Salıq xızmeti xabarları
3.27K subscribers
8.65K photos
2.15K videos
161 files
7.48K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#savol_javob #deklaratsiya

Telefon raqamimga deklaratsiya asosida daromad solig'idan qarzdorlik mavjudligi haqida SMS keldi. Men qanday daromadlarim uchun deklaratsiya taqdim etishim kerak?

Jismoniy shaxslar quyidagi manbalardan olingan daromadlari bo‘yicha jami yillik daromadlari to‘g‘risida deklaratsiya taqdim etishlari lozim.
🔹mol-mulkni ijaraga berishdan;
🔹egaligida bo‘lgan noturar obyektlarni sotishdan;
🔹36 kalendar oydan kam muddatda mulkida bo‘lgan turar joylarni sotishdan;
🔹yaqin qarindoshi bo‘lmagan shaxslardan moddiy naf tarzda olingan hadyadan.

Jami yillik daromadlari to‘g‘risidagi deklaratsiya hisobot yilidan keyingi yilning 1-aprelidan kechiktirmay taqdim etiladi va hisoblangan soliq summasi 1-iyundan kechiktirmay to‘lanadi.

👉Fuqarolar deklaratsiya asosida hisoblangan daromad solig‘i haqida SMS orqali ma'lumot olishmoqda

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
#savol_javob
#e_ijara

🔴Tashkilot ijaraga beruvchi E-ijara xizmatida ro'yxatdan o'tkazgan ijara shartnomasini tasdiqlashi kerak. Tasdiqlash jarayonida ochiladigan ushbu oyna qanday to‘ldiriladi?

🔵 Yuridik shaxs jismoniy shaxsdan turar joyni ijaraga olgan taqdirda ushbu oyna ochiladi.

Fuqarolarning doimiy yashashi uchun mo‘ljallangan joylar turar joy deb hisoblanadi.
❗️Sanoat ehtiyojlari uchun
turar joy binolarini ijaraga olish taqiqlanadi.
Turar-joy binolariga boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarni joylashtirishga faqat bunday binolar noturar joylar turkumiga o‘tkazilgandan keyin ruxsat etiladi.
👉O‘zbekiston Respublikasi Uy-joy kodeksi 9-modda

Yuridik shaxs sifatida biron faoliyatini amalga oshirish uchun turar joyni ijaraga olishdan avval uy egasi turar joyni noturar joyga o‘tkazishi, so‘ngra ijara shartnomasini rasmiylashtirishi kerak.

Yuridik shaxs o‘z xodimi yashashi uchun turar joyni ham ijaraga olishi mumkin. Bunday holda, “Xodimlar (JShShIR bo‘yicha qidirish)” qatorida ushbu turar joyda yashovchi xodim ko‘rsatiladi.

Xodimlar JShShIRini avtomatik yuklash uchun tashkilot soliq organlariga har bir xodimning batafsil ma'lumotlari aks ettirilgan JShODS bo'yicha hisobot (5-ilova) topshirishi lozim.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter | Threads
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob #mulk_soligi

Nomimda 1 ta uy bor. Mahalla idorasi xodimi 2023-yilda bu uyim uchun 550 ming soʻm mulk soligʻi toʻlashim kerakligini aytdi. Lekin Soliq inspeksiyasiga qoʻngʻiroq qilganimda mulk solig‘i bo‘yicha 550 ming soʻm emas 280 ming soʻm qarzim borligini ma’lum qildi. Qaysi biri toʻgʻri, qanday aniqlasam boʻladi?

Fuqarolar Soliq mobil ilovasi orqali nomidagi obyektlar va ular uchun hisoblangan soliq summalari haqida toʻliq maʼlumot olishi mumkin. Ilovadagi maʼlumotlar real vaqt rejimida avtomatik shakllanadi.

Shunga muvofiq Soliq mobil ilovasi orqali haqiqatda toʻlanishi lozim boʻlgan yer va mol-mulk soligʻi summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni aniqlash va soliq toʻlovlarini amalga oshirish maqsadga muvofiq.

👉 Soliqlarini Soliq mobil ilovasida to‘lashning qanday qulaylik va afzalliklari bor?


Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

🔴 2022-yilda 1 kv.m uchun mulkni qayta baholash natijasi qachongacha amal qiladi? 2024 yilda mol-mulk solig‘ini ushbu baholash qiymati bo‘yicha to'lasa bo‘ladimi?

