stajiga ega bo‘lishi uchun ixtiyoriy ravishda yilda bir marotaba BHMning 1 barobaridan kam bo‘lmagan miqdorda (340 000 so‘m) ijtimoiy soliq to‘lashlari mumkin.
👉 Soliq kodeksi 408-modda

Joriy yilning 1-dekabr holatiga 315 829 nafar oʻzini oʻzi band qilgan shaxs 84,6 mlrd so‘m miqdorida ijtimoiy soliq toʻlab mehnat stajiga ega boʻldi.

Unutmang! Siz toʻlagan ijtimoiy soliqlar kelajakda oʻzingiz uchun pensiya hisoblanishiga asos boʻladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#самозанятость

Более 315 тысяч самозанятых лиц получили трудовой стаж в этом году

Для исчисления трудового стажа самозанятые лица раз в год в добровольном порядке могут уплачивать социальный налог в размере не менее 1 БРВ (340 000 сумов).
👉ст.408 НК

По состоянию на 1 декабря этого года 315 829 самозанятым лицам, уплатившим соцналог в размере 84,6 млрд сумов, засчитан трудовой стаж.

Помните! Уплаченный вами социальный налог является основанием для начисления пенсии в будущем.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads