Salıq xızmeti xabarları
2.15K subscribers
8.82K photos
2.19K videos
169 files
7.6K links
Tarawǵa baylanıslı múrájatlardı jollaw ushın: @saliq_murajat_bot

Instagram https://www.instagram.com/saliq_xabarlari
Facebook https://www.facebook.com/saliqxabarlari
Youtube https://www.youtube.com/channel/UCs9W8hHE


Maģlìwmat ushın tel: (61) 222-00-33
Download Telegram
#qonunchilikdagi_yangiliklar

2023-yil 1-yanvardan alkogol mahsulotlarini (kuchsiz alkogolli ichimliklar bundan mustasno) ishlab chiqarishda aksiz soligʻi aksiz toʻlanadigan mahsulot tarkibidagi etil spirtining ulushidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqariladi. Bunda ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotining oʻlchov birligi “litr” deb belgilandi (ilgari “dal” edi).

2023-yil 1-fevraldan neft mahsulotlari hamda ishlab chiqariladigan alkogol va tamaki mahsulotlari boʻyicha aksiz soligʻi stavkalari 10 foizga indeksatsiya qilindi.
___________
#новое_в_законодательстве

С 1 января 2023 года акцизный налог при производстве алкогольной продукции (за исключением слабоалкогольных напитков) исчисляется исходя из доли этилового спирта, содержащегося в подакцизной продукции. При этом единицей измерения на производимую алкогольную продукцию установлен «литр» (ранее «далл»).

С 1 февраля 2023 года ставки акцизного налога по нефтепродуктам, а также по производимой алкогольной и табачной продукции индексируются на 10%.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Quyidagi toifadagi soliq toʻlovchilar uchun foyda soligʻi stavkasini 50 foizga pasaytirish huquqi beriladi:

🔹2022-yil 1-sentabrdan keyin 1-marta foyda soligʻini toʻlashga oʻtgan AOS toʻlovchilarga – soliq toʻlovchi soliq toʻlashga oʻtgan yildan keyingi bitta soliq davri davomida, basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllanadigan soliq davrida soliq toʻlovchining jami daromadi 10 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa. Bunda mazkur soliq toʻlovchilar soliq bazasini soddalashtirilgan tartibda jami daromadning 25 foizi miqdorida belgilashga haqli;

🔹2022-yil 1-sentabrdan keyin joriy soliq davri davomida jami daromadi 1-marta 10 mlrd soʻmdan oshgan soliq toʻlovchilarga – basharti pasaytirilgan soliq stavkasi qoʻllanadigan soliq davrlarida jami daromadi 100 mlrd soʻmdan oshmagan boʻlsa, joriy soliq davri va keyingi soliq davri davomida.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#qonunchilikdagi_yangiliklar

Qat'iy belgilangan soliqqa o'tish uchun qanday murojaat qilish kerak?

My3.soliq.uz saytidagi shaxsiy kabinetda “Barcha xizmatlar” bo‘limiga kiriladi, “Yuridik shaxslar” toifasi tanlanadi. "Shaxsiy ma'lumot" oynasida "Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilar uchun qatʼiy belgilangan summadagi soliq rejimiga o‘tish" bandi tanlanadi.

Qat'iy belgilangan soliqni to'lashga o'tish sanasi belgilanadi va "Yuborish" tugmasi bosiladi.

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#soraw_juwap

🏡Fizikalıq shaxs ózine tiyisli bolǵan turaq jayın satqanda salıq tóleyme?

📖Salıq kodeksiniń 378-statyasına muwapıq, salıq tólewshilerdıń jeke múlk huqıqı tiykarında tiyislı bolǵan mal-múlkti satıwdan alınatuǵın dárámatlarına salıq salınbaydı.

📆Otız altı kalendar aydan az múddette salıq tólewshiniń múlkinde bolǵan turaq jaylardı satıwdan alınatuǵın dárámatları bunnan tısqarı.