🔵 Mustaqil baholash natijalari, shu jumladan soliq to‘lovchi tomonidan o‘tgan 2 yilda (baholash o‘tkazilgan sanadan boshlab) o‘tkazilgan mustaqil baholash natijalari soliq bazasi sifatida eʼtirof etiladi.
👉 Soliq kodeksi 412-modda

Soliq kodeksi talablaridan kelib chiqib, 2022-yilda qayta baholash amalga oshirilgan obyektlarning qiymati asosida 2024-yilda ham mol-mulk solig‘i hisobotini taqdim etish mumkin.
____
#вопрос_ответ

🔴 Какой период действует переоценка имущества за 1 кв.м., сделанная в 2022 году? Можем ли мы платить по цене переоценки и в 2024 году ?

🔵 Налоговой базой признаются результаты независимой оценки, в том числе результаты независимой оценки, проведенной налогоплательщиком за последние два года (с даты проведения оценки).
👉 ст. 412 НК РУз

Следовательно, сдать отчет по налогу на имущество в 2024 году можно исходя из стоимости объектов, прошедших переоценку в 2022 году.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter| Threads
#savol_javob

Biz aylanma soliq to‘lovchimiz (faoliyat turi: ulgurji va chakana). 2024-yil yanvar oyi uchun soliq hisobotini topshirishda "Tovarlar (xizmatlar)ni realizatsiya qilishdan olingan daromad” qatoridagi summalarga turli stavkalar qo‘llanilyapti, buni qanday tuzatish mumkin?

Bunday holatlar tadbirkorlik subyekti tomonidan EHFda turli xildagi stavkalar qo‘llaniladigan (imtiyozli yoki imtiyozsiz) tovar (xizmat)lar MXIKlari tanlanganda yuzaga keladi.

Buni bartaraf etish uchun, EFHda avval tanlangan MXIKlarni mahsulot (xizmat)lar uchun belgilangan stavkalar bo‘yicha tegishli MXIKka o‘zgartirish lozim.

Shuningdek, soliq to‘lovchilar quyidagi choralarni ko‘rish orqali onlayn-NKT cheklaridagi stavkalar bo‘yicha tafovutlarni bartaraf etishi mumkin.

My3.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetdaYuridik shaxslarning onlayn nazorat kassa texnikasi ma’lumotlari” bo‘limiga kiriladi.

Shundan so‘ng “Cheklar bo‘yicha hisobot” menyusi tanlanib, “Kunlik hisobot” bo‘limiga o‘tiladi.

Ochilgan oynaga kerakli chek haqidagi ma’lumotlar kiritilib, “Hisobotni yangilash” tugmasi bosilganda ma’lumotlar soliq hisobotida avtomatik aks etadi.

Yangilash jarayoni “2024-yil yanvar” davrini tanlash va “Hisobotni yangilash” tugmasini bosish bilan yakunlanadi.

📌 Ma’lumot uchun, tadbirkorlik subyektlariga imtiyozlardan to‘g‘ri va to‘liq foydalanishi uchun onlayn-NKTlarni ro‘yxatdan o‘tkazish haqida soliq to‘lovchilar shaxsiy kabinetiga xabarnomalar yuborilgan.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

- Men “Yoshlar ittifoqidan” imtiyozli kredit asosida uy-joy olganman. Kredit olishda bankka toʻlangan boshlangʻich to‘lov uchun ham soliq imtiyozi bormi?

- Agar yosh oilalar tomonidan ipoteka krediti asosida uy-joy sotib olingan boʻlsa, ularning ushbu kredit va unga hisoblangan foizlarga yoʻnaltirilgan mablagʻlariga daromad soligʻi solinmaydi. 2023-yil 1-yanvardan kreditni soʻndirishga yoʻnaltirilgan summa miqdori yiliga MHTEKMning* 80 baravari (84 mln soʻm)gacha (2022-yilda 15 mln soʻm) etib belgilangan.
👉 Soliq kodeksi 378-modda 16-band

*mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdori – 1 050 000 soʻm.

Avval bunday imtiyoz budjetdan ajratilgan subsidiya asosida uy-joy sotib olinganda qo‘llanilgan. 2022-yil 1-yanvardan esa yosh oilalar uchun ushbu talab bekor qilindi.

Bunda soliq imtiyozi er-xotin yoki ulardan biri belgilangan yosh (30 yosh)ga toʻlguniga qadar qoʻllaniladi.