Mısalı ushın, fizikalıq shaxs iyeligine 2021-jilda ótken turaq jay 2022-jılda qayta satılsa, alınǵan dárámat salıqqa tartıladı, 2025-jılda satılǵanda bolsa, kerisinshe, salıqqa tartılmaydı.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#онлайн_семинар

Дилшод Султанов об изменениях и дополнениях в налоговом законодательстве в 2023 году

Запись прямого эфира👉 https://youtu.be/KLOVyZ0VONQ

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar

Soliq qo‘mitasi raisi o‘rinbosari J.Abdiyev 2023-yil 1-yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar haqida

To‘liq video 👉 https://youtu.be/KLOVyZ0VONQ

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
❗️ HÚRMETLI PUQARALAR HÁM SALIQ TÓLEWSHILER!

Egerde Siz salıq sisteması xızmetkerleri tárepinen korrupciyalıq jaǵdaylarǵa dus kelseńiz, Ózbekstan Respublikası salıq komitetiniń rásmiy elektron pochtası (org@soliq. uz), telegramdaǵı (@dsq_anticorrupciya_bot) yamasa (71-244 -98-98; 1198) Isenim telefonları arqalı xabar beriń!
📝 Jiberilgen xabarlar tiyisli tártipte ko'rip shıǵıladı hámde múrájat etiwshiniń shaxsı sır saqlanıwı kepillenedi.

🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#онлайн_семинар #налог_на_прибыль

В каких случаях налогоплательщики могут применить сниженную ставку налога на прибыль в размере 7,5%

👉Полное видео онлайн-семинара

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#suv_resurslaridan_foydalanganlik_uchun_soliq

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha maʼlumotnoma shakllari

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha
boʻnak toʻlovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq toʻlovchilar joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay, yangi tashkil etilganlari esa davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan eʼtiboran 30 kundan kechiktirmay, suvdan foydalanish yoki suvni isteʼmol qilish joyidagi soliq organlariga moʻljallanayotgan soliq bazasidan (suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan 2023-yil uchun soliq summasi toʻgʻrisidagi maʼlumotnomani taqdim etadi.
👉Soliq kodeksi 448-modda

2023-yil uchun Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq boʻyicha joriy toʻlovlarni hisoblash boʻyicha maʼlumotnoma shakllari my.soliq.uz portaliga joylashtirilgan. Bunda, soliq davrida soliq summasi:
▫️ BHMning 200 baravaridan kamroqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_9;
▫️ BHMning 200 baravaridan koʻproqni tashkil etadigan yuridik shaxslar uchun ma'lumotnoma shakli – 10608_10.

2023-yilda foydalanishi kutilayotgan suv hajmlarining yer osti va yer usti nisbatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar havolada 👉https://soliq.uz/storage/files/January2023/00000000858c3fb50185a4f4aaff000c.pdf

❗️Eslatma, 2022-yil uchun soliq hisobotini (10601_10) taqdim etish muddatlari:
🔹Oʻzbekistonda faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan Oʻzbekiston Respublikasining norezidentlari boʻlgan yuridik shaxslar, shuningdek YaTT tomonidan — joriy yilning 20-yanvaridan kechiktirmay;
🔹Oʻzbekiston Respublikasining yuridik shaxslari tomonidan, qishloq xoʻjaligi korxonalari bundan mustasno — joriy yilning 1-martidan kechiktirmay.

👉2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#налог_за_пользование_водными_ресурсами

Формы справки по налогу за пользование водными ресурсами в 2023 году

Для исчисления размера авансовых платежей по налогу за пользование водными ресурсами налогоплательщики до 20 января текущего года, а вновь созданные не позднее 30 дней со дня государственной регистрации представляют в налоговые органы по месту водопользования или водопотребления справку о сумме налога за 2023 год, рассчитанной исходя из предполагаемой налоговой базы (объема использования воды) и установленных налоговых ставок.
👉ст.448 НК

Формы справки для расчета текущих платежей по налогу за пользование водными ресурсами за 2023 год размещены на портале my.soliq.uz. При этом для налогоплательщиков, у которых сумма налога за налоговый период составляет:
менее 200-кратного размера БРВ - форма справки №10608_9;
более
200-кратного размера БРВ - форма справки №10608_10.

Сведения о соотношении объемов воды, поступающих из поверхностных и подземных источников водных ресурсов на 2023 год
по ссылке👉https://soliq.uz/storage/files/January2023/00000000858c3fb50185a4f4aaff000c.pdf

❗️Для информации. Сроки представления налоговой отчетности (№10601_10) за 2022 год:
🔹юрлицами РУз (за исключением сельхозпредприятий) - не позднее 1 марта этого года;
🔹юрлицами-нерезидентами РУз, осуществляющими деятельность в Узбекистане через постоянные учреждения, а также индивидуальными предпринимателями — до 20 января этого года.

👉Ставки налога за пользование водными ресурсами в 2023 году

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #mol_mulk_soligi

Yuridik shaxslar mol-mulk solig‘ini hisoblashda 1 kv metr maydon uchun bino-inshootning qaysi o‘lchamidan foydalaniladi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
2023-yil uchun mol-mulkni ijaraga beruvchi jismoniy shaxslar uchun belgilangan ijara toʻlovining eng kam stavkalari

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#onlayn_seminar #foyda_soligi

Xalqaro yo‘nalishlarda yuk tashuvchi – logistika korxonalari foyda solig‘i bo‘yicha "0 % stavka" qo‘llashi mumkinmi?

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#tabrik #14_yanvar

Bayramingiz muborak bo‘lsin, Aziz Vatan himoyachilari!

Hurmatli, Vatanimiz qalqonlari, mard va jasur o‘g‘lonlari!

Soliq xizmati organlari jamoasi, Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bilan samimiy muborakbod etadi!

Sizlar kabi bahodir, qo‘rqmas va dovyurak insonlar ona Vatanimiz sarhadlarida turar ekan, yurtdoshlarimiz hech qachon hadik sezmaydi.

O‘zbekistonimiz tinchligi va ravnaqi yo‘lidagi muqaddas burchini sharaf ila ado etayotgan Sizlar kabi qalqonlarimiz bor ekan Vatanimiz mustaqilligi abadiy, demokratik islohotlarimiz bardavom bo‘ladi.

Barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, sharafli va mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan zafarlar tilaymiz.

Xalqimizning yuksak ishonchi va hurmat-ehtiromi sizlarga hamisha yor bo‘lsin!

Soliq xizmati organlari jamoasi

Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |Twitter
#Eslatma

Resusr soliqlari turlari bo‘yicha joriy yil 2023-yil 20-Yanvar kuni

Bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun hisoblangan joriy soliq davri uchun mol mulk soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni (AOS hisobat shakli “choraklik” paketi kodi -10401_29, QQS hisobot shakli “oylik” paketi kodi-10401_30 )
(Soliq kodeksi 417-modda 5-qism );

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar bo‘yicha 1 yanvar holatiga hisoblab chiqarilgan yer solig‘i hisobotini yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organiga taqdim etishning oxirgi kuni (AOS hisobat shakli “choraklik” paketi kodi -10510_20, QQS hisobot shakli “oylik” paketi kodi-10510_21 )
(Soliq kodeksi 431-modda 1-qism);
Soliq ob’ektlarining joylashgan yeri bo‘yicha soliq organlariga soliq solish ob’ekti hisoblanmaydigan, yuridik shaxsda mavjud bo‘lgan yer uchastkalari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan shakldagi ma’lumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 431-modda 5-qism);
- O‘zbekiston Respublikasida faoliyatini doimiy muassasalar orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari bo‘lgan yuridik shaxslar suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hisobotini suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga yetkazishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 447-modda 3-qism);
- suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq bo‘yicha bo‘nak to‘lovlar miqdorini hisoblab chiqarish uchun soliq to‘lovchilari suvdan foydalanish yoki suvni iste’mol qilish joyidagi soliq organlariga mo‘ljallanayotgan soliq bazasidan (foydalaniladigan suv hajmidan) va belgilangan soliq stavkalaridan kelib chiqqan holda hisoblangan joriy soliq davri uchun soliq summasi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani taqdim etishning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 2-qism );
- yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hisobkitobini taqdim etish va to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 454-modda 3- va 4-qismlar);
- soliq davrida suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq summasi BHMning 200 baravaridan ko‘proqni tashkil etadigan yuridik shaxslar tomonidan (AOS to‘lovchilar bundan mustasno) yillik soliq summasining 1/12 qismi miqdorida to‘lashning oxirgi kuni
(Soliq kodeksi 448-modda 3-qism).


🟢telegram 🔴 facebook 🔵 instagram 🟠 youtube