Ushbu soliq imtiyozi boshlangʻich toʻlov uchun yoʻnaltirilgan daromadlarga qoʻllanilmaydi.
__________
#вопрос_ответ

- Я получил жилье по льготному кредиту от "Союза молодежи". Есть ли налоговая льгота для первоначального взноса, который я уплатил в банк?

- Если молодая семья получает жилье в ипотечный кредит, то освобождаются от налога те доходы, которые она направляет на его погашение. С 1 января 2023 года сумма погашения кредита должна составлять до 80 МРОТ* (84 млн сумов) в год (в 2022 году эта сумма составляла 15 млн сумов).
👉п.16 ст.378 НК

* минимальный размер оплаты труда = 1 050 000 сумов

Ранее такая льгота предоставлялась только при условии, что жилье приобретено с учетом субсидии из бюджета, а с 1 января 2022 года это требование было отменено.

Налоговая льгота применяется до достижения супругами или одним из них установленного возраста (30 лет).

Данная налоговая льгота не распространяется на сумму первоначального взноса.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#TTY #savol_javob

Mahsulotlarimizni hamkorlarga temir yo‘l orqali yetkazib beramiz. Buning uchun elektron TTY rasmiylashtirish shartmi?

2024-yil 1-iyuldan barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlar tovar-transport yuk xatlarini (TTY) elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim.

Tadbirkorlar yuk tashishni nafaqat avtotransport vositasi, balki temir yo‘l orqali amalga oshirganda ham tovar-transport yuk xatini elektron shaklda rasmiylashtirishi lozim. Elektron TTY tizimida bunday imkoniyat yaratilgan.

Soliq qoʻmitasi barcha xoʻjalik subyektlarini yuklarni avtotransport vositalari yoki temir yo‘l orqali tashishda "Elektron tovar-transport yuk xati tizimi"dan foydalanishga chaqiradi.

Yuk tashish ishtirokchilari takliflaridan kelib chiqib, tizim optimallashtirib boriladi.

Maqsad – xoʻjalik yurituvchi subyektlarda koʻnikmalarni shakllantirish hamda tizimdan foydalanish boʻyicha qulayliklarni birgalikda yaratish.
______________
#ТТН #вопрос_ответ

Мы доставляем партнерам нашу продукцию по железной дороге. Нужно ли для этого оформлять электронный ТТН?

С 1 июля 2024 года всем хозяйствующим субъектам следует оформлять товарно-транспортные накладные (ТТН) в электронном виде.

Предпринимателям следует оформлять товарно-транспортные накладные в электронном виде при осуществлении перевозок не только автомобильным, но и железнодорожным транспортом. В системе электронных ТТН такая возможность предусмотрена.

Налоговый комитет призывает все хозяйствующие субъекты использовать "Систему электронных товарно-транспортных накладных" при перевозке грузов автотранспортом или железнодорожными путями.

Система подлежит дальнейшей оптимизации на основе предложений участников перевозок.

Цель – формирование у хозяйствующих субъектов навыков и совместное создание удобств при использовании системы.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
#savol_javob

Men uyimda turli xildagi meva-sabzavot mahsulotlarini yetishtiraman. Ushbu yetishtirayotgan mahsulotlarimni eksportyor korxonalarga sotsam, olgan daromadimdan soliq to‘laymanmi

Uy xoʻjaligida, shu jumladan dehqon xoʻjaligida yetishtirilgan mahsulotlarni tabiiy va qayta ishlangan holda sotishdan olinadigan daromadlar jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻidan ozod etilgan.
*manzarali bogʻdorchilik (gulchilik) mahsulotlari bundan mustasno
👉Soliq kodeksi 378-modda 8-qism

Shuningdek, eksportyor korxonalar meva-sabzavot mahsulotlarini keyinchalik eksport qilish uchun jismoniy shaxslardan sotib olganda, JSHODS boʻyicha imtiyozlar jismoniy shaxslar tomonidan sotilgan mahsulotlar ularga yoki ularning oila aʼzolariga ajratilgan yer uchastkalarida yetishtirilganini tasdiqlovchi hujjat taqdim etilmasdan qoʻllanilishi belgilangan.

Shunga muvofiq, Siz olgan daromadingizdan jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi to‘lamaysiz.
*ushbu dehqonchilik mahsulotlarini boshqa shaxslardan xarid qilib uni keyinchalik boshqa shaxslarga qayta sotish holatlari bundan mustasno
👉“Meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qilish tartibi toʻgʻrisida”gi nizomning 7-bandi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads